O‘zbekistonda yosh matematiklar uchun xalqaro olimpiada boshlandi
12 dekabr 2024, 15:00

O‘zbekistonda yosh matematiklar uchun xalqaro olimpiada boshlandi

O‘zbekistonda “Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi” (TasIMO-II) o‘tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqa yosh matematiklarga o‘z iqtidorlarini namoyon etish va xalqaro arenada tanilish uchun zo‘r imkoniyat yaratadi.

“Oxirigacha kurashaman”. Janubiy Koreya prezidenti isyon bo‘yicha ayblovlarni rad etdi
12 dekabr 2024, 14:45

“Oxirigacha kurashaman”. Janubiy Koreya prezidenti isyon bo‘yicha ayblovlarni rad etdi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etish qarori “davlat ishlarini normallashtirish” uchun to‘g‘ri va zarur bo‘lganini aytdi. U isyon ko‘tarishda ayblanish va iste’foga chiqishga da’vatlarni rad etib, oxirigacha kurashishga va’da berdi.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
12 dekabr 2024, 13:10

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. “Aholi birlamchi ehtiyojlari bo‘yicha ayrim xarajatlar o‘zgarishi va ob-havo sovushi bilan energiya narxlari erkinlashtirilishining ikkilamchi ta’sirlari yuzaga chiqishi inflyatsion kutilmalarda ham namoyon bo‘lmoqda”, — deya qayd etgan regulyator.

Yunusabad Residence 10% boshlang‘ich badal bilan premium xonadon egasi bo‘lishni taklif qilmoqda
12 dekabr 2024, 13:00

Yunusabad Residence 10% boshlang‘ich badal bilan premium xonadon egasi bo‘lishni taklif qilmoqda

Yangi yil aksiyasi doirasida Yunusabad Residence turar joy majmuasi 10 foizli minimal boshlang‘ich badal va 15 yil muddatga foydali ipoteka bilan premium kvartiralarni sotib olish imkonini beradi.

Ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etmoqda — MHTI
12 dekabr 2024, 13:00

Ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etmoqda — MHTI

MHTI tahlili natijalariga ko‘ra, noyabr oyida ham ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etdi. Jumladan, kam foydalanilgan Onix`ning o‘rtacha narxi 5,4 foizga pasaydi. Mahalliy lyuks avtomobillar va elektromobillar narxlarida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
12 dekabr 2024, 12:56

Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan ayol va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Ayol turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan sentabrda vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovskka borgan. Biroq erkak noqonuniy migratsiya sabab qo‘lga olingan.

Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi
12 dekabr 2024, 12:10

Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, TATU Qarshi filiali va TKTI Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi. Mazkur oliygohlar talabalari o‘qishini yangi OTMda davom ettiradi.

“Osuda muhitda dam olishni istagan aholi talablariga javob beradi”. Prezidentga Do‘stlik bog‘i loyihasi taqdim etildi
12 dekabr 2024, 12:05

“Osuda muhitda dam olishni istagan aholi talablariga javob beradi”. Prezidentga Do‘stlik bog‘i loyihasi taqdim etildi

Prezidentga Toshkentdagi Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Daraxtlarni ko‘paytirish, to‘siqsiz muhit yaratish, xiyobonni kengaytirish kabilar reja qilinmoqda. “Bog‘ osuda muhitda dam olishni istagan aholi talablariga to‘liq javob beradi”, — dedi loyihachi.

Teatr va sirk artistlariga malaka toifasi beriladi
12 dekabr 2024, 11:31

Teatr va sirk artistlariga malaka toifasi beriladi

Hukumat qarori bilan teatr va sirk artistlariga ham malaka toifasi berilishi belgilandi. Malaka toifasi yilda bir marta belgilanadi va badiiy kengash xulosasi asosida muassasa direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Osma ko‘prik, kuzatuv minorasi, metroga kirish — Toshkentdagi Qodiriy bog‘i uchun rejalar
12 dekabr 2024, 10:37

Osma ko‘prik, kuzatuv minorasi, metroga kirish — Toshkentdagi Qodiriy bog‘i uchun rejalar

Prezidentga Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘ini rekonstruksiya qilish konsepsiyasi taqdim etildi. Bu yerda yangi daraxtlar ekiladi, kuzatuv minorasi va osma ko‘prik quriladi, metroga kirish qismi ochiladi va uning oldida maydon, tepasida esa gastro-xoll quriladi. Konsepsiya suratlari.

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 29-dekabrdan boshlanadi
12 dekabr 2024, 10:01

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 29-dekabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 29-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. 3-chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi.

Mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasini boshqa mintaqalarda ham joriy etish taklif etilmoqda
12 dekabr 2024, 09:44

Mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasini boshqa mintaqalarda ham joriy etish taklif etilmoqda

O‘zbekiston tashabbusi bilan tuzilgan Qurolli mojaroli hududlardan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy kengash bu borada xalqaro sa’y-harakatlarni safarbar etish markazi vazifasini bajara oladi. Mazkur masala BMTning Nyu-Yorkdagi tadbirida muhokama qilindi.

Orzular albatta ushaladi: Mobiuz abonenti BYD avtomobilini yutib oldi
12 dekabr 2024, 09:00

Orzular albatta ushaladi: Mobiuz abonenti BYD avtomobilini yutib oldi

Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi ayol MobiDRIVE aksiyasi doirasida Mobiuz mobil operatoridan avtomobilni qo‘lga kiritdi.

Ilon Mask boyligi 400 mlrd dollardan oshgan birinchi odam bo‘ldi — Bloomberg talqini
11 dekabr 2024, 23:52

Ilon Mask boyligi 400 mlrd dollardan oshgan birinchi odam bo‘ldi — Bloomberg talqini

Ilon Mask, Bloomberg talqiniga ko‘ra, boyligi 400 mlrd dollardan oshgan birinchi odamga aylandi. Bunga erishishda SpaceX aksiyalarining sotilishi muhim omil bo‘ldi. Forbes esa hozircha Maskning boyligini 367,5 mlrd dollarga baholamoqda.

Toshkentdagi YTHda 18 yoshli haydovchi halok bo‘ldi
11 dekabr 2024, 23:00

Toshkentdagi YTHda 18 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida BYD va Equinox to‘qnashuvi oqibatida 18 yoshli haydovchi shifoxonada vafot etdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.

Futbol bo‘yicha JCH-2030 uch qit’ada, 2034-yilda esa Saudiya Arabistonida bo‘ladi
11 dekabr 2024, 22:34

Futbol bo‘yicha JCH-2030 uch qit’ada, 2034-yilda esa Saudiya Arabistonida bo‘ladi

Futbol bo‘yicha 2030-yilgi Jahon chempionati uch qit’ada o‘tkaziladi. Ko‘pgina o‘yinlar Ispaniya, Portugaliya va Marokashda, yana uchta o‘yin — Paragvay, Urugvay va Argentinada bo‘lib o‘tadi. 2034-yilgi o‘yinlar esa yagona nomzod Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda sut mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi
11 dekabr 2024, 21:33

O‘zbekistonda sut mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi

O‘zbekistonda sut mahsulotlariga ishlab chiqarishda tabiiy yoki quruq sutdan foydalanilganini ko‘rsatuvchi markirovka joriy etish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda uchta hududda sinov laboratoriyalari tashkil etiladi.

Qandolatchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlar muddati uzaytiriladi
11 dekabr 2024, 21:22

Qandolatchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlar muddati uzaytiriladi

Prezident qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlarni uzaytirishni ma’qulladi. Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tropik mevalar va apelsin sharbati konsentrati importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Talaba Yugur tadbirining ilk g‘oliblari taqdirlandi
11 dekabr 2024, 21:00

Talaba Yugur tadbirining ilk g‘oliblari taqdirlandi

6-dekabrda TDIU talabalari va o‘qituvchilari orasida o‘tkazilgan Talaba Yugur tadbirining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir oliygoh rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlandi.

Yunusobod bozori tomida restoranlar joylashgan uch qavatli savdo markazi va ekobozor bo‘ladi. Foto
11 dekabr 2024, 20:54

Yunusobod bozori tomida restoranlar joylashgan uch qavatli savdo markazi va ekobozor bo‘ladi. Foto

Toshkent shahridagi Yunusobod bozori o‘rnida ekobozor, savdo markazi, ofislar, yerosti avtoturargohi, tomida restoranlar va yashil hudud mavjud bo‘lgan uch qavatli majmua quriladi. Prezident bozor uzluksiz ishlashi uchun qurilishni bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting