Toshkentda kechasi Jahon tillari universiteti yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi, oqibatda olti kishi jarohat oldi. Kecha tunda, shuningdek, Bunyodkor shoh ko‘chasida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi.
Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etishga Surxondaryoning boshqa tumanlaridan 10 ming kishi, 350 dan ortiq yuk va maxsus transport vositalari jalb qilindi. Ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, aholi xonadonlari va boshqa obyektlar dezinfeksiyalandi, daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi. Foto.
“O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi 2023-yilda 611,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 52,6 foizga qisqardi. Oxirgi uch yilda uning daromadlari besh baravarga — 3,3 trln so‘mdan 611 mlrd so‘mgacha kamaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishi kapital, taqsimlanmagan va yalpi foydada kuzatilgan.
“Salimboy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyev o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotda hamdardlik bildirdi va zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid bo‘lgan kuchga qarshi kurashishga kelishib oldi.
2018-yilning may oyidan beri O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Maqsudov o‘z diplomatik missiyasini yakunladi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi “Krokus Siti Holl”ga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan 4 kishi hibsga olingani, shuningdek, terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetganini ma’lum qildi. “O‘lganlar soni yana ortishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Samarqand shahrida tug‘ilganiga 4−5 kun bo‘lgan 2 chaqaloq ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida qoldirib ketildi. Sumkaga solingan qiz chaqaloqlarni hudud hamshirasi topib oldi. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Bolalarni kim qoldirib ketgani hozircha noma’lum.
Bolalarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan, yod tarkibli “Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqargan Samo MCHJ qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlanib, uning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan skuter va mopedlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat raqamlarini berishni joriy etish rejalashtirilmoqda. 2025-yildan esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan boshqarishni taqiqlash taklif qilinyapti.
IShID-Xuroson (IShID-K) Moskva yaqinidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times. Bu ma’lumotni AQSh razvedka xizmatlari tasdiqladi. Ular Rossiyani mart oyi boshida ehtimoliy hujum haqida ogohlantirgan, bir necha kun oldin esa Vladimir Putin buni “shantaj” deb atagandi.
Moskva viloyatida terakt sodir etilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar keltirila boshlandi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi “Krokus siti holl” binosida ro‘y bergan portlash va otishmada jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi. Diplomatik missiya huquq-tartibot idoralari bilan aloqada, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Maktubda mamlakat tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini keskin qoralashi qayd etildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.
Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qiladigan yo‘lovchilarni Moskva aeroportlariga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlarini so‘radi. Hozircha parvozlar jadvalida o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q.
Moskvadagi “Krokus siti holl” konsert zalida qurollangan shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi, kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilindi. Shuningdek, binoda bir necha portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
Payshanba kuni Surxondaryo viloyatining turli hududlari jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yomg‘ir sabab sel-suv toshqinlari bo‘ldi. Yuzlab xonadon va turar joylarga suv kirdi. Viloyat hokimligi toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda. Tabiiy ofat oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Navro‘z bayrami hamda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi bir nechta o‘tish punktlaridagi rekonstruksiya munosabati bilan odamlar to‘planib, avtomobillar tirbandligi kuzatilmoqda, deya izoh bermoqda Qozog‘iston chegara xizmati.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting