Poytaxtdagi sanoat korxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi
7 mart 2024, 15:09

Poytaxtdagi sanoat korxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

Prezident Toshkent viloyati tumanlari rahbarlarining sustkashligini, bu yerda savdo, yer-suv, transport-tranzit imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. Yig‘ilishda viloyatdagi tuman va shaharlarning “o‘sish nuqtalari” belgilandi.

Yuqori ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar: ANORBANK 2023-yil yakunlarini e’lon qildi
7 mart 2024, 13:00

Yuqori ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar: ANORBANK 2023-yil yakunlarini e’lon qildi

ANORBANK 2023-yil natijalari haqida ma’lumot berdi. Bankning foydasi 139,5 mlrd so‘mga yetdi. Natija bankning moliyaviy strategiyalarining barqarorligi va samaradorligini ko‘rsatadi.

Ilzat Kasimov investitsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
7 mart 2024, 12:41

Ilzat Kasimov investitsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Ilzat Kasimov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
7 mart 2024, 11:58

O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

Farg‘onada Cobalt 5 nafar piyodani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi
7 mart 2024, 11:33

Farg‘onada Cobalt 5 nafar piyodani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi

Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan 5 nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tadi
7 mart 2024, 11:28

Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tadi

20-martdan Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lov qiladi.

Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi
7 mart 2024, 11:20

Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi

O‘zbekistonda 7−8-mart kunlari havo harorati ko‘tarilishda davom etadi. Dam olish kunlari esa havo o‘zgarib turadi, ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Nukusda aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilmoqda
7 mart 2024, 10:55

Nukusda aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilmoqda

Nukus shahrining “Gulzor” mahallasida aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida turar joy binosi qurilishi boshlandi. O‘tgan yili shahar hokimligi ushbu mahallani namuna sifatida ko‘rsatgandi.

Bugundan barcha “metan zapravka”lar ochiladi — Energetika vazirligi
7 mart 2024, 10:21

Bugundan barcha “metan zapravka”lar ochiladi — Energetika vazirligi

Bugun, 7-martdan mamlakatdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi. Energetika vazirligi tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytganini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz fohishalikka majburlangani aytilmoqda
7 mart 2024, 09:49

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz fohishalikka majburlangani aytilmoqda

Samarqand viloyatida tug‘ilgan 16 yoshli qiz Qashqadaryodagi xonadonlarning birida fohishalikka majburlanganini aytib, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi TIV boshqarma boshlig‘i bo‘ldi
7 mart 2024, 09:43

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi TIV boshqarma boshlig‘i bo‘ldi

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi Qahramon Shokirov o‘z missiyasini yakunladi. U TIV markaziy apparati boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.

Qashqadaryoda ketma-ket ikkita kuchsiz zilzila qayd etildi
7 mart 2024, 09:08

Qashqadaryoda ketma-ket ikkita kuchsiz zilzila qayd etildi

Mirishkor tumanida soat 00:33 va 00:34 da 4,4 hamda 4,6 magnitudali zilzilalar qayd etildi. Ularning sezilish kuchi 2−3 balni tashkil etdi.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi — Reuters
7 mart 2024, 02:22

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi — Reuters

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi Ramazon oyi oldidan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi, anklavdagi gumanitar vaziyat esa yomonlashishda davom etmoqda, deb yozdi Reuters.

Respublikachi Nikki Heyli AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi
7 mart 2024, 01:56

Respublikachi Nikki Heyli AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi

Donald Trampning partiyadagi yagona raqibi Nikki Heyli prezidentlik poygasini tark etishini ma’lum qildi. Ammo u hozirda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka yagona nomzod bo‘lib qolayotgan Trampni qo‘llab-quvvatlamadi.

Dunyo bo‘ylab martdan maygacha harorat me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda — WMO
6 mart 2024, 22:29

Dunyo bo‘ylab martdan maygacha harorat me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda — WMO

Butunjahon meteorologiya tashkiloti prognozlariga ko‘ra, El-Nino tabiat hodisasi zaiflashmoqda, ammo global iqlimga ta’sir qilishda davom etadi, bu esa mart va may oylari orasida deyarli barcha quruqlik hududlarida me’yordan yuqori harorat bo‘lishiga olib keladi.

XDP Yunus Rajabiy mahallasida joylashgan futbol maydoni o‘rnidagi qurilishga qarshi chiqdi
6 mart 2024, 21:25

XDP Yunus Rajabiy mahallasida joylashgan futbol maydoni o‘rnidagi qurilishga qarshi chiqdi

XDP Yunus Rajabiy mahallasidagi futbol maydoni va yashil hududni buzib, o‘rnida bino qurishga qarshi chiqqan fuqarolarni qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq “Gazeta.uz” mazkur vaziyat haqida yozgandi. Partiya Toshkent shahri hokimligiga so‘rov yuborib, sobiq hokim qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.

Taxtako‘pirda mast erkak qo‘lida bolta bilan maktabga kirishga uringanda to‘xtatib qolindi
6 mart 2024, 20:35

Taxtako‘pirda mast erkak qo‘lida bolta bilan maktabga kirishga uringanda to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida mast erkak o‘qituvchi xotini bilan gaplashish uchun maktabga kirmoqchi bo‘ldi. Erkakning qo‘lida bolta bor edi. U chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Qirg‘izistonda jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdori oshirildi
6 mart 2024, 20:14

Qirg‘izistonda jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdori oshirildi

Qirg‘iziston hukumati jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdorini uch baravar — 33,5 dollargacha oshirdi. Bolalarga tamaki mahsulotlari sotganlik uchun jarima miqdori ham oshirildi.

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” Sport vazirligiga qaytariladi
6 mart 2024, 19:23

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” Sport vazirligiga qaytariladi

Viloyat hokimi qarori asosida Farg‘ona shahri markazidagi “Yoshlar ko‘li” 24 kunlik kompaniyaga berib yuborilgandi. Davaktiv agentligi o‘rganishlar natijasida mazkur holatda bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi. Shu sababli yer maydoni Sport vazirligi balansiga qaytariladi.

Farg‘ona viloyati hokimi shahar markazidagi 2 gektarlik ko‘lni 24 kunlik shirkatga berib yubordi
6 mart 2024, 18:24

Farg‘ona viloyati hokimi shahar markazidagi 2 gektarlik ko‘lni 24 kunlik shirkatga berib yubordi

Hokimlarning yer ajratish vakolati tugaganiga 2,5 yil bo‘ldi. Biroq Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “Yoshlar ko‘li”ning o‘rnini “bino va inshootlarni” berganlik niqobi ostida ajratib berib, prezident qaroriga noto‘g‘ri ishora qildi. Yer topshirilgan kompaniya qaror chiqishidan 24 kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting