Import avtomobillarni faqat rasmiy dilerlar sotishi bo‘yicha talab bekor qilindi
16 avgust 2023, 09:46

Import avtomobillarni faqat rasmiy dilerlar sotishi bo‘yicha talab bekor qilindi

Import avtomobillarni faqat ularning rasmiy dilerlari tomonidan sotilish talabi bekor qilindi. Shuningdek, Soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi berilmoqda.

Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum qilinadi
16 avgust 2023, 09:44

Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum qilinadi

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi xususiy kameralar ma’lumotlarida 5 foizdan ortiq xatolikka yo‘l qo‘yilsa, tadbirkorlar ushbu kameralarga egalik huquqidan mahrum etiladi.

Qashqadaryoda maktabni ta’mirlashga o‘qituvchilarni jalb qilgan direktor 33 mln so‘m jarimaga tortildi
16 avgust 2023, 09:16

Qashqadaryoda maktabni ta’mirlashga o‘qituvchilarni jalb qilgan direktor 33 mln so‘m jarimaga tortildi

Koson tumanidagi 20-maktab direktori o‘qituvchi va ishchi xodimlarni ta’mirlash ishlariga jalb etgani aniqlandi. Direktorga nisbatan 33 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llandi.

“O‘zagroeksportbank” o‘z nomini AVO Bank`ga o‘zgartirdi
15 avgust 2023, 19:24

“O‘zagroeksportbank” o‘z nomini AVO Bank`ga o‘zgartirdi

“O‘zagroeksportbank” aksiyadorlari bank nomini AVO Bank (“havo” so‘zining qisqartmasi) etib o‘zgartirish uchun ovoz berdi. Endilikda bank Olimjon Shodiyev tomonidan tashkil etilgan AVO kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 12 foizgacha ko‘tardi
15 avgust 2023, 17:27

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 12 foizgacha ko‘tardi

Rossiya Markaziy banki rublning zaiflashishi fonida asosiy stavkani 8,5 foizdan 12 foizga oshirdi. Qaror narx barqarorligini ta’minlash uchun risklarni cheklash maqsadida qabul qilindi, deydi regulyator.

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish endi faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi
15 avgust 2023, 15:52

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish endi faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari, 2024/2025 o‘quv yilidan esa barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.

Dog‘istonda “zapravka”dagi portlash oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi. Respublikada motam e’lon qilindi
15 avgust 2023, 15:03

Dog‘istonda “zapravka”dagi portlash oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi. Respublikada motam e’lon qilindi

Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a shahrida yonilg‘i quyish shoxobchasi portlab, 35 kishi halok bo‘ldi, 75 kishi jarohatlandi. Portlashga shoxobcha yonidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish markazida yuz bergan yong‘in sabab bo‘lgan. 15-avgust respublikada motam kuni deb e’lon qilindi.

Xorazmda aholi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan erkakni ushladi
15 avgust 2023, 14:52

Xorazmda aholi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan erkakni ushladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh aholi noma’lum shaxsni voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilish va uni o‘g‘irlashda uringanlikda ayblayotgan video tarqaldi. Xorazm viloyati IIB xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi 43 yoshli erkak bo‘lib, u ruhiy-asab kasalliklar dispanserida ro‘yxatga olingan.

Tramp 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishda ayblanmoqda
15 avgust 2023, 14:45

Tramp 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishda ayblanmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga to‘rtinchi bor jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Siyosatchi Jorjiya shtatida 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishga urinishda ayblanmoqda. U jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitgan holda shtat hokimiyatidan unga qo‘shimcha ovozlarni “topish”ni talab qilgan.

Bekzod Narimanov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi
15 avgust 2023, 14:43

Bekzod Narimanov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladi. Qaror Senatga yuborildi.

IELTS`dan 7,5 ballga ega tibbiyot talabalariga 990 ming so‘m stipendiya beriladi
15 avgust 2023, 13:19 1

IELTS`dan 7,5 ballga ega tibbiyot talabalariga 990 ming so‘m stipendiya beriladi

SSV 2023-yildan IELTS bo‘yicha kamida 7,5 balli, nemis va fransuz tilini bilish darajasi bo‘yicha S1 sertifikatli tibbiyot OTM va texnikumi talabalariga 990 ming so‘m stipendiya to‘laydi. To‘lov sertifikatning amal qilish davrida berib boriladi.

Bolalikning dastlabki yillari — inson kapitalining asosi. Kolonka
15 avgust 2023, 13:12

Bolalikning dastlabki yillari — inson kapitalining asosi. Kolonka

YUNISEFning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sitsi Singizi “Gazeta.uz”ga bergan kolonkasida Namangan viloyatining chekka qishloqlaridan birida ochilgan maktabgacha ta’lim muassasasi misolida ushbu muassasalardan teng foydalanishni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar haqida so‘z yuritdi.

2022-yilda budjet taqchilligi asosan tashqi qarz hisobidan qoplandi
15 avgust 2023, 12:49

2022-yilda budjet taqchilligi asosan tashqi qarz hisobidan qoplandi

2022-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining 47 foizi xalqaro moliya institutlarining qarzlari va yevroobligatsiyalar chiqarish hisobidan, 18 foizi davlat g‘azna obligatsiyalari chiqarish hisobidan qoplandi. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 35 trln 229 mlrd so‘mga yetdi.

O‘zbekistonda velosiped nima uchun ommalashmayotgani ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hukumat tanqidlarni eshitadimi?
15 avgust 2023, 12:44

O‘zbekistonda velosiped nima uchun ommalashmayotgani ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hukumat tanqidlarni eshitadimi?

Rasmiylar O‘zbekistonda velosipedda harakatlanishni rivojlantirish haqida muntazam gapirib keladi. Toshkentda esa, tanqidlarga qaramay, noto‘g‘ri va xavfli veloyo‘laklar qurilishi davom etmoqda. MHTI mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, velosiped nima uchun ommalashmayotgani sabablarini o‘rgandi.

Banklarda dollar kursi 12 080−12 135 so‘m etib belgilandi
15 avgust 2023, 12:01

Banklarda dollar kursi 12 080−12 135 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 15-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 000−12 040 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 080−12 135 so‘m.

Toshkentda gazdan noqonuniy foydalanib 824,4 mln so‘m zarar yetkazgan sex aniqlandi
15 avgust 2023, 11:24

Toshkentda gazdan noqonuniy foydalanib 824,4 mln so‘m zarar yetkazgan sex aniqlandi

Mirobod tumanidagi poliz mahsulotlarini qadoqlash sexida gazdan noqonuniy foydalanib, tizimga 824 mln 417 ming so‘m zarar yetkazgan fuqaro aniqlandi.

O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan 10 ta kompaniya ro‘yxati e’lon qilindi
15 avgust 2023, 10:59

O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan 10 ta kompaniya ro‘yxati e’lon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet” nashrida O‘zbekistonning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilari haqida ma’lumot berdi. Davlat budjeti soliq tushumlarining 16,3 foizi Navoiy KMK, 8,6 foizi esa Olmaliq KMK ulushiga to‘g‘ri kelgan.

Prezident daraxtlarni kesganlik uchun yangi jarimalar to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
15 avgust 2023, 10:46

Prezident daraxtlarni kesganlik uchun yangi jarimalar to‘g‘risidagi qonunni rad etdi

O‘zbekiston prezidenti daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha parlament tomonidan qabul qilingan qonunni rad etdi. Hujjat jarimalar miqdori kam bo‘lgani tufayli rad etilgan bo‘lishi mumkin.

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
15 avgust 2023, 10:04

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda. U 5 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi.

100 ga yaqin Tojikiston fuqarosi Rossiya qamoqxonalaridan Ukrainaga urushga jo‘natilgan — Tojikiston IIV
15 avgust 2023, 09:31

100 ga yaqin Tojikiston fuqarosi Rossiya qamoqxonalaridan Ukrainaga urushga jo‘natilgan — Tojikiston IIV

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rahbarining aytishicha, Rossiya qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 100 ga yaqin davlat fuqarolari Rossiya armiyasiga jalb qilinib, Ukrainadagi urushga yuborilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting