O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini BAAning “Al-Vahda” klubida davom ettiradi, boshqa bir yarim himoyachi Oston O‘runov esa Eronning amaldagi chempioni “Persepolis"ga o‘tdi.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha norasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi.
Navoiy viloyatidagi mahallalarda “Sharmanda doskasi” joriy etilib, ularda jinoyat sodir etganlarning suratlari ilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Hukumat qarorida bu turdagi e’lonlarni joylashtirish belgilangan. Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman bunday amaliyot inson huquqlariga zid ekanini ta’kidladi.
Yoshlar ishlari agentligi bir yilda 12,3 ming nafar xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga 21,7 mlrd so‘m mablag‘ni kompensatsiya qildi. Imtihon topshirish xarajatlarini qaytarib olgan yoshlarning eng ko‘pi IELTS`dan yuqori ball olgan.
7-fevral kuni ertalab Ukraina yana o‘qqa tutildi, bir qancha hududlarda portlash ovozlari eshitildi. Kiyevda hujum tufayli 18 qavatli turar joy binosi yonib ketdi, kamida uch kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Oqibatda birining o‘rta eshik qismi, boshqasining esa chap tomon orqani ko‘rish oynasi korpus qismi shikastlandi.
Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelmoqda. Kecha shaharda ikki davlat bayroqlari ilindi, chorshanba kuni ertalabdan ko‘cha ekranlarida Aleksandr Lukashenkoga atalgan qutlovlar paydo bo‘ldi. Belarus bosh vaziri o‘rinbosari va qator vazirlar yetib kelgan, forumlar, muzokaralar bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda litsenziyasiz faoliyat yuritgani uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 102 mln so‘m jarimaga tortilgan Binance kriptobirjasi buni to‘lashdan bosh tortdi. Endilikda summa sud orqali undirilishi, sud qarori kriptobirja ro‘yxatdan o‘tgan yurisdiksiyaga yuborilishi aytildi.
Shuxrat Sadikov O‘zbekiston bosh vaziri kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. U 2023-yilning fevralidan buyon kotibiyat rahbarining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Qoraqalpog‘istonda tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, ijtimoiy tarmoqlarda Umra xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan noqonuniy reklamalar joylashtirib borgan ikki kompaniya javobgarlikka tortildi.
Toshkent shahri hokimiyati piyodalarga xalaqit berayotgan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanayotganini ma’lum qildi. Yo‘l bo‘yida ruxsatsiz qurilgan binolarning aksariyatida to‘xtash joylari yo‘qligi va ular piyodalar yo‘laklariga chiqib ketgan tarzda tashkil etilgani ta’kidlandi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida yuz bergan kuchli shamol 130 mingdan ortiq iste’molchini elektrsiz qoldirdi. Uy va binolarning tomlari uchib ketdi. Qashqadaryoda ham ayrim obyektlarga zarar yetgan. Chang bo‘roni tufayli Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot aerodromga qo‘na olmay, poytaxtga qaytishga majbur bo‘ldi.
Toshkent viloyatidagi “Yangi Angren” IES havoga me’yordan ortiq zararli moddalar chiqarayotgani, filtrlari samaradorligi tushib ketgani va sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirgani aniqlandi. Stansiya 1 mlrd 3 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi, 11 nafar mansabdor ustidan organlarga murojaat qilindi.
Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir kishi qamoqqa olindi. Kompaniya Saudiya Arabistonidan Umra ziyoratiga borganlarni O‘zbekistonga qaytara olmagandi. Bir necha kun avval 3000 dan ortiq ziyoratchi uyiga qaytarildi.
Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Akmaljon Mirzaolimov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U bu lavozimga qadar avvalgi hokim O‘tkirbek Shukurovning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgandi.
Abdurahmon Mahmudov O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar bo‘ldi. U 2019−2023-yillarda Ukrainadagi elchixonada birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi sifatida ishlagan.
Research Group Central Asia tadqiqoti natijalariga ko‘ra Uzum Market marketpleysi o‘zbekistonliklar foydalanadigan onlayn xarid qilish servislari orasida yetakchi o‘rinni egalladi.
Sun’iy intellekt chiplariga talab ortib borayotgani va AQSh savdo cheklovlari fonida Xitoyning Huawei kompaniyasi asosiy e’tiborni Ascend AI chiplarini ishlab chiqarishga qaratdi va Mate 60 smartfonlarini ishlab chiqarishni sekinlashtirdi, deb yozdi Reuters.
O‘zbekistonda 2023-yil yakuni bo‘yicha naqd pulning umumiy pul massasidagi ulushi 2022-yilgi o‘sishdan keyin 21,5 foizgacha kamaydi. Kartalarga tushgan mablag‘lar tobora kamayib bormoqda — so‘nggi besh yil ichida ko‘rsatkich 32 foizdan 24 foizga tushdi.
2019-yilning fevralidan beri Guliston shahrini boshqarib kelgan To‘lqinjon Dadabayev lavozimidan ozod etildi. Bunga uning sog‘lig‘idagi muammolari sabab qilib ko‘rsatilgan. Hokim vazifasini vaqtincha bajarish uning o‘rinbosari G‘ayrat Botirov zimmasiga yuklatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting