O‘zbekistonlik dzyudochi Shahram Ahadov Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi regulyator bayonotida.
IIV tarmoqlarda “biznes-trener”ligi bilan tanilgan Islom Ibrohimovni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda. Avvalroq “Subyektiv” uni o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali mijoz yig‘ishda ayblagandi.
Para Osiyo o‘yinlarining 3-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal olib, umumiy medallari sonini 54 taga yetkazdi. Eng ko‘p sovrinlarni para yengil atletika, para taekvondo va para dzyudochilar qo‘lga kiritdi. Jamoa turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekiston World Justice Project`ning qonun ustuvorligi bo‘yicha yillik reytingida 142 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Reyting mualliflarining fikricha, mamlakat huquq tizimidagi eng yomon holat davlat vakolatlarini cheklash va hokimiyatning ochiq emasligi bilan bog‘liq.
Mirobod tumanida orqaga harakatlanayotgan Hyundai avtomobiliga yuqori tezlikdagi Weltmeister elektromobili urilib, so‘ng yana 4 ta mashina bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi.
Poytaxtning Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida 26-oktabr soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan sohaning bir qancha xodimlari “Mardlik”, “Do‘stlik” ordenlari va “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.
O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik berilishi mumkin. Prezident fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlash va ortiqcha hosilni sotish huquqini berish masalasi muhokama qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, u yaylovlar degradatsiyasi muammosiga to‘xtalib, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 25−26-oktabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan SHHT, MDH va YeOII hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etadi.
AQShda o‘nlab shtatlar Facebook va Instagram egasi hisoblangan Meta kompaniyasini daromadini oshirish maqsadida o‘smirlar va bolalarni ijtimoiy tarmoqlarga qaram qilish uchun “kuchli va misli ko‘rilmagan texnologiya”dan foydalanganlikda ayblab sudga berdi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi va 4-qavatga yetgandagina tormoz tizimi ishga tushdi. Hokimlik uy davlat qabulidan o‘tmasa ham uch yil oldin topshirilganini ma’lum qildi. Quruvchi esa qabuldan o‘tganini aytib, boshqaruv kompaniyasini aybladi.
AQSh “Ikki xalq uchun ikki davlat” rejasiga muvofiq Yaqin Sharqda tinchlikka erishish tarafdori, dedi Samarqandga kelgan USAID rahbari Samanta Pauer. U, shuningdek, AQShning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi poymol etilishini qoralash bo‘yicha chaqiriqlaridan ajablanmaslik kerakligini ta’kidladi.
“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, endi ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz aeroportida aviaqatnovlar qayta tiklanishini ma’lum qildi. Aeroportga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi.
Prezident Qarshida o‘tkazayotgan yig‘ilishida Taxtaqoracha dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirishni topshirdi. Kelgusi yilda mazkur dovonda uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel qurilishi boshlanadi. Qolaversa, Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 km yo‘l xitoylik investorlar bilan birga ta’mirlanadi.
ICTWeek 2023 haftaligi doirasida UZTELECOM innovatsion yechimlar, internet, mobil aloqa, televizor va uy telefonini o‘z ichiga olgan yangi noyob tarifni taqdim etdi.
Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. “1-dekabrga qadar Yandex Go axborot xizmati mamlakatda mahalliylashtirilishini tasdiqlaymiz”, — dedi kompaniyaning MDHdagi rahbari Kirill Svinsov. Xizmat shu kunlarda Toshkentdagi ICTExpo ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
2022-yilning dekabridan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.
Poytaxtdagi 56, 60, 95, 16, 103 va 148-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgarishlar kiritiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting