Qatar Airways 2-iyundan Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslari haftasiga 4 marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim” deya ta’kidladi Uzbekistan Airports.
Yanvar oyida hududlarda 94 mlrd 542 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha mingga yaqin ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Afg‘oniston energetika kompaniyasi O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha ikki yillik qarzini to‘liq qaytardi, dedi tashkilot vakili. O‘zbekiston tomoni qarzning katta qismi to‘langanini, yana qariyb 1,2 million dollar to‘lanishi kerakligini tasdiqladi.
AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi mamlakatdagi havo sifati standartlarini kuchaytirdi. PM2,5 ning ruxsat etilgan o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 12 mkg/m3 dan 9 mkg/m3 gacha kamaytirildi. Yangilangan standart minglab bevaqt o‘lim va yo‘qotilgan ish kunlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga quruqlikdagi qo‘shinlar boshlig‘i Aleksandr Sirskiy tayinlandi. Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari rahbariyati to‘liq yangilanishini ma’lum qildi.
Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston “ajoyib sur’atlarda” rivojlanayotganini aytdi. U tovar ayirboshlash hajmi yetarli emasligini bildirib, davlat rahbarlari o‘rtasida kelishuv mavjud ekan, aloqalarni rivojlantirishga chaqirdi. “Hokimiyatga yoshlar keladi — ular boshqacha”.
Poytaxt markazida katta tezlikda harakatlangan Zeekr avtomashinasi Matiz va Kia avtomobillariga borib urildi. To‘qnashuv oqibatida Zeekr piyodalar yo‘lakchasiga, Kia esa maysazorga chiqib ketdi. Uchala haydovchi va Zeekr mashinasidagi bir nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.
Toshkentning Yangihayot tumanida qariyb 60 yildan beri mavjud yog‘och uylar o‘rnida ilgari reja qilinganidek uy-joylar emas, Xitoy investorlari ishtirokida yashil bog‘ quriladi. “Yaqinda prezident Sergeli va Yangihayotda ham Yangi O‘zbekistonga o‘xshagan istirohat bog‘i quringlar dedi”, — deya ta’kidladi tuman hokimi.
Texnoparkka tashrif buyurgan Aleksandr Lukashenkoga korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, sanoat qozonxonalari ko‘rsatildi. Davlat rahbarlari tajriba almashishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda misni boyitish fabrikalari qurish uchun BelAZ bilan hamkorlikda kon samosvallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish zarurligini aytdi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta universitetga birlashtiriladi. Unga To‘lqin Teshabayev rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollardan oshirish, Janubiy Osiyoga eltuvchi savdo koridorlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Belarus hukumatlari ilm-fan va ishlab chiqarish, energetika, intellektual mulk, agrosanoat, turizm va boshqa sohalarni o‘z ichiga olgan jami 14 ta hujjatni imzoladi. Davlatlar rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi urushga qarshi yagona nomzod Boris Nadejdinning Rossiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. MSK qayd etishicha, uni qo‘llab-quvvatlagan uchun yig‘ilgan imzolarning bir qismi yaroqsiz deb topilgan. Siyosatchi bu bo‘yicha Rossiya Oliy sudiga murojaat qilmoqchi.
Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i, “Toshshahartransxizmat” raisi Anvar Jo‘rayev mansab soxtakorligi va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarida gumonlanib qamoqqa olindi.
Ozarbayjonning amaldagi rahbari Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 92,05 foiz ovoz oldi. Bu uning beshinchi prezidentlik muddati bo‘ladi, u 20 yildan buyon mamlakatni boshqarmoqda.
O‘zbekiston 2023-yilning 11-aprelidan boshlab shahvoniy shilqimlik qilish moddasi bilan 666 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 233 nafariga jarima jazosi, 433 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Yangihayot tumani hokimi Minerva city majmuasini qurayotgan hindistonlik tadbirkor ustidan sudda yutib chiqilgani va 100 gektar maydon davlatga qaytarilganini ma’lum qildi. “Tadbirkorning o‘zi uyga to‘lov qilganlarga pullarini qaytarib berdi”, dedi u. Majmua o‘rnida yana uy-joy qurilishi rejalashtirilmoqda.
Abror Muxtor Aliy taxallusi bilan tanilgan bloger Abror Abduazimov 15 sutkaga qamaldi. U ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblandi.
Qashqadaryoning Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar yo‘laklari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu obyektlar orqali bozorlar oldidagi YTHlar va tirbandlikning oldini olish maqsad qilinyapti. Viloyat hokimi qurilish ishlari 3−4 mlrd so‘m bilan bitib ketishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting