YeI va BMT Taraqqiyot dasturi amalga oshirgan O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichida 330 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Termizda loyihaning 400 nafar Afg‘oniston fuqarosini qamrab olgan ikkinchi bosqichi boshlandi.
Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchradi. Uning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, viloyat hokimining og‘zaki buyrug‘i bilan yuk mashinasi 5 kundan beri “Umakay” YPX maskanida ushlab turilibdi. Bunday holat Qashqadaryoda birinchi marta yuz berayotgani yo‘q.
Xitoyda Osiyo o‘yinlaridan 2 kun o‘tib boshlangan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi: Madinabonu Mannopova, Ulug‘bek Rashitov, Jasur Jaysunov uchinchi, Nikita Rafalovich esa ikkinchi o‘rinni oldi.
O‘zbekistonda sentabr oyida elektromobillar savdosi kamaydi. Bozorda yil boshidan buyon ilk bor qisqarish kuzatildi. Yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi o‘sishda davom etmoqda.
UNICEF Surxondaryoda bolalarning kengaytirilgan va inklyuziv ta’lim olishi uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi ayrim bog‘chalarda ko‘p tilli guruhlar ochdi. Unga Yevropa Ittifoqi 1,6 mln yevro moliyaviy yordam ko‘rsatdi.
Isroil HAMAS hujumi oqibatida halok bo‘lgan xorijliklar bo‘yicha ma’lumot berdi, G‘azo sektorida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i tugagani sababli hududdagi yagona elektr stansiyasi faoliyatini to‘xtatdi. Hududdagi shifoxonalarda antibiotiklar, yoqilg‘i va boshqa kerakli buyumlar tugab qolgan.
Chexiya O‘zbekistonning qazilma boyliklariga qiziqmoqda, evaziga ularni qazish va qayta ishlash texnologiyalari, shuningdek, suv resurslarini boshqarish sohasida taklif berishi mumkin. Chex mudofaa sanoati O‘zbekiston Qurolli kuchlariga Sovet ittifoqi davri harbiy texnikalariga muqobillarni taklif qilishga tayyor.
Afg‘onistonda uzunligi 280 km, eni 100 metr bo‘lishi kutilayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishining 2-bosqichiga start berildi. “Tolibon” vakillari kanal qurilishi bo‘yicha O‘zbekistondan tashvishlanmaslikni so‘radi.
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat san’at muzeyida ilk bor aprel oyida Milanda taqdim etilgan Tashkent Modernism.Index ko‘rgazmasi ochiladi. Xohlovchilar ikki hafta davomida ko‘rgazmaga borishlari mumkin va kirish bepul.
Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi. Avvalgi vakil Umid Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.
Toshkent shimoliy vokzali 16-oktabrdan o‘z faoliyatini tiklaydi. U yerdan “Afyrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd” poyezdi harakatlanadi. 16-oktabrdan Janubiy vokzaldan Xo‘jakent, Guliston, Angren, Xovos va Bekobodga poyezdlar jo‘naydi.
Zangiota tumanida ayol sobiq eri uni 5 soat kaltaklab, shifoxonaga keltirgani, holatga mas’ullar e’tibor qaratmaganini aytib, murojaat qildi. Video tarmoqlarda tarqalgach, hokimliklar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va IIB vakillari ayol bilan uchrashib, holatni nazoratga oldi. Ayol poytaxtda davolanmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilish mumkin. Stansiyalar hududida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi.
Yevroparlament O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirdi va rasmiylarni shunga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi organi, shuningdek, “Rossiya davlat kompaniyalari va O‘zbekiston gaz sektoridan foyda ko‘ruvchi insayderlarga berilgan imtiyozlardan” afsusda.
Rulda ketayotganini videoga olib, svetoforda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Equinox haydovchisi haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun atigi 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud Nexia-3 haydovchisiga ham guvohnomasi yo‘qligi uchun xuddi shu miqdorda jarima soldi.
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi yakunida 800 mln yevrodan ziyod investitsiya va savdo shartnomalari, shuningdek, readmissiya va tranzit, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish kabi bitimlar imzolandi.
Yashnobod tumanida fuqaro qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotishda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Brend mamlakatning barcha aholisi uchun tanlov e’lon qildi, unda har bir kishi o‘z omadini sinab ko‘rishi va nafaqat O‘zbekiston fuqarolari orasida shuhrat qozonishi, balki texnologik gadjetlarni ham qo‘lga kiritishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi Toshkent metropolitenidan foydalanishning yangi qoidalarini tasdiqladi. Metroda elektron sigaretalar, nosvoy chekish, akrobatika hamda sport mashqlarini bajarish, poyabzalsiz va kiyimsiz yurish taqiqlanadi. Metroga velosiped va samokatda kirish ham taqiqlandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Škoda Group o‘rtasida 320 mln yevrolik 30 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bosh vazir Abdulla Aripov buni O‘zbekiston temir yo‘llari sohasi uchun inqilobiy deb atadi. Kelgusi yildan past polli harakat tarkiblarini ishlab chiqarish boshlanadi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting