Toshkentda obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalari auksionga qo‘yiladi va xususiy sheriklarga beriladi
29 mart 2024, 22:53

Toshkentda obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalari auksionga qo‘yiladi va xususiy sheriklarga beriladi

Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. Viloyatlarda daraxt ekish, ariq tozalash va ko‘chalarni yoritish ishlari chiqindi korxonalariga beriladi.

Vazirlar va boshqa amaldorlar — avtobus va metroda. Toshkentda “Avtomobilsiz kun” qanday o‘tdi?
29 mart 2024, 21:05

Vazirlar va boshqa amaldorlar — avtobus va metroda. Toshkentda “Avtomobilsiz kun” qanday o‘tdi?

“Avtomobilsiz kun"da bir qator amaldorlar ishga jamoat transportida keldi. Transport vaziri — avtobusda, ekologiya vaziri — metroda, Bojxona qo‘mitasi raisi — velosipedda, raqamli rivojlanish vaziri va MB raisi esa piyoda harakatlandi. Sport vazirligi rahbari uzoq vaqt davomida “zebra"dan o‘ta olmadi.

Prezident IIV va Milliy gvardiyaga ehtimoliy teraktlarning oldini olish choralarini ko‘rishni topshirdi
29 mart 2024, 20:59

Prezident IIV va Milliy gvardiyaga ehtimoliy teraktlarning oldini olish choralarini ko‘rishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Rossiyada “Krokus”dagi teraktni oqlab chiqqan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
29 mart 2024, 20:14

Rossiyada “Krokus”dagi teraktni oqlab chiqqan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Rossiyaning Oltoy o‘lkasida O‘zbekiston fuqarosi Moskvadagi “Krokus Siti Holl”da sodir etilgan terakt haqida omma oldida aytgan fikrlari uchun terrorizmni oqlaganlikda ayblanib, qamoqqa olindi. Unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

FTX kriptobirjasi asoschisi 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi
29 mart 2024, 18:09

FTX kriptobirjasi asoschisi 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Nyu-York sudi FTX kriptobirjasi asoschisi Sem Benkman-Fridni mijozlardan milliardlab dollar o‘g‘irlagani uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi. AQSh prokuraturasi buni Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri deb atadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qildi
29 mart 2024, 17:52

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qildi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qildi va 9,6 mln dollarlik elektr energiyasi tranzitini amalga oshirdi. Shuningdek, tashkilot yil davomida magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasi uzatdi.

Tojikistonda “Krokus” teraktida aloqador deya gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi
29 mart 2024, 17:23

Tojikistonda “Krokus” teraktida aloqador deya gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda ISHID va “Krokus siti holl” konsert zaliga hujum qilganlarga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar shaxsni qo‘lga oldi. Teraktda jarohatlanganlar soni 380 nafardan ortdi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (30−31-mart)
29 mart 2024, 16:24

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (30−31-mart)

Oltita kinopremyera, spektakllar, multimedia ko‘rgazmasi, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar va aksiyalar, sirk tomoshalari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Toshkentdagi odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda — foto
29 mart 2024, 15:34

Toshkentdagi odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda — foto

Toshkent shahri IIBB xodimlar savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borayotganini ma’lum qildi.

Aprelda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
29 mart 2024, 15:34

Aprelda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekistonda aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq havo bilan boshlanadi. Birinchi o‘nkunlikda harorat kunduzi +18…+23 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarda kunduzgi harorat +13…+18 dan +25…+30 darajagacha o‘zgarib turadi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yoriy bo‘ladi.

Sodiq Safoyev Regbi federatsiyasi raisi etib qayta saylandi
29 mart 2024, 15:01

Sodiq Safoyev Regbi federatsiyasi raisi etib qayta saylandi

2013-yildan beri Regbi federatsiyasiga raislik qilib kelayotgan Sodiq Safoyev ushbu lavozimga qayta saylandi.

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng maydonga yugurib chiqqan muxlislar jazolandi, O‘FA ham jarimaga tortildi
29 mart 2024, 14:20

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng maydonga yugurib chiqqan muxlislar jazolandi, O‘FA ham jarimaga tortildi

JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi.

Prezident Namangan tumanida yashovchi 108 yoshli nuroniyga Traverse mashinasini sovg‘a qildi
29 mart 2024, 13:23

Prezident Namangan tumanida yashovchi 108 yoshli nuroniyga Traverse mashinasini sovg‘a qildi

Namangan viloyatida prezident bilan iftorlik paytida uchrashgan 108 yoshli nuroniy Ibrohimjon Xo‘jayevga davlat rahbari tomonidan Traverse avtomobili sovg‘a qilindi.

O‘zbekistonda chiqindini saralash uchun aholiga maxsus paketlar bepul beriladi
29 mart 2024, 13:18

O‘zbekistonda chiqindini saralash uchun aholiga maxsus paketlar bepul beriladi

O‘zbekistondagi aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi. Bunda aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini saralab, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

UzFood 2024 ko‘rgazmasida moskvalik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi
29 mart 2024, 13:00

UzFood 2024 ko‘rgazmasida moskvalik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi

26−28-mart kunlari “Oziq-ovqatlar mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari UzFood-2024” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Moskvaning 16 ta ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.

Farg‘onada nogironlik aravachasida tilanchilik qilgan 2 yigit qamaldi
29 mart 2024, 12:25

Farg‘onada nogironlik aravachasida tilanchilik qilgan 2 yigit qamaldi

Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Ular sog‘lom bo‘lsa-da, navbatma-navbat nogironlik aravachasida o‘tirib tilanchilik qilib yurgan.

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi
29 mart 2024, 11:47

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 mln so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Yer tayyor qilinib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.

Bokschi Shohjahon Ergashev professional boks oqshomida raqibini nokautga uchratdi
29 mart 2024, 11:23

Bokschi Shohjahon Ergashev professional boks oqshomida raqibini nokautga uchratdi

AQShning Michigan shtatida o‘tkazilgan professional boks oqshomida Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertasni 1-raunddayoq mag‘lub etdi. Sportchi uni IBA kamari uchun jangda mag‘lub etgan avvalgi raqibi Sabriel Matiasdan revansh jangini so‘radi.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi
29 mart 2024, 10:47

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni +17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.

Ekologiya sohasidagi 30 nafar hokim o‘rinbosari va vazirlik mas’uli jazolandi
29 mart 2024, 10:21

Ekologiya sohasidagi 30 nafar hokim o‘rinbosari va vazirlik mas’uli jazolandi

“Yashil makon” doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindi bilan ishlash tizimiga javobgar 30 nafar mas’ul jazolandi. 4 ta tuman hokimi o‘rinbosarlari ishdan olindi. Qolganlariga hayfsan berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting