O‘zbekiston Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasini bepul oladi
4 fevral 2023, 14:27

O‘zbekiston Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasini bepul oladi

Turkmaniston O‘zbekistonga «birodarlik yordami» sifatida suyultirilgan gazni «tegishli hajmda» bepul yetkazib beradi.

«Pedofillarga eng og‘ir jazo turi qo‘llanishi kerak» — Bola ombudsmani
4 fevral 2023, 14:00

«Pedofillarga eng og‘ir jazo turi qo‘llanishi kerak» — Bola ombudsmani

Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusovaga ko‘ra, Toshkentdagi 12 yashar qizning ayanchli o‘limi O‘zbekistonda bolalar xavfsizligi to‘liq ta’minlanmaganini ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, pedofillarga nisbatan jazo turini kuchaytirish, ularga hech qanday amnistiya akti tuzilmasligi va afv etilmasligi kerak.

«Bazalt» operatsiyasi boshlandi. Toshkentdagi «dom»larni sovuq o‘tmaydigan uylarga aylantirishga kirishildi
4 fevral 2023, 11:33

«Bazalt» operatsiyasi boshlandi. Toshkentdagi «dom»larni sovuq o‘tmaydigan uylarga aylantirishga kirishildi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi uchta «xrushchyovka» ko‘p qavatli uylarni isitish loyihasi doirasida bazalt plitalari bilan qoplanmoqda. Maqsad — poytaxt aholisi chiroqsiz va issiqliksiz qolib ketgan qishki inqiroz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. «Gazeta.uz» ishlarning borishi va odamlar fikri bilan tanishdi.

Toshkentda o‘quvchilarni o‘g‘irlab ketishga urinish bo‘lgani rad etildi
4 fevral 2023, 10:52

Toshkentda o‘quvchilarni o‘g‘irlab ketishga urinish bo‘lgani rad etildi

Poytaxtda maktabdan qaytayotgan bolalarni noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgani aytilgan videoxabar tarqaldi. IIVning aniqlik kiritishicha, xabarlar asossiz. Bolalar mashinaga muz bo‘lagini tepgan, avtomobildagi o‘quvchi esa ularni ichki ishlarga olib borishini aytib qo‘rqitgan.

Ayrim dorixonalarda Quramax kompaniyasi olib kirgan sirop va tabletkalar hamon sotilmoqda — «Yuksalish» harakati
4 fevral 2023, 10:12

Ayrim dorixonalarda Quramax kompaniyasi olib kirgan sirop va tabletkalar hamon sotilmoqda — «Yuksalish» harakati

O‘zbekiston bo‘ylab 308 ta dorixonada o‘tkazilgan monitoringda aniqlanishicha, sotuvi taqiqlangan, Quramax Medical kompaniyasi olib kirgan dorilar sotuvi hamon davom etmoqda. Aholi bu dorilarni yuz bergan fojiali holatlarga qaramay, avvalgidek sotib olyapti, deyiladi «Yuksalish» umummilliy harakati xabarida.

Nima tayyorlaymiz: Mol go‘shtidan taomlar
4 fevral 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Mol go‘shtidan taomlar

Qovurdoq, satsebeli qaylasida pishirilgan mol go‘shti, xitoycha uslubda pishirilgan go‘sht, jarkop, chashushuli, Azu va boshqalar — Zira.uz o‘zbek hamda chet el oshxonasiga mansub mol go‘shtidan tayyorlangan mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkent viloyatida aholining mol-qo‘ylarini o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi
4 fevral 2023, 09:27

Toshkent viloyatida aholining mol-qo‘ylarini o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi

Yuqori Chirchiq tumanida aholining jami 9 bosh qo‘yi va 2 bosh buzog‘ini o‘g‘irlagan 6 kishi ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 fevral 2023, 23:52

Jahon yangiliklari dayjesti

2022 yilda Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish hajmi 12 foizga oshgani, Eronda hijob o‘ramagan ayollarni jarimaga tortuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgani, Qatarda hasharotli taomlarni sotish taqiqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

3 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 fevral 2023, 22:00

3 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Tirigi emas, o‘ligi tanilgan 12 yoshli qiz voqeasi, Toshkentda ochilgan gaz «zapravka»lar ro‘yxati, Nukus voqealari bo‘yicha navbatdagi sud, YeOII mamlakatlari bilan tashuvlarni soddalashtirishga intilayotgan O‘zbekiston, diniy qo‘shiq tarqatib 5 yilga qamalgan yigit va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Lavrov G‘arbning Moldovadan «navbatdagi Ukraina» yaratish istagi borligini ma’lum qildi. Kishinyov vazirning so‘zlarini qoraladi
3 fevral 2023, 21:41

Lavrov G‘arbning Moldovadan «navbatdagi Ukraina» yaratish istagi borligini ma’lum qildi. Kishinyov vazirning so‘zlarini qoraladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, G‘arb davlatlari «navbatdagi Ukraina» roli uchun Moldovani ko‘rib chiqmoqda. Kishinyov vazirning «tahdidli ritorikasini» qoralab, «Moldova o‘z kelajagini tanladi va bu kelajak erkin dunyoning bir qismi bo‘lishini» ta’kidladi.

Nukus voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud 6 fevral kuni boshlanadi
3 fevral 2023, 19:59

Nukus voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud 6 fevral kuni boshlanadi

Qoraqalpog‘iston voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud jarayoni 6 fevralda boshlanadi. Ayblanuvchilar JKning «talonchilik», «ommaviy tartibsizliklar», «noqonuniy o‘qotar qurol saqlash» va boshqa moddalarida ayblanmoqda. Ba’zi ayblanuvchilarning qayerdaligi bir necha oy davomida noma’lum edi.

«Men tanilishim kerak, derdi. Tirigi emas, o‘ligi tanildi» — Yangihayotda o‘ldirilgan 12 yoshli qiz haqida
3 fevral 2023, 18:35

«Men tanilishim kerak, derdi. Tirigi emas, o‘ligi tanildi» — Yangihayotda o‘ldirilgan 12 yoshli qiz haqida

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi 1 fevralga o‘tar kechasi o‘zi yashagan uy oldidan topilgandi. Qizni qidirish ishlarida uni o‘ldirishda gumon qilinayotgan qo‘shni yigitning o‘zi ham qatnashgan. Qizning onasi prezidentga murojaat qilib, aybdorga «eng oliy jazo» tayinlanishini so‘radi.

O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro tashuvlarni soddalashtirishga intilmoqda
3 fevral 2023, 18:09

O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro tashuvlarni soddalashtirishga intilmoqda

Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tarif va notarif to‘siqlarini bartaraf etish, bozorlarga kirishni soddalashtirish bo‘yicha kelishuv tuzish va yashil hamda ekspress yo‘laklar orqali bojsiz sxemalarini shakllantirishni qo‘llab-quvvatladi.

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
3 fevral 2023, 18:02

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu esa qo‘shimcha 2,3 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda yiliga 750 ming kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Yanvarda elektrdan 5,6 mlrd so‘mlik noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
3 fevral 2023, 17:52

Yanvarda elektrdan 5,6 mlrd so‘mlik noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Yanvar oyida O‘zbekistonda 33 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan 5,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 511 ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3 fevral 2023, 17:40

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari talaba bo‘lgan. Hodisaga isitish tizimining tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda Anhor kanali bo‘yidagi obyekt qurilishi to‘xtatildi
3 fevral 2023, 17:33

Toshkentda Anhor kanali bo‘yidagi obyekt qurilishi to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Anhor kanali bo‘yida obyekt qurilishi davom etayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Jamoatchilik bunga qarshilik bildirdi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, kompaniya bir necha ogohlantirishga qaramay jarayonni davom ettirgan. Hozirda qurilish ishlari to‘xtatildi.

Andijonda 5 yoshli qiz shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilmoqda
3 fevral 2023, 17:06

Andijonda 5 yoshli qiz shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilmoqda

Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qiz vafot etgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha birlashma shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Pokiston va Xitoy elchilari O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
3 fevral 2023, 16:20

Pokiston va Xitoy elchilari O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov missiyasini yakunlayotgan Pokiston va Xitoy elchilari bilan uchrashdi. Vazir elchilardan hamkasblariga salom yetkazishni so‘radi.

Prezident anomal sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlarga yengillik berilishini ma’lum qildi
3 fevral 2023, 14:25

Prezident anomal sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlarga yengillik berilishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev birinchi chorakda YIM pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi. Tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lash muddati uzaytiriladi, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, foiz va “penya” hisobini to‘xtatib turish va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting