17-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
17 avgust 2023, 22:00

17-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Tugatilgan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi, boshqa ishga o‘tgan Sardor Umurzoqov, O‘zbekiston tashqi qarz olgan tashkilotlar, o‘tish balini to‘plolmagan 439 ming abituriyent, tug‘uruqxonada vafot etgan egizak tuqqan qashqadaryolik yosh ayol, turli tayinlov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

AQSh KXDR va Rossiya o‘rtasida qurol savdosi bilan shug‘ullanuvchi Qozog‘iston kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi
17 avgust 2023, 21:31

AQSh KXDR va Rossiya o‘rtasida qurol savdosi bilan shug‘ullanuvchi Qozog‘iston kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya, shuningdek, Rossiya va Slovakiyaning yana ikkita firmasi Shimoliy Koreya va RF o‘rtasida qurol-yarog‘ bitimlarida qatnashgani uchun AQSh sanksiyalariga duchor bo‘ldi.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini narxi 9200 so‘mgacha ko‘tarildi
17 avgust 2023, 21:05

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini narxi 9200 so‘mgacha ko‘tarildi

UNG Petro yana Ai-92 benzin narxini 9200 so‘mga ko‘tardi. Chegirma e’lon qilinishidan oldin — mart oyida ham shu narxda sotilayotgan edi.

Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tugatildi
17 avgust 2023, 20:00

Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tugatildi

2022-yil noyabr oxirida tashkil etilgan Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tugatildi. Ushbu yangi lavozimlar “hududlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va joylardagi vaziyatni hisobga olgan holda tezkor choralar ko‘rish zarurligi” bilan izohlangan edi.

Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi
17 avgust 2023, 18:41

Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi

Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar bolalar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi. Ushbu loyiha mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan o‘zbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Yangiyo‘l tumaniga hokim tayinlandi
17 avgust 2023, 17:34

Yangiyo‘l tumaniga hokim tayinlandi

Nurafshon shahri kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelgan Odiljon Ataullayev Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rirnbosari “lavozimiga loyiq emas” deb topilib, vazifasidan ozod qilinishi aytildi.

Yarim yil ichida Toshkent shahri va 4 ta viloyat deputatlar kengashlarining bironta sessiyasi jonli efirga uzatilmadi
17 avgust 2023, 17:15

Yarim yil ichida Toshkent shahri va 4 ta viloyat deputatlar kengashlarining bironta sessiyasi jonli efirga uzatilmadi

Prezident farmonida belgilanganiga qaramay, 2023-yilning birinchi yarmida Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari o‘tkazgan birorta sessiya jonli efirga uzatilmadi. Tuman va shahar kengashlari o‘tkazgan sessiyalarning 24 foizi jonli efirda namoyish etilgan.

Baxrom Sharipov Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisligidan ketdi
17 avgust 2023, 16:59

Baxrom Sharipov Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisligidan ketdi

Baxrom Sharipov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Nukusda metan “zapravka” 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
17 avgust 2023, 16:56

Nukusda metan “zapravka” 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Nukusdagi metan “zapravka” 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.

Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi
17 avgust 2023, 16:31

Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi davlat rahbarining farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgani haqida xabar berdi. Avvalroq PAda kadrlar o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
17 avgust 2023, 16:16

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Umid Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi
17 avgust 2023, 15:57

Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. U davlat rahbarining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Qirg‘iziston ayrim pansionatlarni O‘zbekistonga 49 yilga berishni rejalashtirmoqda
17 avgust 2023, 15:38

Qirg‘iziston ayrim pansionatlarni O‘zbekistonga 49 yilga berishni rejalashtirmoqda

Qirg‘iziston hukumati 2016-yilda o‘zbek kompaniyalaridan tortib olingan Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni 49 yilga O‘zbekistonga berishni rejalashtirmoqda. Qirg‘iziston tomoni investorlar har bir obyektga 15−20 million dollar sarmoya kiritishini kutmoqda.

Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi
17 avgust 2023, 15:33

Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi

Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ketdi. U mazkur lavozimda 2022-yildan beri ishlab kelayotgandi.

1-yanvardan qoida buzgani uchun ushlangan mashinalarning hisobi “Jarima maydonchasi” tizimi orqali yuritiladi
17 avgust 2023, 15:31

1-yanvardan qoida buzgani uchun ushlangan mashinalarning hisobi “Jarima maydonchasi” tizimi orqali yuritiladi

2024-yildan boshlab qoidani buzgani uchun ushlangan transportlar “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali to‘xtash joylariga olib kelinib, ularning hisobini yuritiladi. Jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar uchun to‘lov elektron amalga oshiriladi.

O‘zbekiston qayerdan tashqi qarz olgan va qaysi sohalarga sarflagan?
17 avgust 2023, 15:28

O‘zbekiston qayerdan tashqi qarz olgan va qaysi sohalarga sarflagan?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2022-yil uchun davlat qarzi bo‘yicha sharhida mamlakat yil davomida qaysi tashkilotlardan qancha tashqi qarz olgani va qaysi sohalarga yo‘naltirgani bo‘yicha ma’lumot berdi. Yil davomida O‘zbekiston nomidan umumiy qiymati 4,49 mlrd dollarlik 23 ta tashqi qarz bitimi imzolangan.

Abituriyentlarning salkam yarmi o‘tish balini to‘plolmadi, 60 mingga yaqini imtihonlarda qatnashmadi
17 avgust 2023, 13:01

Abituriyentlarning salkam yarmi o‘tish balini to‘plolmadi, 60 mingga yaqini imtihonlarda qatnashmadi

2023-yilda 888 ming 472 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi, ularning 439 ming 337 nafari (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi. Shuningdek, 60 mingga yaqin nomzod kirish imtihonida ishtirok etmadi.

Ayrim banklarda dollar kursi 12 150 so‘mga yetdi
17 avgust 2023, 12:34

Ayrim banklarda dollar kursi 12 150 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 17-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 030−12 060 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 100−12 150 so‘m.

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi
17 avgust 2023, 12:22

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Qarz 2022-yilda 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, YAIM 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.

Qashqadaryoda egizak tuqqan 19 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
17 avgust 2023, 11:28

Qashqadaryoda egizak tuqqan 19 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida 19 yoshli ayol egizak farzand tuqqanidan so‘ng 8 kun o‘tib, ahvoli yomonlashib, reanimatsion davo tadbirlariga qaramasdan vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting