“Bozorlar guruch bilan ta’minlangan va zaxiralar yetarli”. Qishloq xo‘jaligi vazirligi guruch narxi oshib ketishi haqidagi xabarlarni rad etdi
25 iyul 2023, 14:43

“Bozorlar guruch bilan ta’minlangan va zaxiralar yetarli”. Qishloq xo‘jaligi vazirligi guruch narxi oshib ketishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Tarmoqlarda Hindiston guruch eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistonda mahsulot narxi oshib ketishi haqida xabar tarqaldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bu holat narxlarga ta’sirini ko‘rsatmasligi, bozorlar guruch bilan uzluksiz ta’minlangani va zaxiralar yetarli ekanini bildirdi.

Sergelining “Quruvchilar” mahallasida bir sutkadan beri elektr energiyasi yo‘q. Hokimiyat izoh berdi
25 iyul 2023, 12:42

Sergelining “Quruvchilar” mahallasida bir sutkadan beri elektr energiyasi yo‘q. Hokimiyat izoh berdi

Tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” mahallasida bir sutkadan ortiq vaqtdan beri elektr energiyasi yo‘qligi xabari tarqaldi. Tuman hokimiyati bu bo‘yicha izoh berib, elektr ta’minoti 25-iyul soat 19:00 da tiklanishini ma’lum qildi.

Namangandagi daryolarda cho‘kib ketgan 4 kishi qidirilmoqda
25 iyul 2023, 11:25

Namangandagi daryolarda cho‘kib ketgan 4 kishi qidirilmoqda

Namanganda Katta Andijon kanali, Qoradaryo va Sirdaryo daryolarida cho‘kib ketgan 4 kishi — ikki nafar bola va ikki nafar erkak qidirilmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Lans” klubi futbolchisiga aylandi
25 iyul 2023, 10:24

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Lans” klubi futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” klubiga o‘tdi. Fransiya chempionati Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan biri hisoblanadi. “Lans” klubi o‘tgan mavsum bu ligada vitse-chempion bo‘lgan va UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Elektrobus haydovchisi YTHning oldini olish uchun keskin tormoz bosdi, bir yo‘lovchi jarohatlandi
25 iyul 2023, 10:15

Elektrobus haydovchisi YTHning oldini olish uchun keskin tormoz bosdi, bir yo‘lovchi jarohatlandi

Toshkentda yengil avtomobil haydovchisi qoidalarni buzib, YTH holatini yuzaga keltirdi, shu sababli 28-yo‘nalishdagi elektrobus haydovchisi keskin tormoz bosishga majbur bo‘ldi. Oqibatda avtobus yo‘lovchilaridan biri yiqilib, shifoxonaga olib ketildi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
25 iyul 2023, 10:03

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida DAF yuk avtomashinasi yoqilg‘isining oqib ketishi sababli ortidagi CIMC transport vositasi toyib xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatlari yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopilgan holda bartaraf etilgan, tan jarohati olganlar yo‘q.

Banklarda dollar kursi 11 650−11 670 so‘m etib belgilandi
25 iyul 2023, 09:53

Banklarda dollar kursi 11 650−11 670 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 25-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 535−11 600 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 670 so‘m.

Qirg‘izistonda energetika sohasida favqulodda holat joriy etildi
25 iyul 2023, 09:34

Qirg‘izistonda energetika sohasida favqulodda holat joriy etildi

Qirg‘izistonda 2026-yilning 31-dekabriga qadar energetika sohasida favqulodda holat joriy etildi. Mamlakat prezidenti, shuningdek, suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kunlik tartibga solish basseynlari qurilishini ma’lum qildi.

USAID O‘zbekistondagi maktablar uchun darsliklar tayyorlash dasturini yakunladi
25 iyul 2023, 09:10

USAID O‘zbekistondagi maktablar uchun darsliklar tayyorlash dasturini yakunladi

USAID`ning 2019−2023-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” yakuniga yetdi. 29,5 mln dollarlik loyiha doirasida to‘rtta fandan darsliklar va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqildi. Darsliklar 4 yil davomida Sirdaryo va Namangan viloyatlarida tajribadan o‘tkazildi.

O‘q otish sporti bo‘yicha JCHda O‘zbekiston termasi ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi
24 iyul 2023, 23:43

O‘q otish sporti bo‘yicha JCHda O‘zbekiston termasi ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi

Janubiy Koreyada o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 50 metr masofadan to‘pponchadan otish dasturida ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yoshli yigit vafot etdi
24 iyul 2023, 23:32

Toshkentda harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yoshli yigit vafot etdi

FVVga qarashli Toshkentdagi harbiy qismda samarqandlik askar vafot etdi. Marhumning pnevmoniya sababli olamdan o‘tgani aytilmoqda. Ammo yaqinlari bundan shubhalanib, unda jarohat izlari borligini aytmoqda. Harbiy prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Isroil parlamenti Oliy sud vakolatlarini chekladi
24 iyul 2023, 21:24

Isroil parlamenti Oliy sud vakolatlarini chekladi

Isroil parlamenti sud-huquq islohotlari doirasida eng bahsli qonun loyihalaridan birini ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilib, Oliy sud vakolatlarini chekladi. Islohot loyihasi mamlakatda olti oydan beri davom etayotgan ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi.

“Yangi Toshkent” bosh rejasi jahon arxitektura byurolari tomonidan ishlab chiqiladi
24 iyul 2023, 20:58

“Yangi Toshkent” bosh rejasi jahon arxitektura byurolari tomonidan ishlab chiqiladi

“Yangi Toshkent” bosh rejasini ishlab chiqish uchun jahon arxitektura byurolari — Singapurning Meinhardt, Britaniyaning Foster + Partners va Gollandiyaning OMA kompaniyalari jalb qilindi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina QK Bosh shtabi xabarini o‘rganmoqda
24 iyul 2023, 20:01

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina QK Bosh shtabi xabarini o‘rganmoqda

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining Donetsk viloyatida O‘zbekiston fuqarolari aniqlangani haqidagi ma’lumoti tasdiqlansa, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Samarqandda 10 yoshli qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 iyul 2023, 19:53

Samarqandda 10 yoshli qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 45 yoshli erkak 10 yashar qiz qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

6 oyda tez yordamga 1,7 mingta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi — SSV
24 iyul 2023, 18:06

6 oyda tez yordamga 1,7 mingta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi — SSV

O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 1752 marta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan an’anaviy muloqoti o‘tkaziladi
24 iyul 2023, 17:31

O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan an’anaviy muloqoti o‘tkaziladi

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining ishbilarmonlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi. Taklif va savollarni 1094 va 1100 qisqa raqamlariga, shuningdek, business.gov.uz portali orqali yuborish mumkin. Uchrashuv sanasi hozircha aniq emas.

“Barcha qushlar bilan xayrlashamiz”. Twitter logosini “X”ga o‘zgartirdi
24 iyul 2023, 16:50

“Barcha qushlar bilan xayrlashamiz”. Twitter logosini “X”ga o‘zgartirdi

Twitter o‘z logotipini “X” belgisiga o‘zgartirdi. Shuningdek, Mask platformaning standart rangini qoraga almashtirishni taklif etgan.

Xitoylik Szyuy Venszyun shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
24 iyul 2023, 16:28

Xitoylik Szyuy Venszyun shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

22-iyul kuni Xitoyda shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Ley Tinsze va amaldagi chempion Szyuy Venszyun g‘oliblik uchun kurash olib bordi va unda Venszyun o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.

Deputatlar Alisher Qodirov va Doniyor G‘aniyev tarmoqlarda nimani talashmoqda?
24 iyul 2023, 15:09

Deputatlar Alisher Qodirov va Doniyor G‘aniyev tarmoqlarda nimani talashmoqda?

Deputat Alisher Qodirovning kambag‘allikda odamlarning o‘zini ayblagan posti muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Uning hamkasbi Doniyor G‘aniyev buni “aporofobik diskriminatsiya” deya baholadi. “Gazeta.uz” ikki deputatning tarmoqlardagi bahsini bir sahifaga jamladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting