UZTELECOM ICTWeek 2023 haftaligida yangi tarif va innovatsiyalarni taqdim etdi
25 oktabr 2023, 15:00

UZTELECOM ICTWeek 2023 haftaligida yangi tarif va innovatsiyalarni taqdim etdi

ICTWeek 2023 haftaligi doirasida UZTELECOM innovatsion yechimlar, internet, mobil aloqa, televizor va uy telefonini o‘z ichiga olgan yangi noyob tarifni taqdim etdi.

Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
25 oktabr 2023, 14:52

Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. “1-dekabrga qadar Yandex Go axborot xizmati mamlakatda mahalliylashtirilishini tasdiqlaymiz”, — dedi kompaniyaning MDHdagi rahbari Kirill Svinsov. Xizmat shu kunlarda Toshkentdagi ICTExpo ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi
25 oktabr 2023, 13:54

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi

2022-yilning dekabridan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
25 oktabr 2023, 12:56

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Poytaxtdagi 56, 60, 95, 16, 103 va 148-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgarishlar kiritiladi.

BMT bosh kotibi HAMAS hujumi yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini aytdi. Isroil bu fikr uchun Guterrishning iste’fosini so‘ramoqda
25 oktabr 2023, 12:48

BMT bosh kotibi HAMAS hujumi yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini aytdi. Isroil bu fikr uchun Guterrishning iste’fosini so‘ramoqda

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida HAMASning Isroilga hujumi “yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini” aytdi. Bu fikr Isroil hukumati tomonidan qattiq tanqidga uchradi va mamlakat rasmiylari Guterrishning iste’fosini so‘radi. Bayonotdan so‘ng Isroil BMT vakillariga viza berishni to‘xtatdi.

Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
25 oktabr 2023, 11:37

Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning 3 nafar a’zosi vafot etdi.

Asr oxirida Markaziy Osiyoda ham chang miqdori ortishi kutilmoqda — JMT
25 oktabr 2023, 11:21

Asr oxirida Markaziy Osiyoda ham chang miqdori ortishi kutilmoqda — JMT

Asr oxiriga kelib, Gobi cho‘lidan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan hududlarda chang miqdori ortishi kutilmoqda, deyiladi Jahon meteorologik tashkiloti byulletenida. Shuningdek, ekspertlar qum va chang bo‘ronlarining paydo bo‘lishiga suv va yerdan noto‘g‘ri foydalanish ham ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Para Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashgan o‘zbekistonlik kanoechilar 6 ta oltin oldi
25 oktabr 2023, 11:12

Para Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashgan o‘zbekistonlik kanoechilar 6 ta oltin oldi

Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida 18 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ro‘yxatda 4-o‘rinda bormoqda. Para kanoe bahslarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

“Mamlakatda qonun va tartib diktaturasini ta’minlash muhim” — Qozog‘iston prezidenti
25 oktabr 2023, 10:50

“Mamlakatda qonun va tartib diktaturasini ta’minlash muhim” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston radikalizm va huquqiy nigilizmning istalgan ko‘rinishiga nisbatan murosasizlik siyosatini davom ettiradi, dedi Qosim-Jomart Toqayev. U davlatda “qonun va tartib diktaturasi”ni ta’minlashga chaqirdi va qonunga zid hamda barqarorlikni buzuvchi so‘z va harakatlarni “qat’iy bostirish”ga va’da berdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi
25 oktabr 2023, 10:30

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi, u 2022-yil avgust oyi oxiridan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgandi.

Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
25 oktabr 2023, 10:25

Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

25-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim mahallalarida gaz o‘chiriladi.

Prezident Qarshi tumanidagi maktabga bordi — bu ham rejalashtirilmagan
25 oktabr 2023, 10:07

Prezident Qarshi tumanidagi maktabga bordi — bu ham rejalashtirilmagan

Qarshi tumaniga tashrif buyurgan prezident nafaqat shifoxona, balki maktabga ham rejadan tashqari borib ko‘rdi. U o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida yangi shifoxona qurish bo‘yicha topshiriq berdi
25 oktabr 2023, 09:58

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida yangi shifoxona qurish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida rejadan tashqari Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurdi. Hozir muassasa aholini butunlay qamrab ololmaydi. “Ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz”, — dedi prezident.

Prezident amaldorlar bilan sudlashgan Sulton Tex Group korxonasiga tashrif buyurdi
25 oktabr 2023, 09:39

Prezident amaldorlar bilan sudlashgan Sulton Tex Group korxonasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida uch yil avval tuman hokimi, sobiq bosh vazir o‘rinbosari va sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri bilan qarama-qarshiliklarda bankrot yoqasiga kelib qolgan Sulton Tex Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Ichki ishlar tizimidagi islohotlarimizni xalqimiz sezishi shart — prezident
25 oktabr 2023, 09:05

Ichki ishlar tizimidagi islohotlarimizni xalqimiz sezishi shart — prezident

Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabriklab, tizimni “chinakam xalqchil tuzilma”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Prezident tizimdagi davlat xizmatlarining 80 foizi elektron shaklga o‘tkazilib, byurokratiya va sarsongarchilik bartaraf etilishini bildirdi.

Samolyot bortida tartibni buzgan shaxs Toshkent aeroportida jarimaga tortildi
24 oktabr 2023, 19:34

Samolyot bortida tartibni buzgan shaxs Toshkent aeroportida jarimaga tortildi

Toshkent aeroportida Moskvadan uchib kelayotgan samolyotda mast holda yo‘lovchilarga va bort kuzatuvchilariga xalal bergan shaxs qo‘lga olindi. U 990 ming so‘m miqdorida jarima tortildi.

Jarimalarni oshirishdan tortib, “GAI” aralashuvidan voz kechishgacha. Prezident tanqididan so‘ng deputatlar birdaniga “yona” boshladi
24 oktabr 2023, 19:26

Jarimalarni oshirishdan tortib, “GAI” aralashuvidan voz kechishgacha. Prezident tanqididan so‘ng deputatlar birdaniga “yona” boshladi

Prezident yo‘llarda odamlar o‘lib ketayotganiga deputatlar befarq qolayotganini tanqid qilganidan so‘ng, xalq vakillari “yonishni” boshladi. Ular YTHlarni kamaytirish uchun “GAI” aralashuvidan voz kechish, magistrallarda tezlikni 80−90 km/soatga pasaytirish va fotoradarlarni ko‘paytirish kabilarni taklif qilmoqda.

Rossiya parlamenti Armaniston haydovchilik guvohnomalarini tan olishni noma’lum muddatga kechiktirdi
24 oktabr 2023, 18:44

Rossiya parlamenti Armaniston haydovchilik guvohnomalarini tan olishni noma’lum muddatga kechiktirdi

Rossiya Davlat dumasi Armaniston haydovchilik guvohnomalarini mamlakat hududida tan olinishi noma’lum muddatga qoldirdi. Duma spikeri Vyacheslav Volodin Armaniston bu orqali imtiyozlarga ega bo‘lishini, lekin uning rasmiylari “rus tili maqomini mustahkamlash bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmayotganini” ta’kidladi.

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida homilador ayolni urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi shartli jazo oldi
24 oktabr 2023, 18:12

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida homilador ayolni urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi shartli jazo oldi

Yashnobod tumanida Nexia haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 37 haftalik homilador ayolni urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi, o‘limidan avval tuqqan o‘g‘li ham halok bo‘ldi. Sud haydovchiga nisbatan uch yil sinov muddati bilan shartli qamoq jazosini tayinladi.

Soliq organlari tadbirkorlar hisobotlarining bir qismini shakllantirib beradi
24 oktabr 2023, 18:06

Soliq organlari tadbirkorlar hisobotlarining bir qismini shakllantirib beradi

2024-yil 1-yanvardan soliq organlari tadbirkorlarning tanloviga ko‘ra, ayrim soliqlar, jumladan, QQS bo‘yicha hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantiradi. Sotuv cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish muddatlari ham uzaytirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting