Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni nobud qilganlik uchun jarima miqdori oshirildi
13 dekabr 2023, 12:59

Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni nobud qilganlik uchun jarima miqdori oshirildi

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlarga zarar yetkazganlik yoki nobud qilganlik uchun jarimalar 5−10 barobarga oshirildi.

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi
13 dekabr 2023, 12:17

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi. 13-dekabrdan ushbu hududlarda 1179 ta shoxobchadan 547 tasi ishlamoqda.

Fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar endi chigit ekishdan avval birjada tuziladi
13 dekabr 2023, 12:08

Fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar endi chigit ekishdan avval birjada tuziladi

Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda 2024-yil hosilidan boshlab fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar chigit ekishdan avval birjada savdo o‘tkazish orqali tuzilishi ma’lum qilindi. Fermerlar va klasterlarga paxta xomashyosini yetishtirish uchun kreditlar ajratishning yangi tizimi joriy etiladi.

Prezident mas’ullarga qishni betalafot o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi
13 dekabr 2023, 11:25

Prezident mas’ullarga qishni betalafot o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, FVV, IIV, Energetika vazirligi rahbarlari va hokimlar bilan qishni betalafot o‘tkazish haqida gaplashib, gaz va elektr muammolari ko‘payganini qayd etdi. Huquq-tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari uzluksiz ish tartibiga o‘tishi belgilandi.

“Ular davlatning funksiyasini o‘zlariga olishdi”. IIBB vakili “ko‘cha bolalari”ning jinoyatlari haqida
13 dekabr 2023, 10:50

“Ular davlatning funksiyasini o‘zlariga olishdi”. IIBB vakili “ko‘cha bolalari”ning jinoyatlari haqida

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev “ko‘cha bolalari” qarzdor fuqarolardan qo‘rqitish va do‘pposlash yo‘li orqali pul undirib kelganini aytdi. “Ular davlatning funksiyasini o‘zlariga olishdi, desam noto‘g‘ri bo‘lmaydi”, — dedi u.

Navoiy va Samarqand viloyatlarida zilzila qayd etildi
13 dekabr 2023, 10:35

Navoiy va Samarqand viloyatlarida zilzila qayd etildi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 3−4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi tutash hududlar, jumladan, Samarqand viloyati tumanlarida ham sezildi.

Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi
13 dekabr 2023, 10:33

Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi

SSKA klubining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2023-yilda jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga nomzod bo‘ldi. Ro‘yxatda, shuningdek, Jud Bellingem, Gavi, Lamin Yamal, Alexandro Garnacho kabi futbolchilar bor.

“Bizda yetarlicha dalillar bor”. Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — jinoiy faoliyatda gumon qilingan shaxslar haqida
13 dekabr 2023, 10:04

“Bizda yetarlicha dalillar bor”. Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — jinoiy faoliyatda gumon qilingan shaxslar haqida

Toshkent shahar IIBBda jinoiy faoliyatda gumon qilinib, qo‘lga olingan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli dalillar mavjud, dedi boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev. U qo‘lga olingan shaxslardan jabrlangan fuqarolarni “qo‘rqmaslikka” va ariza berishga chaqirdi.

O‘zbekistondan Kanadaga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
13 dekabr 2023, 09:31

O‘zbekistondan Kanadaga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2025-yildan Kanadaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari fuqaro aviatsiyasi sohasida qator kelishuvlarga erishdi.

Toshkentda avtobus boshqaruvi vaqtida telefon ishlatgan 7 haydovchi ishdan olindi
13 dekabr 2023, 09:14

Toshkentda avtobus boshqaruvi vaqtida telefon ishlatgan 7 haydovchi ishdan olindi

“Toshshahartransxizmat” rahbari avtobus haydovchilarining boshqaruv vaqtida mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reydda ishtirok etdi. Yetti nafar haydovchi ishdan bo‘shatildi.

Prezident Toshkentdagi mahallalarga borib, obyektlarning qishga tayyorgarligini tekshirdi
12 dekabr 2023, 23:02

Prezident Toshkentdagi mahallalarga borib, obyektlarning qishga tayyorgarligini tekshirdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi mahallalar va Uchtepa tumanidagi issiqlik markazida bo‘lib, obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.

“Yillar davomida kuzatuvga olingan”. Poytaxt IIBB — jinoiy guruhlarni qo‘lga olish haqida
12 dekabr 2023, 21:27

“Yillar davomida kuzatuvga olingan”. Poytaxt IIBB — jinoiy guruhlarni qo‘lga olish haqida

Poytaxt IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev jinoiy guruh vakillari yillar davomida kuzatilgani, dalillar yetarliligidan so‘ng ularga reydlar boshlanganini bildirdi. Shuningdek, u reydlar qo‘shni davlatlarda o‘tkazilayotgani yoki Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklarga aloqasi yo‘qligini aytdi.

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida raqobat to‘g‘risidagi qonun kun tartibidan chiqarildi
12 dekabr 2023, 17:45

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida raqobat to‘g‘risidagi qonun kun tartibidan chiqarildi

Qonunchilik palatasi deputatlari raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kun tartibidan chiqardi. Unda davlat yordami bo‘yicha loyihalarni Raqobat qo‘mitasi bilan maslahatlashishni majburiy qilish, ayrim sanksiyalarni yumshatish taklif etilgandi.

Salim Abduvaliyev qamoqqa olinib, unga qo‘yilgan ayblov toifasi o‘zgartirildi
12 dekabr 2023, 17:09

Salim Abduvaliyev qamoqqa olinib, unga qo‘yilgan ayblov toifasi o‘zgartirildi

Toshkent shahar huquq-tartibot idoralari “Salimboy” laqabi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini tanladi. Jinoyat ishining ayblovi o‘zgartirilib, yanada og‘irroq jazo nazarda tutilgan.

“G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan” — Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
12 dekabr 2023, 16:07

“G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan” — Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Toshkent shahar IIBB birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma’lum qilishicha, tadbirkor G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan va qidiruvga berilmagan.

NRG “Yashash uchun vaqt” tadqiqoti natijalari bilan bo‘lishdi
12 dekabr 2023, 15:00

NRG “Yashash uchun vaqt” tadqiqoti natijalari bilan bo‘lishdi

NRG qurilish kompaniyasi Toshkent aholisi orasida tadqiqot o‘tkazib, ular hayotining turli jabhalariga qancha vaqt sarflashlarini aniqladi va tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekistonda chegarada undirilishi belgilangan yig‘imlarni bojxona hududida to‘lash imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda
12 dekabr 2023, 14:32

O‘zbekistonda chegarada undirilishi belgilangan yig‘imlarni bojxona hududida to‘lash imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda chegarada undirilishi belgilangan yig‘imlarni bojxona hududida to‘lash imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Titan Airways yuk samolyoti “nosozlik” tufayli Toshkentdan ucha olmadi
12 dekabr 2023, 14:28

Titan Airways yuk samolyoti “nosozlik” tufayli Toshkentdan ucha olmadi

Britaniyaning Titan Airways aviakompaniyasining A330−300 yuk samolyoti nosozlik tufayli Toshkentdan Londonga ucha olmadi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida shatakka olingan. Aeroport odatdagi tartibda ishladi.

O‘zbekistonga dronlarni noqonuniy olib kirganlik uchun jazoni yengillashtirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi
12 dekabr 2023, 11:43

O‘zbekistonga dronlarni noqonuniy olib kirganlik uchun jazoni yengillashtirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi

Qonunchilik palatasi deputatlari dronlarni noqonuniy olib kirganlik va ulardan foydalanganlik uchun jazolarni yumshatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma kiritilmoqda. Hozirda bu uchun faqat jinoiy javobgarlik bor.

O‘zbekiston bo‘ylab metan zapravkalari faoliyatiga yana cheklov kiritildi
12 dekabr 2023, 11:37

O‘zbekiston bo‘ylab metan zapravkalari faoliyatiga yana cheklov kiritildi

O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 12:00 gacha qisqartirildi. Avvalroq ular 15:00 ga qadar ishlashi bildirilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting