Toshkent shahri Shirin ko‘chasida uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, ulardan birining haydovchisi kasalxonaga yotqizildi.
Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Tijorat banklari 20-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 540−11 600 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 655−11 660 so‘m.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlarining birinchi sammitida Do‘stlik, mintaqalararo bog‘liqlik va hamkorlik bitimini ishlab chiqish, erkin savdo hududi va vizasiz sayyohlik makonini yaratish taklifini ilgari surdi. Ikkinchi sammit Samarqandda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifining ikkinchi kunida Makkaga borib, umra amallarini bajardi. U o‘tgan yilning avgustida ham umra amalini ado etgandi.
Dam olish kuni Toshkentdagi 4-sonli avtoparkka shortik va shippakda kelgan avtobus haydovchisi va korxona muhandisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Mojaroga keyinroq haydovchining yaqinlari va boshqalar ham qo‘shilgan. Haydovchi, uning fkasi va korxona muhandisi jarohatlangan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin JARda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga bormaydi. U yerda Putinni mamlakat rasmiylari Xalqaro jinoyat sudi orderi bilan hibsga olishi mumkin edi. RF rahbari ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda gumonlanmoqda.
Soliqlardan qutulgan O‘FA, Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey, maktablar uchun yuqori internet tezligiga ega tariflar, yiliga faqat 1 marta qabul bo‘ladigan Xususiy OTMlar, O‘zbekistonning jahon pasportlari reytingidagi o‘rni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi. U umrining so‘ngiga qadar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritdi. Aktyor “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvi, ko‘plab videofilm, telepostanovka, tele va radiospektakllarda rollar ijro etgan.
Sud Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun sudlangan sobiq amaldorlarga qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun prokurorga qaytardi. Sudlanuvchilarga yangi ayblovlar qo‘yish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
UNG Petro`ning ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benzinini yetkazib berishda uzilishlar kuzatildi. “O‘zbekneftgaz” havo harorati keskin isib ketgani tufayli benzin tungi vaqtlarda yetkazib berilayotganini ma’lum qildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi so‘nggi 6 oyda 16,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya sifatida sarfladi. Fond ushbu pullar qaysi yo‘nalishlarga yo‘naltirgani haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonlik ayol kurashchilar Iordaniyada o‘tgan sport kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 7 medal: 2 kumush va 5 bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida prorektorga aloqadorligi aytilgan firmaga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha to‘lab berilgani aniqlandi. Antikorrupsiya agentligi manfaatlar to‘qnashuvi yuz bergani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.
Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, nafaqat davlat, balki xususiy va xorijiy OTMlar ham bakalavriat va magistraturaga yiliga faqat bir marta qabul qila oladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda qabul tartibini xususiy OTMlarning o‘zi belgilashi ko‘rsatilgan. Ko‘p martalik qabul dunyo bo‘ylab keng tarqalgan.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, umumta’lim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan “New Education” tarif rejasi ishlab chiqiladi. Tarif bo‘yicha internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda — kamida 100 Mbit/s bo‘ladi.
21-iyul kuni Alif kompaniyasi o‘tkazayotgan Alif Juma aksiyasi yakunlanadi. Aksiya davomida xaridlar uchun komissiya to‘lovi ikki baravar kamaytirilgani bilan birga onlayn buyurtmalarni yetkazib berish bepul.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Parijda o‘tkazilgan jahon chempionatida 17 ta medal — 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egalladi. Sportchilar 2024-yilgi Paralimpiya o‘yinlariga 19 ta yo‘llanma oldi.
Toshkentning Nurliyo‘l, Xonobod 1-tor va Qipchoq ko‘chalarining bir qismi 19-iyul kuni soat 15:00 dan 21-iyul 21:00 ga qadar yopiladi. Bu vaqtda metroning yer usti halqa liniyasida qurilish ishlari olib boriladi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlev o‘zbekistonlik bokschi Rufat Risqiyevga Malibu-2 mashinasini topshirdi. Faxriy sportchi IBA prezidentining faxriylar masalasida maslahatchisi etib tayinlandi. Avvalroq unga tashkilot tomonidan umrbod 1000 dollarlik maosh tayinlangandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting