O‘zbekiston hukumati 2026-yilgacha Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi. Buni elektromobillarni ommalashtirish va ular uchun infratuzilmani yaratish, Ai-92 benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish, gaz quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish va boshqa chora-tadbirlar hisobiga amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Gazeta.uz” chekka hududlardagi maktab va bog‘chalarga transport qatnovini yo‘lga qo‘yish g‘oyasidan voz kechilgani haqidagi xabarda noaniqlikka yo‘l qo‘ydi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida 715 ta maktabda o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
O‘zgidromet Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida 5−9-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.
Bank sohasidagi yirik o‘zbek axborot tizimlarining ishlab chiqaruvchilardan biri Fido-Biznes Markaziy Osiyoda SWIFT biznes hamkori maqomini olgan birinchi IT-kompaniyalardan biri bo‘ldi.
Prezident farmoni bilan 1-maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. Shuningdek, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi.
O‘zbekistondagi barcha “zapravka”larda Ai-80 benziniga 8 ming so‘mlik yuqori narx chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish uchun “Tatneft”, “Lukoyl”, “Gazpromneft” va Saneg kompaniyalarini 80 dan ortiq “zapravka” qurilishiga jalb etish rejalashtirilgan.
Tarmoqlarda eski ToshMI hududidagi Toshkent kadetlar korpusining sobiq bosmaxonasi binosi buzilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Madaniy meros agentligi buni rad etib, bino madaniy meros obyekti ekani va davlat tomonidan muhofaza qilinishini bildirdi. Foto.
Isroil Oliy sudi uni parlament va bosh vazirning qarorlari “oqilonalik tamoyiliga” zid bo‘lsa, ularni bekor qilish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni bekor qildi. O‘zgartirish Benyamin Netanyaxu hukumati tomonidan amalga oshirilgan va mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Qozog‘iston prezidenti Konstitutsiyani o‘zgartirish va 2026-yilgi saylovda nomzodini qo‘yish niyatida emasligini aytdi. Shuningdek, u Nazarboyev ketganidan keyin qo‘shhokimiyat modelini joriy etishga urinishlar bo‘lganini va uning sheriklari “siyosiy o‘yinlari” sabab “mamlakatni deyarli parchalab tashlaganini” tan oldi.
Payshanba tongidan buyon Toshkent shahrida havo ifloslanishi darajasi normadan oshmadi. Soat 8:00 da PM2,5 zarrachalari miqdori 5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu — JSST tavsiyasiga teng.
Farg‘ona tumanida asosiy yo‘lga shoshilib chiqqani aytilayotgan Nexia-3 mashinasi Tracker`ga urildi. Oqibatda 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.
O‘tgan yilda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i vaqtincha bekor qilingani sababli davlat budjetiga 100 mln dollar kamomad yetdi, shunga qaramay, O‘zbekiston aholisi bu imtiyozdan deyarli naf ko‘rmadi. Energetika vazirligi bundan asosan tadbirkorlar foyda ko‘rganini tasdiqladi.
Multimedia va dizayn xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek, kibersport, venchur moliyalashtirish va multiplikatsiya sohasidagi kompaniyalar ham endi O‘zbekistondagi IT-Park rezidenti bo‘lishi mumkin.
Havosi yana ifloslangan Toshkent, so‘nggi 6 yildagi eng past inflyatsiya, bahorda narxi oshadigan Ai-80 benzini, vakolat muddatlari uzayayotgan mahalla raislari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bilan shug‘ullangan IT-Med davlat muassasasi tugatilmoqda, uning Raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish bo‘yicha majburiyatlari UZINFOCOM yagona integratoriga o‘tkazilmoqda. Sohaga oid asosiy axborot tizimlarini ishga tushirish 2024−2025-yillarga mo‘ljallanmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxslar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bartaraf etilganini xabar qildi. Ular orasida ikki nafar hokim, vazir o‘rinbosari, Farmatsevtika agentligi, Antidoping markazi, Markaziy depozitariy, PR-markaz va Axborotlashuv markazi rahbarlari bor.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli etib Sherzod Abdunazarov tayinlandi. Avvalroq bu lavozimda ishlagan Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi.
O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish reja qilinmoqda. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati aniq belgilab beriladi.
Qoraqalpog‘istonda 1 metr kub ichimlik suvi narxi aholi uchun 2900 so‘m, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 5700 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, oqova suvi narxi ham oshdi.
Andijonda mast haydovchi katta tezlikda mashina boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobilga urildi. YPX xodimi va yana bir haydovchi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting