O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda chekish taqiqlanadi
28 dekabr 2022, 11:16

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda chekish taqiqlanadi

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda spirtli ichimliklar, tamaki va elektron sigaretalardan foydalanish taqiqlanadi. Yangi qonunga, eskisidan farqli o‘laroq, jamoat joylarining batafsil ro‘yxati kiritildi (Ro‘yxat).

Yer usti metro liniyasi faqat bir kun kech ish boshladi
28 dekabr 2022, 11:15

Yer usti metro liniyasi faqat bir kun kech ish boshladi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida poyezdlar soat 07:10 dan harakatlana boshlashi haqida xabar berilgandi. «Gazeta.uz»ning aniqlik kiritishicha, bu tartib faqat bir kun — 28 dekabr uchun joriy etilgan.

O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi
28 dekabr 2022, 11:02

O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi

Endilikda O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi. Bu haqdagi norma Qonunchilik palatasida o‘tgan yig‘ilishda qonun loyihasidan chiqarib tashlandi.

Banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga arzonladi
28 dekabr 2022, 10:08

Banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga arzonladi

Tijorat banklari 28 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 145 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 225 so‘m.

Bolalar o‘limi haqidagi ma’lumot Sog‘liqni saqlash vazirligidan yashirilgan — vazir
28 dekabr 2022, 09:03

Bolalar o‘limi haqidagi ma’lumot Sog‘liqni saqlash vazirligidan yashirilgan — vazir

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev «Dok-1 Maks» siropini qabul qilgan bolalar o‘limi haqidagi ma’lumotlar vazirlikdan yashirilganini aytdi. U 18 nafar bolaning ota-onasiga hamdardlik bildirib, uzr so‘radi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonida YTHga uchradi: 10 kishi jarohatlandi
27 dekabr 2022, 23:01

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonida YTHga uchradi: 10 kishi jarohatlandi

Jidda-Madina yo‘lida O‘zbekistondan ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus haydovchisi rulda uxlab qolib, YTH sodir etdi. 50 ziyoratchidan 10 nafari jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

27 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 dekabr 2022, 22:57

27 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«Dok-1 Maks» dorisi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan DXX,18 nafar bolani saqlab qololmagani uchun uzr so‘ragan SSV rahbari, senatorlar ma’qullagan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun, «Mahalla budjeti» tizimi, davlat xizmatchilari soni qanday kamaytirilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi DXX tomonidan qo‘zg‘atildi
27 dekabr 2022, 22:03

«Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi DXX tomonidan qo‘zg‘atildi

DXX Tergov boshqarmasi tomonidan 18 bola o‘limiga sababchi bo‘lgan «Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha Quramax medical hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Senat «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi
27 dekabr 2022, 18:08

Senat «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi

Senatorlar IIV ishlab chiqqan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi. Ular bir qator normalar boshqa qonunlarga mos kelmasligini, ba’zan zid ekanini aytdi. «Qonunning bunday shaklda qabul qilinishi jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin», — dedi Tanzila Narbayeva.

Coca-Cola`ning yangi yil karvoni bayramni yetkazib beradi: archa, bayramona salyutlar va taomlar festivali
27 dekabr 2022, 17:00

Coca-Cola`ning yangi yil karvoni bayramni yetkazib beradi: archa, bayramona salyutlar va taomlar festivali

Humo Arena`da har oqshom mehttps://www.gazeta.uz/uz/admhmonlarni ertak, Coca-Cola karvoni, bayramona salyutlar, mazali taomlar va sehrli lahzalar kutmoqda.

O‘zbekiston va Yaponiya ekologiya sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida memorandum imzoladi
27 dekabr 2022, 16:07

O‘zbekiston va Yaponiya ekologiya sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida memorandum imzoladi

TIV rahbari Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya 22−25 dekabr kunlari «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tokio shahrida bo‘ldi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida turk hamda xitoy kompaniyalari elektr uzatish tarmoqlarini quradi
27 dekabr 2022, 15:27

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida turk hamda xitoy kompaniyalari elektr uzatish tarmoqlarini quradi

Turkiyaning «ŞA-RA ENERJĪ» va Xitoyning «Xian Electric Engineering» kompaniyalari Energetika vazirligining Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida 213 kilometr va 72 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish tenderlarida g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekistonda Qatar elchixonasi ish boshlaydi
27 dekabr 2022, 15:25

O‘zbekistonda Qatar elchixonasi ish boshlaydi

O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov Qatarning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi. 2023 yildan boshlab Toshkentda Qatar elchixonasi ish boshlaydi. Uchrashuvda ikki davlat munosabatlarining siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi munosabatlari muhokama qilindi.

Senatorlar 2023 yil uchun mo‘ljallangan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
27 dekabr 2022, 15:13

Senatorlar 2023 yil uchun mo‘ljallangan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

27 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Senatning 36-yalpi majlisida yuqori palata vakillari «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi.

Toshkentda sharqona formatdagi RABAD qurilish savdo markazi ochilmoqda
27 dekabr 2022, 15:00

Toshkentda sharqona formatdagi RABAD qurilish savdo markazi ochilmoqda

Tadbirkorlar hamda qurilish, ta’mirlash va bezatish bilan bog‘liq tovarlar sotiladigan do‘konlar egalari hozirdanoq RABAD qurilish savdo markazidan tijoriy ko‘chmas mulkini sotib olishlari mumkin.

O‘zbekistonning ayrim hududlarida Yangi yil bayrami kechasi qor yog‘ishi mumkin
27 dekabr 2022, 13:01

O‘zbekistonning ayrim hududlarida Yangi yil bayrami kechasi qor yog‘ishi mumkin

«O‘zgidromet» markazi direktori Sherzod Xabibullayev Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Yangi yil bayrami kechasi qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi. Yangi yilning ilk kunida esa vodiy viloyatlarida qor yog‘adi.

Terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan fuqaro 3,5 yilga qamaldi
27 dekabr 2022, 12:38

Terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan fuqaro 3,5 yilga qamaldi

23 yoshli jizzaxlik fuqaro «Tavhid va jihod katibasi», «Turkiston islom harakati» terroristik tashkilotlar tarafdorlari ta’siriga tushib, ularning g‘oyalarini internetda ulashib kelgan. Ular orasida Konstitutsiyani xilof tarzda o‘zgartirishga da’vat etuvchi material ham aniqlandi. Fuqaro 3 yil 6 oyga qamaldi.

14 ta tumanda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi
27 dekabr 2022, 12:15

14 ta tumanda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi

1 yanvardan soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi. Aholining mol-mulk va yer solig‘ini mahallaning o‘zi undirib oladi. Mablag‘larning 10 foizi keyingi oyning 10-sanasigacha tuman budjetlari orqali tegishli jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.

Regulyator «Turkistonbank» va Hi-tech bank litsenziyalari qaytarib berilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
27 dekabr 2022, 12:08

Regulyator «Turkistonbank» va Hi-tech bank litsenziyalari qaytarib berilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Tarmoqlarda «Turkistonbank» va Hi-tech bank lizensiyalari qaytarib berilishi haqida xabarlar tarqaldi. MB bunga izoh berib, litsenziyasi chaqirib olingan Hi-tech bank ma’muriyati regulyator qarori yuzasidan sudga murojaat qilgani va ushbu murojaat protsessual tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Har bir vazirlikda qisqarish bo‘ladi». Otabek Hasanov — davlat xizmatchilari soni qanday kamaytirilishi haqida
27 dekabr 2022, 11:49

«Har bir vazirlikda qisqarish bo‘ladi». Otabek Hasanov — davlat xizmatchilari soni qanday kamaytirilishi haqida

O‘zbekistonda 61 ta davlat tashkiloti va 208 ta hokimiyatda 118 ming davlat xizmatchisi ishlaydi. Vazirlik va idoralar kamaytirilishi ortidan xodimlar soni ham qisqaradi. «Qaysi vazirlikdan qancha odam qisqartirilishi hozircha ma’lum emas. Ammo ularning soni aniq kamayadi», — dedi Otabek Hasanov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting