Turkish Airlines kompaniyasining bortida 265 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Toshkent-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra avval kechiktirilib, so‘ng bekor qilindi. Yo‘lovchilarga issiq ovqat va mehmonxonaga joylashish taklif qilindi.
Turkish Airlines kompaniyasining bortida 265 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Toshkent-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra avval kechiktirilib, so‘ng bekor qilindi. Yo‘lovchilarga issiq ovqat va mehmonxonaga joylashish taklif qilindi.
Yanvarda Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilgan 50 yoshli Eron fuqarosiga o‘lim jazosi tayinlandi. Uning o‘q otishi oqibatida elchixona xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, ikki qo‘riqchi yaralangandi.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarida oshxona va to‘yxona egalari 1 mlrd 179,7 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu hajmdagi gaz 6 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.
Qatarning eng yirik milliy xoldingi — Power International O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini qurishni rejalashtirmoqda. Kompaniya, shuningdek, tez orada mamlakatda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.
Shahrisabz tumanidagi qishloqlardan biriga tog‘dan O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan ikki bosh Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayiq bolasi tushgani aniqlandi. Ular maxsus o‘q-dorili qurol yordamida uxlatilib, Hisor qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.
Sanitariya epidemiologiya qo‘mitasi Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni Nipah virusidan ogohlantirdi. Mazkur infeksiya oqibatida mamlakatda 2 kishi vafot etdi, JSST virus avj olayotgani haqidagi ma’lumotini tasdiqladi.
Tadbirkorlar uchun gaz tariflari oshirilgani ortidan 1-oktabrdan AGTKSHlarda bir kubometr gaz narxi 2700−2800 so‘mdan 3100−3250 so‘mga (maksimal narx) ko‘tarildi. Ma’lum qilinishicha, prokuratura shoxobchalar rahbarlarini narxlarni hukumat belgilab bergan chegaradan oshirmaslik haqida ogohlantirgan.
1-oktabrdan Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ta’mirlanayotgan ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklandi. 10 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi (xarita).
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi marta 1994-yilda turnirning ushbu bosqichiga chiqqan (+gollar videosi).
Anqarada Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi oldida terakt sodir etildi. Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikaya bir xudkush o‘zini portlatib yuborgani, ikkinchisi esa “zararsizlantirilganini” ma’lum qildi.
Sentabr yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 1,2 foiz inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya esa 9,2 foizgacha tezlashdi. O‘tgan oyda Qozog‘istondan un importi to‘xtatilgani haqidagi xabarlar ortidan ushbu mahsulot, shuningdek, tuxum, sabzi va kartoshka narxi keskin ko‘tarildi. Benzin va metan narxi ham o‘smoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1−2-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Qatarda bo‘lib, u yerda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Doha shahrida EXPO 2023 ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taipeyi ustidan g‘alaba qozonib, Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. G‘alaba goli qo‘shimcha vaqtda kiritildi.
Yaqinda Chery brendi mag‘lubiyatsiz aksiya o‘tkazdi, unda har bir avtomobil xaridori sovg‘aga ega bo‘ldi. oktabrda Chery Uzbekistan faoliyatining bir yilligi munosabati bilan kompaniya mijozlari uchun yana bir nechta takliflarni tayyorlamoqda.
O‘zbekistonda oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasi 27 foizdan 72 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga yuborgan tabrigida ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz hatti-harakatlar qilib kelgan 45 yashar erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Dubayga sayohat butun oila bilan dam olish uchun ajoyib yechim bo‘lishi mumkin. Bepul ko‘ngilochar hordiq haqida ma’lumotni Visit Dubai saytida topib, arzon narxdagi sayohatni rejalashtirish mumkin.
Senat Bekzod Narimanovni O‘zbekiston ombudsmanining o‘rinbosari etib sayladi. Avgust oyida uning nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandi.
Mirobod tumanida 2008-yilda tug‘ilgan qiz noma’lum etiologiyali moddadan zaharlanish sabab vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting