O‘zbekistonda o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga oshirilgan malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanadi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 716 885 nafar chaqaloq tirik tug‘ildi. Ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan.
Yangiyo‘l tumanida 25 yoshli taksi haydovchisini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi. Voqeaga ular o‘rtasidagi pul qarzi sabab bo‘lgani aniqlandi.
Poytaxtdagi Izzat ko‘chasining bir qismi suv quvurlari almashtirilishi sabab 10-oktabrdan 30-oktabrgacha transport harakati uchun yopiladi. Ushbu kunlar davomida ko‘chaning tegishli qismidan harakatlanuvchi avtobuslarning yo‘nalishlari o‘zgartiriladi.
Hafta oxirida kutilayotgan sovuq harorat, Rossiya bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha katta shartnoma muhokamasi, poytaxt tumaniga ilk bor ayol hokim tayinlangani, Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotir olayotgan O‘zbekiston, mojaroning asosiy yangiliklari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekistonda partiyalar fraksiyalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylashning majoritar-proporsional (aralash) tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasini muhokama qilishni boshladi.
Muhsin Raxmonov va Shohjahon Safarov “O‘ztransgaz” boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarlari, Jahongir Baybayev esa rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2022-yil sanoat korxonalari havoga 874 ming tonna chiqindi chiqardi. Ularning katta qismi neft-gaz, energetika, metallurgiya korxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Vazirlar Mahkamasi 2023-yilda 145 korxonada 723 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta’mirlab, tashlanmalarni kamaytirmoqchi.
Isroilda qurbonlar soni 700 nafardan oshdi, 2200 dan ortiq odam jarohatlangan. G‘azo sektorida esa kamida 413 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 2300 kishi yaralangan. OAV Eron HAMASga yordam bergani haqida yozdi, Eronning o‘zi esa buni rad etdi.
TikTok ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda 2021-yilning yozidan buyon bloklanganiga qaramay, soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Endilikda xizmatlar uchun to‘lov 12 foizlik QQSni o‘z ichiga oladi.
2023-yilgi iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarning mehnat bozoridagi o‘rni va samaralari borasida tadqiqot o‘tkazgan Garvard universiteti iqstisodchisi Klaudiya Goldinga berildi.
Toshkentning Yakkasaroy tumaniga Nilufar Allabergenova hokim etib tayinlandi. U 2019-yildan buyon shu tuman prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistondagi eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan hududlarda hisoblagich orqali 10−15 kV quvvat doirasida cheklov kiritiladi. Bu qish va yozdagi noqulay ob-havo sharoitida tarmoqlarga yuklama tushishini oldini olish uchun amalga oshiriladi.
O‘zbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir bildirdi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirdi.
Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” (Rossiya) bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar muzokarasini boshladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Poytaxtda aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m oqava suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
Jondor tumanida ikki erkak tanishining uyida ustachilik qilayotgan paytda tok urishi oqibatida vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
Fuqarolarni 11,5 ming dollar evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga, 2 ming dollar evaziga esa Samarqanddagi xususiy universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting