Uzum Market butun mamlakat bo‘ylab sotuvchilar uchun logistikani soddalashtiradi
21 fevral 2024, 13:00

Uzum Market butun mamlakat bo‘ylab sotuvchilar uchun logistikani soddalashtiradi

Endi Uzum Market`ga tovarlarni qabul qilish O‘zbekiston bo‘ylab yana 32 ta punktlarda amalga oshiriladi. Bugungi kunda tadbirkorlar mamlakat bo‘ylab 34 ta aholi punktlarida tovarlarini topshirishlari mumkin.

Toshkentda 12 yoshli o‘quvchining to‘p tegib vafot etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
21 fevral 2024, 12:34

Toshkentda 12 yoshli o‘quvchining to‘p tegib vafot etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Oktabrda Toshkentdagi 259-maktabda jismoniy tarbiya darsida 12 yoshli bola koptok tegib, vafot etgani yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha kun avval shu maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgandi.

Toshkent bir muddat havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi
21 fevral 2024, 11:31

Toshkent bir muddat havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi

Toshkent chorshanba tongida havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoridan yana joy oldi. Ichkaridagi datchiklar ham yuqori darajadagi ifloslanishni ko‘rsatdi. Buning sabablari ob-havo sharoiti, mazutdan foydalanishning ko‘payishi va qor yog‘ishi paytida ko‘chalarga tuproqli aralashmalar sepilgani bo‘lishi mumkin.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan jami 6 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi — DXX
21 fevral 2024, 10:58

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan jami 6 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi — DXX

Navoiy, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni davlatlardan olib kirilgan narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.

Xalqaro IT sertifikat olgan yoshlarga imtihon xarajatlarining 60 foizgacha qismi qoplab beriladi
21 fevral 2024, 10:57

Xalqaro IT sertifikat olgan yoshlarga imtihon xarajatlarining 60 foizgacha qismi qoplab beriladi

O‘zbekistonda xalqaro IT sertifikat olgan yoshlar imtihon xarajatlarining 60 foizigacha qismi miqdorida kompensatsiya olishi mumkin. Avval yuqori darajadagi bunday sertifikatga 50 foiz kompensatsiya to‘lanardi. Agar mutaxassisda ingliz tilidan B2 daraja bo‘lsa, IT sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplanadi.

Jizzaxda tuman hokimining sobiq o‘rinbosari pora olishda ayblanib, 10 yilga qamaldi
21 fevral 2024, 10:40

Jizzaxda tuman hokimining sobiq o‘rinbosari pora olishda ayblanib, 10 yilga qamaldi

Yangiobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U fuqaro bilan kelishib, tadbirkorga shamol elektr stansiyalarini qurish uchun 200 gektar yer olib berishni va’da qilgan va buning uchun 200 ming dollar so‘ragan.

OKMK fabrikasida o‘nlab ishchilarni tom bosib qolgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21 fevral 2024, 10:29

OKMK fabrikasida o‘nlab ishchilarni tom bosib qolgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3-sonli misni boyitish fabrikasida temir konstruksiyalar qulab tushgani yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.

O‘zbekistonda kuzdan ijtimoiy karta joriy etiladi
21 fevral 2024, 09:37

O‘zbekistonda kuzdan ijtimoiy karta joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun ijtimoiy karta joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalarda imtiyozlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi
21 fevral 2024, 09:22

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Davlat rahbari Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Qolaversa, ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi ham reja qilingan.

Qozog‘iston rahbari davlat xizmatchilarining maoshlarini xususiy sektor bilan raqobatbardosh qilishni taklif qildi
21 fevral 2024, 01:47

Qozog‘iston rahbari davlat xizmatchilarining maoshlarini xususiy sektor bilan raqobatbardosh qilishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat xizmatchilarining maoshlarini xususiy sektorniki bilan raqobatbardosh qilishni va davlat xizmatiga kadrlar yollashni “erkinroq” qilishni taklif qildi. U davlat apparatida ayollar sonini ko‘paytirishga ham chaqirdi, chunki ular korrupsiyaga “moyil emas”.

Buxoro viloyati prokurori o‘zgardi
21 fevral 2024, 01:21

Buxoro viloyati prokurori o‘zgardi

Mahmud Istamov o‘rniga Qo‘qon shahrining sobiq prokurori Ulug‘bek Xamdamov Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi. Bir necha kun avval viloyatning Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.

AQSh G‘azoda o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiya tayyorladi — OAV
21 fevral 2024, 00:25

AQSh G‘azoda o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiya tayyorladi — OAV

AQSh G‘azo sektorida o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini tayyorladi. Hujjat, shuningdek, Isroilning Rafah shahrida amalga oshirishni rejalashtirgan quruqlikdagi operatsiyasi oqibatlaridan ogohlantiradi. Vashington birinchi marta Isroil va XAMAS o‘rtasidagi sulhni ochiqcha qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ozarbayjon xoldingi Toshkentda Ritz-Carlton mehmonxonasini qurishi mumkin
20 fevral 2024, 21:48

Ozarbayjon xoldingi Toshkentda Ritz-Carlton mehmonxonasini qurishi mumkin

Ozarbayjonning Pasha Holding kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli Ritz-Carlton mehmonxonasi qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 200 mln dollarga baholanmoqda.

O‘zbekistonda 2024-yil yozi odatdagidek bo‘ladi — O‘zgidromet
20 fevral 2024, 20:56

O‘zbekistonda 2024-yil yozi odatdagidek bo‘ladi — O‘zgidromet

El-Nino tabiiy hodisasi tufayli O‘zbekistonda 2024-yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. O‘zgidromet O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli bo‘lishini ma’lum qildi. Shuningdek, quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Rossiya gazi importini oshirish uchun 500 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda
20 fevral 2024, 20:20

O‘zbekiston Rossiya gazi importini oshirish uchun 500 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati “shimoldan” gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini 500 mln dollarga modernizatsiya qilmoqchi. O‘zbekiston hozirda bu yo‘nalish orqali Rossiya gazini oladi. Yetkazib berish hajmini kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda yiliga ikkitadan ortiq avtomobil sotganlik uchun soliq joriy etilishi mumkin
20 fevral 2024, 19:03

O‘zbekistonda yiliga ikkitadan ortiq avtomobil sotganlik uchun soliq joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotganlarga soliq solish tizimi joriy etilishi mumkin. Ushbu chora avtomobillarni qayta sotishda chayqovchilikning oldini olishga qaratilgan. Shuningdek, daromad solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar soni kamaytirilishi mumkin.

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi cheklovlar davom etadi
20 fevral 2024, 17:40

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi cheklovlar davom etadi

Energetika vazirligi kunning tig‘iz vaqtlarida avvalroq elektr energiyasi yetkazib berish va metan “zapravkalar” faoliyatiga nisbatan kiritilgan cheklovlar davom etishini ma’lum qildi. Holat yaxshi tomonga o‘zgargunga qadar bugun ham (20-fevral) ma’lum cheklovlar kiritilishi mumkin, deya ogohlantirdi vazirlik.

“Biz nafaqaga chiqamiz, siz esa o‘rnimizga kelasiz”. Toqayev Qozog‘istonning yosh kadrlariga murojaat qildi
20 fevral 2024, 17:21

“Biz nafaqaga chiqamiz, siz esa o‘rnimizga kelasiz”. Toqayev Qozog‘istonning yosh kadrlariga murojaat qildi

20-fevral kuni Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev Prezident yosh kadrlari zaxirasidagi yoshlarga murojaat qilib, avlodlar almashinuvi, davlat xizmatchilarining ish vaqti va maoshi, gender balansi masalalari haqida fikr bildirdi. “Biz nafaqaga chiqamiz, siz esa bizning o‘rnimizni egallaysiz”, — dedi u.

Muhim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin jamoatchilikka e’lon qilinadi
20 fevral 2024, 16:36

Muhim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin jamoatchilikka e’lon qilinadi

“Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot muhokamalar portaliga joylashtiriladi. Bunda jamoatchilikning taklif va tavsiyalari hisobga olinadi.

Yaponiya O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlarni davom ettirish uchun 246,2 mln dollar kredit ajratadi
20 fevral 2024, 15:26

Yaponiya O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlarni davom ettirish uchun 246,2 mln dollar kredit ajratadi

O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Yaponiyadan 246,2 mln dollardan ortiq kredit oladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting