Uchtepa tumanida yuk mashinasi va 7 ta yengil avtomobil to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketildi.
O‘zbekiston TIV Shimoliy Koreya tomonidan kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildirdi. Vazirlik ommaviy qirg‘in qurollarining barcha turlarini sinovdan o‘tkazishdan bosh tortish tarafdori ekanini qayd etdi.
Payshanba tongida Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lib, uning kuchi Namangan viloyatida sezildi va 2−3 ballni tashkil etdi.
Strikers, Maris va Bonti shokolat batonchiklarini ishlab chiqaruvchisi o‘zganing savdo belgisidan noqonuniy foydalanish moddasi bo‘yicha jarimaga tortildi.
Prezidentlikka Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qullagan “Milliy tiklanish” partiyasi, Toshkent xalq hordiq chiqaradigan shaharga aylantirilishini aytgan yangi poytaxt hokimi, ta’limdagi yangiliklar, Surxondaryodagi yong‘in, sun’iy intellekt texnologiyalarinin xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Yangi Toshkentni qurish uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tmoqda. Shundan 12,9 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi.
Qozog‘iston Jinoyat kodeksidan mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalarni chiqarib tashlash rejalashtirilmoqda.
Kitob tumanida 20 yoshli yigit o‘zaro tortishuv sababli 25 yoshli yigitni qasddan pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov olib borilmoqda.
1-iyundan boshlab Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Qatnovlar haftaning har payshanba kuni amalga oshiriladi.
“Milliy tiklanish” partiyasi muddatidan oldingi prezidentlik saylovida O‘zLiDeP tomonidan ko‘rsatilgan amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qulladi. “Buni davlat, xalq va partiyaning manfaatlari nuqtai nazaridan eng to‘g‘ri qaror deb hisoblayman”, — dedi partiya yetakchisi Alisher Qodirov.
Kasbi tumanidagi XIV asrga tegishli “Namozgoh” masjidi nurab borayotgani, ammo hech qanday chora ko‘rilmayotgani tanqid qilingandi. Madaniy meros agentligi o‘rganishlardan so‘ng yodgorlik 2023-yilgi restavratsiya rejasiga kiritilganini bildirdi.
OpenAI va Google DeepMind kabi texnologik kompaniyalarning bir guruh olimlari va rahbarlari o‘z texnologiyalari xavfini pandemiya hamda yadro urushiga qiyosladilar va insoniyatning “yo‘q bo‘lib ketish xavfi” haqida ogohlantirdilar.
Kogon tumanida 21 yoshli yigit futbol o‘yini paytida mahalladoshini urib o‘ldirdi. Voqeaga o‘zaro kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida xalq deputatlari mahalliy kengashi qarori bilan hokimlik, jumladan, hokim va kengash devoni xodimlarining aprel oyi uchun maoshlariga ustama sifatida 306,2 million so‘m ajratildi. Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, 40 dan ortiq xodimga ustama tayinlangan.
Bektemir tumanida Cobalt haydovchisi to‘xtab turgan “Jiguli”ga to‘qnashib, yo‘l chetidagi 3 nafar piyodani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri kasalxonada vafot etdi.
Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashib, uning salonidagi 11 yoshli qizchaning o‘limiga sababchi bo‘lgan Lacetti haydovchisi 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Romitan tumanida 58 yoshli erkak oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qilgani, bu xizmati evaziga 90 ming so‘m olgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sariosiyo tumanida mahalla raisining xonadonida janjal ko‘targan fuqaro uyiga kelgan profilaktika inspektoriga bolta bilan hujum qildi. IIB xodimi shifoxonaga yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rahbari bilan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “doimiy muloqot va tajriba almashishni rivojlantirish”, shuningdek, mutaxassislarning malakasini oshirishni muntazam tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Chery avtomobillarining rasmiy distribyutori — Rodell Golden Fish hududida Chery Tiggo 8 egalari uchun oilaviy uchrashuv tashkil etdi. Tadbir dasturidan musobaqalar, baliq ovlash va boshqalar o‘rin oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting