Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati oktabr oxirida bo‘lib o‘tadigan ICTWeek Uzbekistan 2023 haftaligida “mobil qullik”ka barham berilishini e’lon qiladi va raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish tartibini namoyish etadi, deya xabar qildi vazirlik “Gazeta.uz”ga .
Turkmanistondan O‘zbekistonga poyezd vagonida umumiy qiymati 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu butun sentabr oy davomida bojxonada aniqlangan va olib qo‘yilgan hajmdan ham ko‘proq.
Hukumat qarori bilan har yili aholi zilzila vaqtida harakatlanish bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘qitiladi. Qolaversa, bog‘cha bolalari, maktab, texnikum o‘quvchilari, oliygoh talabalari, shuningdek, ishchi-xodimlar ham maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Turistlarga esa qo‘llanmalar tarqatiladi.
Buxoroning cho‘l hududlariga noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 1500 bosh yo‘rg‘a tuvalog‘i qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan.
Rossiyaning “Gerofarm” kompaniyasi va mahalliy Zuma Pharma korxonasi insulin preparatlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. “Gerofarm”ning qayd etishicha, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha rejalar saqlanib turibdi.
Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga berildi.
O‘zbekistonda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlar uchun davlat granti ajratiladi.
Armaniston deputatlari Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikatsiya qilishni ma’qullab ovoz berdi. Bir hafta oldin Rossiya TIV Armanistonni buning oqibatlari haqida “ogohlantirgandi”. Mazkur sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, “Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qo‘yiladi.
O‘zbekistonda 20-oktabrdan mahalliy poyezdlar chipta narxlari ko‘tariladi. Xususan, yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari esa 100 foizga oshiriladi.
O‘zbekistonda elektr yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektr energiyasiga yangi tariflar joriy qilinganidan keyin narxlar ko‘tarildi yoki oshirish rejalashtirilmoqda. Xususan, TokBor kompaniyasi narxlarni bir kVt/soat uchun 700 so‘mga oshirdi.
O‘zbekistonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyalari berish yana boshlandi.
3-oktabr kunidan boshlab Toshkent xalqaro aeroporti va Yakkasaroy IIB bekati oralig‘ida harakatlanuvchi bepul mikroavtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklangandi.
Payshanba kuniga qadar respublikaning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxirida Kaspiy dengizdan nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20 darajagacha pasayadi.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card dasturi ishtirokchilari uchun 10 ta maslahat e’lon qildi. Elchixona lotereyada ishtirok etish bepul ekanini eslatib, firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Oktabr-noyabr oylarida O‘zbekistonda 2−10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolashning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. SES o‘tgan yillardagi tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatgani, gelmintlar bilan kasallanish 3−4 martaga kamayganini aytmoqda.
Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini beruvchi mRNA sintezi texnologiyalarini ishlab chiqqan Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi.
Qo‘shko‘pir tumanida 19-maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilingani aniqlandi. Bolalarning aytishicha, ularni dalaga maktab direktori yuborgan. Direktor va sholi ekkan fermer esa tug‘ishgan aka-ukalar bo‘lishi mumkin. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi holat nazoratga olinganini bildirdi.
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda kurash bo‘yicha muvaffaqiyatli chiqishlar evaziga 43 taga yetdi. Biroq milliy terma jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting