21 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
30 iyul 2023, 09:50

21 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

2002-yilda qasddan odam o‘ldirishda gumonlanib, qidiruvga berilgan 48 yoshli erkak Qozog‘istondan, 2015-yilda bosqinchilikda gumonlanib, qidiruvga berilgan shaxs esa Rossiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Turkiy davlatlarning ikki tashkiloti iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda hamkorlik qiladi
29 iyul 2023, 18:57

Turkiy davlatlarning ikki tashkiloti iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda hamkorlik qiladi

Turkiya davlatlar jo‘g‘rofiya kengashi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotiblarining Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar, energiya resurslari taqchilligi kabi global muammolarga birgalikda yechim topishga kelishib olindi.

Bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi
29 iyul 2023, 17:34

Bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi

Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi, deya ma’lum qildi Farg‘ona viloyati IIB. U “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi rahbarlaridan salbiy mazmundagi maqolani internetda tarqatmaslik evaziga 10 000 dollar talab qilganlikda ayblanmoqda.

1-avgustdan ish stajiga ega bo‘lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshadi
29 iyul 2023, 17:33

1-avgustdan ish stajiga ega bo‘lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshadi

O‘zbekistonda 1-avgustdan zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksalarga beriladigan nafaqa miqdori 535 ming so‘mdan 568 ming so‘mga oshiriladi. Bu o‘zgarish boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun to‘lanadigan miqdorga ham taalluqli.

Samarqandda avtobus yo‘lini to‘sib qo‘yib, unga tosh otganlar 15 sutkaga qamaldi
29 iyul 2023, 17:14

Samarqandda avtobus yo‘lini to‘sib qo‘yib, unga tosh otganlar 15 sutkaga qamaldi

Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda bir guruh fuqarolar avtobus yo‘lini to‘sib, unga tosh otdi. Samarqand viloyati IIB mojaro haydovchilar yo‘l talashgani ortidan kelib chiqqani va 14 kishiga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganini bildirdi.

Farg‘onadagi karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
29 iyul 2023, 15:54

Farg‘onadagi karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada 6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in bo‘yicha prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Achilboy Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasiga vafot etganlarning oilasi va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish hamda baxtsiz hodisani tekshirib, hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Prezident Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh shaxslarni mukofotladi
29 iyul 2023, 15:08

Prezident Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh shaxslarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh shaxslarga “Do‘stlik”, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenlari va “Shuhrat” medali berildi (ro‘yxat).

Farg‘ona shahrida kafe yondi: 6 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi shifoxonaga olib ketildi
29 iyul 2023, 14:34

Farg‘ona shahrida kafe yondi: 6 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi shifoxonaga olib ketildi

Farg‘ona shahridagi 4 qavatli bino yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. 7 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Prezident topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan Hukumat komissiyasi Farg‘onaga jo‘nab ketdi.

Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi jarohatlandi
29 iyul 2023, 13:12

Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi jarohatlandi

Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasida uchta yengil avtomobil to‘qnashib ketdi, bir mashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi jarohatlandi.

Suriyadagi terror tashkilotga qo‘shilishga uringan andijonlik shaxs 8 yildan ko‘proqqa qamaldi
29 iyul 2023, 11:16

Suriyadagi terror tashkilotga qo‘shilishga uringan andijonlik shaxs 8 yildan ko‘proqqa qamaldi

Andijon viloyatida yashovchi 30 yoshli shaxs Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani uchun 8 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi. U Turkiyada yashagan paytida bir necha bor Suriyaga o‘tishga uringan, so‘ng O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Nima tayyorlaymiz: Qish mavsumi uchun sabzavotli salatlar
29 iyul 2023, 10:28

Nima tayyorlaymiz: Qish mavsumi uchun sabzavotli salatlar

Baqlajonli yoki qovoqchali ikra, pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan qayla, uyda tayyorlangan lecho, qishga sabzavotli aralashmalarni muzlatib qo‘yish usuli va boshqalar — Zira.uz qish mavsumi uchun sabzavotli salatlar retseptlarini taqdim etadi.

Piyodalar o‘tish joyida navbatdagi o‘lim: mashina urib yuborgan o‘smir halok bo‘ldi
29 iyul 2023, 10:10

Piyodalar o‘tish joyida navbatdagi o‘lim: mashina urib yuborgan o‘smir halok bo‘ldi

Toshkentda 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Malibu tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini kesib o‘tayotgan 17 yoshli piyodani urib yubordi. O‘smir vafot etgan.

Raqqosa Malika Ahmedovaning uyidan 680 ming dollarlik taqinchoqlar o‘g‘irlangani bo‘yicha 4 kishi sud qilinmoqda
29 iyul 2023, 09:21

Raqqosa Malika Ahmedovaning uyidan 680 ming dollarlik taqinchoqlar o‘g‘irlangani bo‘yicha 4 kishi sud qilinmoqda

O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaning uyidan 680 ming dollarlik qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani bo‘yicha 4 kishi ayblanmoqda. Oliy sudning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, sudlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

“Ispaysoy” mikro GESi ishga tushirildi
29 iyul 2023, 09:00

“Ispaysoy” mikro GESi ishga tushirildi

28-iyul kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskem daryosining chap irmog‘i hisoblangan Ispaysoyda yangi mikroGESning ochilishi marosimi tashkil etildi.

“Global qaynash davri kirib keldi” — BMT rahbari
28 iyul 2023, 22:45

“Global qaynash davri kirib keldi” — BMT rahbari

“Global isish davri tugadi, global qaynash davri kirib keldi”, — deya ma’lum qildi BMT rahbari. Meteorologlarning fikricha, joriy yilning iyuli kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ladi. Bu oyda eng issiq uch hafta va eng issiq uch kun qayd etildi.

YPX xodimlari endi dislokatsiya joyi uchun emas, balki hudud uchun javobgar bo‘ladi
28 iyul 2023, 22:02

YPX xodimlari endi dislokatsiya joyi uchun emas, balki hudud uchun javobgar bo‘ladi

YHXBB “dislokatsiya”dan voz kechadi, deya ma’lum qildi prezident. Ularning ko‘chalarda patrullik qilishni boshlash-boshlamasligiga aniqlik kiritilmadi. Hokimliklarga yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun maslahatchilarni jalb etish topshirildi. Prezident yer usti va yerosti o‘tish joylari masalasini ham tilga oldi.

28-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
28 iyul 2023, 22:00

28-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan IIB xodimlarini tanqid qilgan prezident, ishdan olingan mutasaddilar, Abduqodir Mo‘minov sudi, nashida sabab 3 yilga qamalgan yigitga chiqarilgan hukm o‘zgartirilgani, shoshilinch murojaatlar uchun yagona 112 raqami va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Kolonka: Ortiqcha to‘langan QQS qaytariladimi yoki yo‘qmi? Qaytarilmaydiganga o‘xshaydi
28 iyul 2023, 21:29

Kolonka: Ortiqcha to‘langan QQS qaytariladimi yoki yo‘qmi? Qaytarilmaydiganga o‘xshaydi

Toshkentdagi korxonalardan birida direktor bo‘lib ishlayotgan muallifimiz Vladimir Srapionov “O‘zgalar qarzining og‘irligi” ruknida ortiqcha to‘langan QQSni qaytarish bilan bog‘liq noaniq vaziyat mavzusini davom ettiradi.

Ayol kishining jasadi topilgan lift nosoz bo‘lgan — Bosh prokuratura
28 iyul 2023, 20:56

Ayol kishining jasadi topilgan lift nosoz bo‘lgan — Bosh prokuratura

Toshkentda ayol kishining jasadi topilgan lift nosoz bo‘lgan, deb xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi elektr ta’minotidagi uzilish tufayli lift to‘xtab qolganini ma’lum qildi. “RES” esa elektr o‘chirilmaganini bildirdi. Lift ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lgan.

Nashida tufayli 3 yilga qamalgan yigitga chiqarilgan hukm ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi
28 iyul 2023, 18:43

Nashida tufayli 3 yilga qamalgan yigitga chiqarilgan hukm ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi nashida tufayli 3 yilga qamalgan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan hukmni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirdi. Jahongir Ulug‘murodov darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting