Bir necha kun oldin vafot etgan rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya jamoatchilikka murojaat qilib, erining ishini davom ettirishini bildirdi. U, shuningdek, tez orada erining o‘limiga kimlar aloqador ekanini aniqlab, ularning ismlarini ochiqlashga va’da berdi.
Nyu-York sudi AQSh prezidentligiga da’vogar Donald Trampni moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topdi va unga 355 million dollar jarima soldi. Shuningdek, unga Nyu-Yorkdagi har qanday korporatsiyada uch yil davomida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlandi.
Do‘stlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolishi tufayli ko‘chaga chiqib ketdi. Ularning biri ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Maktabgacha ta’lim agentligi mazkur bog‘cha yopilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2019−2023-yillarda ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni 2,3 barobarga — 46 mingdan 104 mingtaga oshgan. 2021-yildagi keskin ko‘tarilishdan so‘ng bosqichma-bosqich pasayish kuzatilmoqda. Shu bilan birga, yil davomida o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar soni ortgan.
Championat.Asia O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirib, Turkiyaga uchib ketgani haqida xabar berdi. O‘FA ushbu holatni o‘rganayotganini bildirdi va “hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni” tarqatmaslikni so‘radi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va Turkmanistondan import qilingan elektr hajmi talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmagani uchun yakshanba kuni tig‘iz vaqtlarda 400 MVtgacha cheklovlar kiritildi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ma’lumotga ko‘ra, bunga elektr uzatish liniyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Energetika vazirligi Buxoroda kuchli shamol tufayli elektr uzatish tarmoqlarining avariyaviy o‘chishi kuzatilgani va bu 10 ta gaz haydash agregati to‘xtashiga olib kelganini ma’lum qildi. Oqibatda magistral gaz quvurlarida bosim pasaygan va barcha metan “zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
O‘zbekiston bo‘ylab 19−20-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−12, ba’zi joylarda -16 darajagacha soviydi, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.
“Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postida yashirincha olib kirilayotgan 10 mlrd so‘mlik sigaretlar to‘xtatib qolindi. 402 ming quti mahsulot Tojikistonga o‘tish uchun respublikaga kirib kelgan poyezd vagonidan aniqlandi.
Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. Diyora Keldiyorova oltin, Halima Qurbonova va Doston Ro‘ziyev esa bronza medallariga ega chiqdi (foto).
Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar jazoni manzil-koloniyada o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Buning sababini Toshkent shahar sudlari tushuntirdi.
Ohangaron tumanidagi “zapravka”lardan biri yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bundan ko‘rilgan zarar 37,5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
Shavkat Mirziyeyov Andijonda o‘tkazgan yig‘ilishda viloyatni rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ma’lum qildi. Xususan, zargarlik maxsus zonasi, mebelsozlik kompleksi, yangi iqtisodiy zona tashkil etish hamda til o‘rgatuvchi xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalashni boshlash va boshqalar reja qilinmoqda.
Magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga “qisqa muddatli” cheklovlar kiritilmoqda. Benzin “zapravka"larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi, deya ishontirdi Energetika vazirligi.
Energetika vazirligi Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilayotganidan ogohlantirdi. Buning oqibatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qolmoqda.
Poytaxt hokimligi aholini qor yog‘ishi 12 soatgacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aholidan shaxsiy avtomashinalardan foydalanishni minimallashtirish so‘raldi.
Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga joylashtirildi, o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tashkent Index cavdo majmuasi avtoturargohidagi soyabon qor yoqqani ortidan bir necha avtomobil ustiga qulab tushdi. Bozor ma’muriyati soyabon ostida 35 ta mashina bo‘lgani, ularning 6 tasiga shikast yetganini bildirdi. Moddiy zarar esa qoplab beriladigan bo‘ldi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi erkakni urib yubordi. Voqea Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirli holat yo‘qligi ma’lum qilindi.
Toshkentdagilar, asosan, Rossiya fuqarolari muxolifatchi, Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod Aleksey Navalniyni xotirlashdi. Ular marhumni eslab, “Shahidlar xotirasi” xiyoboni, Rossiya elchixonasi, “Rossotrudnichestvo”, ukrain shoiri Taras Shevchenko haykali va Kosmonavtlar maydoniga gullar qo‘yishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting