Chilonzor tumanidagi “Ko‘zi ojizlar” jome’ masjidida bir erkak juma namozini ado etish vaqtida olamdan o‘tdi. Uning yuragi shifokorlar kelguniga qadar to‘xtagan, tez yordam mashinasi esa avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani tufayli murdaning oldigacha yetib borolmagan.
Chilonzor tumanidagi “Ko‘zi ojizlar” jome’ masjidida bir erkak juma namozini ado etish vaqtida olamdan o‘tdi. Uning yuragi shifokorlar kelguniga qadar to‘xtagan, tez yordam mashinasi esa avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani tufayli murdaning oldigacha yetib borolmagan.
ACWA Power kompaniyasi aksiyadori bo‘lmish Vision invest xoldingi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni boshqarish uchun Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochmoqda.
Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida quvvati 400MVt bo‘lgan gaz porshenli elektr stansiyasi qurilishiga 250 mln dollar sarmoya kiritadi. Kompaniya avval Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham ikkita IES qurgan.
O‘qituvchilarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari o‘z samarasini ko‘rsatmayapti, deya ta’kidladi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov. 2024-yilgi davlat budjetida o‘qituvchilarning oylik maoshi uchun 35 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish, shuningdek, ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Turkmaniston Iroq bilan gazni Eron orqali yetkazib berish borasida kelishib oldi. Protokol yiliga 9 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha 5 yillik shartnomani nazarda tutadi.
Toshkentda O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ikki mamlakat hududlari forumini tashkil etish va uning ilk yig‘ilishini kelasi yili Samarqandda o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma ta’lim forumini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Yashnobod tumanida 21-sonli MAN avtobusi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi jarohat olgan, ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan.
Madaniyat vazirligi soha vakillarining uy olishida to‘lovning 50 foizini qoplab berishni taklif qildi. Loyiha muhokamalarga sabab bo‘lgach, vazirlik bunga munosabat bildirarkan, “soha vakillarining hammasi ham to‘y-hasham yoki boshqa tadbirlardan qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas”, deya ta’kidladi.
Prezident bog‘ va tokzorlarni yiliga kamida bir marta xatlovdan o‘tkazish, samarasiz deb topilsa, yer solig‘idan berilgan imtiyozni bekor qilish haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, go‘sht, tuxum va sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, kreditlar muddatini oshirish va boshqa vazifalarni belgiladi.
O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatini yolg‘ondan chaqirganlik holatlari yuzasidan nizom ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, yolg‘on murojaat qilganlarni xizmatning bir martalik chaqiruv xarajati — bugungi kunda 178 ming so‘m miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda.
Markaziy bankning valyutani sotib olish shartlarini o‘zgartirishga oid loyihasi fond bozoriga allaqachon salbiy ta’sir ko‘rsatdi, dedi “Toshkent” fond birjasi rahbari Georgiy Paresishvili. U konvertatsiyani murakkablashtirish investorlarni cho‘chitishini ta’kidladi va jarayonni soddalashtirish tarafdori ekanini aytdi.
Shanba kunining ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni ertalab va kechasi Farg‘ona vodiysida hamda Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.
Xorazmdagi “Shovot” chegara bojxona postida XX asr boshlariga tegishli bo‘lgan 2 dona bilaguzukni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.
Rossiya hukumati kelasi hafta dizel va benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.
Isroil urush boshlanganidan beri birinchi marta G‘azo sektorida kunlik gumanitar pauzalar qila boshladi. Har kuni 4 soat davomida harbiy harakatlar olib borilmaydi. Pauzalar vaqtida tinch aholi ikkita gumanitar koridor orqali sektorning janubiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi.
2024-yilgi davlat budjetida xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik va tug‘uruq nafaqalari miqdorini 3 barobarga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Deputat Doniyor G‘aniyev buning kamayishini mablag‘larning o‘zlashtirilishi pastligi bilan izohladi va holat sabablarini o‘rganishni taklif qildi.
Italiya prezidenti Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella bilan O‘zbekistonga keldi. Ularni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning 16 ta shahrida 19-noyabr kuni davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tashkil qilinadi. Barcha shaharlarda yagona masofa — 3 km, Toshkentda 3 va 10 km ni tashkil qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting