O‘zbekistonliklar Turkiya elchixonasiga gullar olib bormoqda
8 fevral 2023, 16:26

O‘zbekistonliklar Turkiya elchixonasiga gullar olib bormoqda

O‘zbekiston aholisi Turkiyada sodir bo‘lgan yer silkinishlari ortidan halok bo‘lganlarning yaqinlari va qardosh mamlakatga hamdardlik bildirish maqsadida Toshkent shahridagi elchixona oldiga gullar olib bormoqda.

Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishida transport oqimi 12 foizga kamayishi mumkin
8 fevral 2023, 15:47

Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishida transport oqimi 12 foizga kamayishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenidagi qurilish ishlari bilan tanishdi. Quruvchilar dahasidan Qipchoq bekatigacha bo‘lgan qariyb 4 kilometrlik metro yo‘li yaqin oylarda ishga tushadi. Qo‘yliq va Sergeli orasidagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi. Shuningdek, transport oqimi 12 foizga kamayishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi sabab bir kishi vafot etdi
8 fevral 2023, 15:35

Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi sabab bir kishi vafot etdi

Ellikqal’a tumanidagi xonadonda gaz portladi. Oqibatda bir ayol vafot etdi. Voqea bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi.

Turkiyada zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan o‘zbekistonlik qutqarildi
8 fevral 2023, 15:16

Turkiyada zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan o‘zbekistonlik qutqarildi

Qahramanmarash viloyatida zilzila oqibatida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi vayronalar ostidan olib chiqildi. U shifoxonaga joylashtirilgan va birinchi yordam ko‘rsatilmoqda.

Samarqandda fuqaroni $15 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
8 fevral 2023, 15:02

Samarqandda fuqaroni $15 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U puldan uch ming dollarini olayotgan paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Qoraqalpog‘istonda 50 va 110 MVt kuchlanishga ega quyosh hamda shamol elektr stansiyasi quriladi
8 fevral 2023, 15:00

Qoraqalpog‘istonda 50 va 110 MVt kuchlanishga ega quyosh hamda shamol elektr stansiyasi quriladi

Qorao‘zak tumanida 161 million dollarlik yangi 2 katta investitsiyaviy loyiha, jumladan 50 MVt kuchlanishga ega quyosh elektr stansiyasi va 110 MVt kuchlanishga ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Natijada 200 fuqaroning doimiy ravishda bandligi ta’minlanadi.

Qurilish vazirligi — uylarning zilzilabardoshliligiga kim javobgar ekani haqida
8 fevral 2023, 14:35

Qurilish vazirligi — uylarning zilzilabardoshliligiga kim javobgar ekani haqida

Qurilish vazirligi uylarning zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat berishi haqida ma’lumot berdi. Ishlarning sifatiga kafolat berish va ular lozim darajada bajarilmagan taqdirda, javobgar etib pudratchi belgilangan.

OTMlarning o‘quv dasturiga inson huquqlari bo‘yicha kurslar kiritiladi
8 fevral 2023, 14:27

OTMlarning o‘quv dasturiga inson huquqlari bo‘yicha kurslar kiritiladi

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari» va «Bola huquqlari» bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.

Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondonlar tayinlandi
8 fevral 2023, 14:12

Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondonlar tayinlandi

Prezident farmoyishi bilan general-mayor Aybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonga gaz yetkazishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz»da bir necha kishi hibsga olingani aytilmoqda
8 fevral 2023, 12:29

O‘zbekistonga gaz yetkazishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz»da bir necha kishi hibsga olingani aytilmoqda

Turkmanistondagi «Galkinish» konida yuz bergan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz» konsernida bir necha kishi hibsga olingani xabar qilindi. O‘zbekiston Energetika vazirligi uzilish uchun Turkmanistondan kompensatsiya talab qilingani haqidagi xabarni rad etdi.

BMT Termizdan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
8 fevral 2023, 12:01

BMT Termizdan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi va Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi Termiz shahridagi transport-logistika xabi orqali Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Sovuqda himoyaga muhtoj afg‘on xalqi uchun 12 ta yuk mashinasida 48 mingdan ortiq ko‘rpa jo‘natildi.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi
8 fevral 2023, 11:51

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi

Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari tonggacha vayronalar ostidan 21 kishini chiqarib oldi. Ularning 12 nafari vafot etgan. Qolganlari turli tan jarohatlari olgan.

O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta «Tez yordam» mashinasi topshirdi
8 fevral 2023, 11:27

O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta «Tez yordam» mashinasi topshirdi

O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi sovg‘a qildi. O‘z navbatida, Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasi yetib keldi va uni ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlash rejalashtirilgan.

Xalq nazorati xizmati orqali yer va daraxtlardagi elektr kabellari haqida xabar berish mumkin
8 fevral 2023, 11:10

Xalq nazorati xizmati orqali yer va daraxtlardagi elektr kabellari haqida xabar berish mumkin

Daraxtlarga osilgan yoki yerda yotgan elektr kabellarini ko‘rgan Toshkent shahri aholisidan Xalq nazorati portali orqali xabar berishlari so‘ralmoqda. Hokimlik anomal sovuq paytida tezroq elektr uzatib berish uchun simlar shu tarzda o‘tkazilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda har oyda kamida bir marotaba «Hukumat kuni»ni o‘tkazish taklif qilinmoqda
8 fevral 2023, 10:30

O‘zbekistonda har oyda kamida bir marotaba «Hukumat kuni»ni o‘tkazish taklif qilinmoqda

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida har oyda kamida bir marta barcha viloyat va hududlarda hukumat a’zolari ishtirokida «Hukumat kuni»ni o‘tkazib borish taklif qilinmoqda. Bunda hududlarda aholi ko‘tarayotgan dolzarb muammolarning hukumat vakillariga yetib borishini ta’minlash maqsad qilingan.

Malaysia Airlines Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda
8 fevral 2023, 10:25

Malaysia Airlines Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda

Malaysia Airlines aviakompaniyasi Kuala-Lumpur-Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. Reyslar har o‘n kunda bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Samarqandda Qizil kitobga kiritilgan tasqara hayoti saqlab qolindi
8 fevral 2023, 10:19

Samarqandda Qizil kitobga kiritilgan tasqara hayoti saqlab qolindi

Samarqand shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga shahardagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida tasqara qushining kelgani bo‘yicha ma’lumot berilgan. U veterinar ko‘rigidan so‘ng, «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i pitomnigiga topshirilgan.

Toshkentning yangi hokimi dastlab qaysi muammolarni hal qilishi zarur? «Yuksalish» so‘rovi
8 fevral 2023, 10:04

Toshkentning yangi hokimi dastlab qaysi muammolarni hal qilishi zarur? «Yuksalish» so‘rovi

«Yuksalish» harakati Toshkent shahrining yangi hokimi birinchi navbatda qaysi muammolarni hal qilishi zarurligi haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. Javoblar orasida qurilishga moratoriy e’lon qilish, kommunal xo‘jalik xizmatlari va jamoat transportini yaxshilash hamda hokimni saylash amaliyotini joriy etish takliflari bor.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 405 so‘mgacha ko‘tarildi
8 fevral 2023, 09:44

Banklarda dollarning sotish kursi 11 405 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 8 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 285 — 11 385 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 fevral 2023, 23:53

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyadagi zilzilalar bo‘yicha eng so‘nggi vaziyat, Parijda pensiya islohotlariga qarshi namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilgani, Latviyada dronlar zavodida yong‘in yuzaga kelgani, Shvetsiyaning Turkiya bilan NATO bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqchiligi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting