6−7-oktabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.
O‘tgan hafta Senatda Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda pasportning asl nusxasi talab qilinishini tanqid qilindi. Kompaniyaning qayd etishicha, bunday talab yo‘q, biroq xorijga chiptalar sotilayotganda yo‘lovchi va aviakompaniyaga jarima sanksiyalari qo‘llanmasligi uchun vizali pasport so‘raladi.
Namangan viloyatini 1996−2004-yillarda boshqargan hokim To‘lqin Jabborov 73 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga og‘ir xastalik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitini rejalashtirilganidek 1-oktabrdan emas, oktabr oxirida boshlashni rejalashtirmoqda. Qozog‘iston energetika vazirining ma’lum qilishicha, gaz quvurida ta’mirlash ishlari davom etmoqda, yetkaziladigan gaz hajmi ham kelishib olinmoqda.
Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasi AVO bank`ga (sobiq “O‘zagroeksportbank”) ustav kapitalini talab qilingan darajaga — 200 mlrd so‘mga yetkazmagani uchun kreditlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish hamda depozit operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqladi.
Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Elison Lekler o‘z missiyasini yakunlamoqda. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov unga mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Yil oxirida Toshkent shahrida Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi. Unda Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahridagi 80 foiz ko‘chalarda transport vositalari uchun tezlik chegarasi soatiga 50 kmdan 30 kmgacha pasaytiriladi. Shahar ma’muriyati bu orqali jiddiy YTHlarni 30 foizgacha kamaytirmoqchi. Shuningdek, bu shahardagi shovqin darajasini ikki baravar kamaytirishi kutilmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Fizikaviy elektronika sohasidagi taniqli olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Nazar To‘rayev 85 yoshida vafot etdi. Uning yaqinlariga O‘zbekiston prezidenti va boshqa rasmiy shaxslar hamdardlik bildirdi.
Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari uchrashuvida qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi. Uning mazmuni oshkor qilingani yo‘q, biroq ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari ushbu hujjat chegaradagi barcha kelishmovchiliklarni hal etishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini yaratish, elektr energiyasini yetkazib berish va taqsimlash tariflari va to‘lov hajmlarini tasdiqlash kabilar regulyatorning vazifalari hisoblanadi.
Narxi oshgan poyezd chiptalari, bolalarda ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o‘tkazilishi, kollej va texnikumdagi xotin-qizlarga davlat granti ajratilishi, Toshkent viloyatida hojatxonadan topilgan yosh bola jasadi, “elektr zapravkalar”da narxlar ko‘tarilgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekistonda elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O‘zenergosotish” kompaniyasi tashkil etiladi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” elektr energiyasini yetkazib berish va tranzit qilishga javobgar bo‘ladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasini hukumatga kiritdi. Xususan, xorijdan kelayotganlar uchun IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish rejalashtirilmoqda.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi xususiy uylardan birining hojatxonasidan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi. Qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati oktabr oxirida bo‘lib o‘tadigan ICTWeek Uzbekistan 2023 haftaligida “mobil qullik”ka barham berilishini e’lon qiladi va raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish tartibini namoyish etadi, deya xabar qildi vazirlik “Gazeta.uz”ga .
Turkmanistondan O‘zbekistonga poyezd vagonida umumiy qiymati 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu butun sentabr oy davomida bojxonada aniqlangan va olib qo‘yilgan hajmdan ham ko‘proq.
Hukumat qarori bilan har yili aholi zilzila vaqtida harakatlanish bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘qitiladi. Qolaversa, bog‘cha bolalari, maktab, texnikum o‘quvchilari, oliygoh talabalari, shuningdek, ishchi-xodimlar ham maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Turistlarga esa qo‘llanmalar tarqatiladi.
Buxoroning cho‘l hududlariga noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 1500 bosh yo‘rg‘a tuvalog‘i qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting