O‘zbekiston hududlarida suv narxlarini oshirish boshlandi
26 iyul 2023, 10:51

O‘zbekiston hududlarida suv narxlarini oshirish boshlandi

1-avgustdan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari oshiriladi.

Banklarda dollar kursi 11 655−11 670 so‘m etib belgilandi
26 iyul 2023, 10:18

Banklarda dollar kursi 11 655−11 670 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 26-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 555−11 615 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 655−11 670 so‘m.

Polsha Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi shifoxonalar uchun maxsus apparatlar taqdim etdi
26 iyul 2023, 09:52

Polsha Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi shifoxonalar uchun maxsus apparatlar taqdim etdi

Polsha O‘zbekistonga jami 4,5 mln dollarlik o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi apparatlarni beg‘araz yordam sifatida taqdim etdi. Ular Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tibbiyot muassasalarida foydalaniladi.

Fotojurnalist Yuriy Korsunsev vafot etdi
26 iyul 2023, 09:35

Fotojurnalist Yuriy Korsunsev vafot etdi

Taniqli fotojurnalist Yuriy Korsunsev og‘ir xastalikdan so‘ng olamdan o‘tdi. U ko‘plab nashrlar, jumladan, bir necha yil davomida “Gazeta.uz” va Afisha.uz bilan hamkorlik qilgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ishdan bo‘shatildi, uning o‘rnini Van I egalladi
26 iyul 2023, 00:06

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ishdan bo‘shatildi, uning o‘rnini Van I egalladi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bir oy davomida omma oldida ko‘rinish bermagani ortidan lavozimidan chetlatildi. Van I XXR Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari bo‘ldi.

25-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
25 iyul 2023, 22:15

25-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Urush hududlariga ishga bormaslikka chaqirilgan Rossiyadagi o‘zbekistonliklar, guruch narxiga oid xabarlar, qizamiq kasalligiga chalinayotgan bemorlar, Fransiyaning “Lans” klubiga o‘tgan futbolchi Abduqodir Husanov, bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud jarayoni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
25 iyul 2023, 22:00

Bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bilan ayblanayotgan bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. 25-iyul kuni bo‘lib o‘tgan ilk ochiq sud majlisida OAV vakillari ishtirok etdi. Ishda 14 nafar jabrlanuvchi mavjudligi va ularga jami 903 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

Olmaliqda ikki nafar o‘quvchi qizni urib yuborgan Damas haydovchisiga hukm chiqarildi
25 iyul 2023, 21:58

Olmaliqda ikki nafar o‘quvchi qizni urib yuborgan Damas haydovchisiga hukm chiqarildi

May oyida Damas haydovchisi svetoforning qizil chirog‘iga o‘tib ketib, ikki o‘quvchi qizni urib yuborgan, ulardan biri 9 kundan keyin shifoxonada vafot etgan edi. Sud haydovchiga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda 2 yil transport boshqarish huquqini cheklash jazosini tayinladi.

Tadqiqot: Haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari — iqlim inqirozi natijasi
25 iyul 2023, 20:54

Tadqiqot: Haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari — iqlim inqirozi natijasi

So‘nggi haftalarda Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoni qamrab olgan haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari issiqxona gazlari emissiyasi natijasida yuzaga kelgan global isish tufayli paydo bo‘lgan, deyiladi World Weather Attribution tadqiqotida.

Sanepidqo‘mita yil boshidan buyon 164 kishida qizamiq aniqlanganini ma’lum qildi
25 iyul 2023, 19:50

Sanepidqo‘mita yil boshidan buyon 164 kishida qizamiq aniqlanganini ma’lum qildi

Sanepidqo‘mita xorijdan kelgan qizamiq bilan og‘riganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolarda qizamiq kasalligi aniqlanayotganini ma’lum qildi. 2023-yil boshidan buyon 306 kishidan qizamiq shubhasi bilan qon namunalari olinib, ulardan 164 nafarida kasallik qayd etilganini ma’lum qildi.

Buxoroda balandligi 100 metr bo‘lgan ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi
25 iyul 2023, 18:54

Buxoroda balandligi 100 metr bo‘lgan ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

Buxoro viloyatida shamol elektr stansiyasi qurilishi doirasida balandligi 100 metr, parraklari 84 metr bo‘lgan ilk turbina o‘rnatildi. Bu qurilmadan yana 157 ta o‘rnatilishi kerak. Stansiyalarning ilk quvvatlari 2024-yilda ishga tushiriladi.

Toshkent metropoliteni vagonida kiyim namoyishini o‘tkazgan modellardan tushuntirish xati olindi
25 iyul 2023, 18:49

Toshkent metropoliteni vagonida kiyim namoyishini o‘tkazgan modellardan tushuntirish xati olindi

Model va dizayner Madina Maxmudova (Rixdinas) Toshkent metropoliteni vagonida kiyimlar namoyishini o‘tkazib, videosini tarmoqqa joyladi. Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi video metropoliten bilan kelishilmay olingani uchun modellar bilan tushuntirish ishlari olib bordi.

O‘zbekistonda sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo‘lga qo‘yiladi
25 iyul 2023, 17:30

O‘zbekistonda sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qarori bilan endi sport pasporti davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali vakolatli organ tomonidan beriladi. Cport pasportining amal qilish muddati — 5 yil.

Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi
25 iyul 2023, 16:53

Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi.

Narzullo Oblomurodov Toshkent moliya instituti prorektori bo‘ldi
25 iyul 2023, 16:17

Narzullo Oblomurodov Toshkent moliya instituti prorektori bo‘ldi

Davlat ekologiya qo‘mitasining sobiq boshlig‘i, Ekopartiyaning sobiq rahbari, 2021-yilgi saylovda prezidentlikka nomzodi qo‘yilgan Narzullo Oblomurodov Toshkent moliya instituti prorektori etib tayinlandi. Oliygohga, shuningdek, Alimnazar Islamkulov ham prorektor bo‘ldi.

Jasur Salixov Toshkentdagi Green University rektori bo‘ldi
25 iyul 2023, 16:03

Jasur Salixov Toshkentdagi Green University rektori bo‘ldi

Jasur Salixov yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga rektor etib tayinlandi. U bunga qadar Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Namanganda ichida 5 nafar bola bo‘lgan Damas kanalga tushib ketdi
25 iyul 2023, 15:49

Namanganda ichida 5 nafar bola bo‘lgan Damas kanalga tushib ketdi

Namangan shahrida Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas mashinasini qutqarish paytida ichida 5 nafar bola bo‘lgan yana bir Damas kanalga tushib ketdi. Hozirda bolalarning ahvoli yaxshi, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar urush hududlariga ishga bormaslikka chaqirildi
25 iyul 2023, 15:39

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar urush hududlariga ishga bormaslikka chaqirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadagi urush zonalariga ishlash uchun bormaslik va harbiy harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi.

O‘zbekistondagi kamida 5 ta bank AQSh sanksiyalari e’lon qilinganidan keyin “Yunistrim” bilan ishlashni to‘xtatdi
25 iyul 2023, 15:18

O‘zbekistondagi kamida 5 ta bank AQSh sanksiyalari e’lon qilinganidan keyin “Yunistrim” bilan ishlashni to‘xtatdi

AQSh Rossiyaning “Yunistrim” to‘lov tizimiga sanksiya kiritgach, O‘zbekistondagi kamida 5 ta bank u bilan ishlashni to‘xtatdi. Tizimning ishlashi Qozog‘iston, Armaniston va Gruziyada ham cheklandi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanmoqda
25 iyul 2023, 14:58

Alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting