Qirg‘iziston Jogorku Keneshi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o‘tishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Endilikda fuqarolar har ikki davlat chegarasidan pasport ko‘rsatmasdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Senatorlar “Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni ma’qulladi.
Qashqadaryoda ota o‘g‘lining nomidagi xususiy korxonaning 30 sotix yerini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Samarqand va Sirdaryoda ham fuqarolar xo‘jalik yerini noqonuniy sotayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Hozirda holatlar bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
UzAuto Motors 2023-yilning birinchi choragida 258,76 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Biroq bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43,8 foizga kam.
Tijorat banklari 4-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 400 — 11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465 — 11 515 so‘m.
Olmazor tumanida savdo qilish uchun joy talashgani aytilgan ayol ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi. U 35 foiz termik kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shahar IIBB ayol bundan avval ham o‘zini yoqishga uringani, hozirda prokuratura ishni tekshirayotganini bildirdi.
Koreya Tashqi ishlar vazirligi va Seul meriyasi Toshkent shahridagi Seul bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun salkam 500 ming dollar ajratadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kim Xi Sang poytaxt hokimi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi, jurnalist Irina Matviyenkoga qilingan tahdidlarni qoraladi. Tashkilot vaziyatni o‘rganishni so‘rab, Bosh prokuraturaga murojaat yo‘lladi.
Milliy gvardiyaga huquqbuzarlarga jarima qo‘llash huquqi berilishi, daraxtlarga shikast yetishiga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi, O‘zbek-qirg‘iz chegarasidan o‘tuvchi yashirin yerosti yo‘li, tahdid sabab O‘zbekistonni tark etgan Nemolchi.uz loyihasi muallifi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
“Xorijiy investor O‘zbekiston deganda, birinchi navbatda, barqarorlik, ishonchlilik va kelajak uchun xotirjamlikni ko‘z oldiga keltirishi lozim. Har bir germaniyalik tadbirkor mamlakatimizda o‘zini erkin va dadil his etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev Berlinda.
Xitoyda o‘tkazilgan kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 12 ta medal — 7 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Fransiyaning tashqi savdo bo‘yicha vazir-delegati Olive Besht 4−6-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Toshkentga kelishi arafasida u “Gazeta.uz”ga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlar va Fransiya-O‘zbekiston hamkorligi tufayli ikki mamlakat kompaniyalari uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Berlindagi muzokaralarda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi. Germaniya mintaqadagi o‘zaro bog‘liqlik loyihalari, jumladan, YeIning “Global darvoza” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Gyote instituti O‘zbekiston viloyatlarida ham ochilishi kutilmoqda.
Milliy gvardiyaga qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda. Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, endi ular mayda bezorilik yoki sovuq qurol olib yurishga oid ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqa oladi hamda bayonnomalar tuzadi. Shuningdek, ular ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jarima qo‘llashga haqli.
Kremlning ma’lum qilishicha, Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml qarorgohiga 2 ta dron bilan hujum qilgan, keyinchalik ular yo‘q qilingan. Rossiyada bu davlat rahbariga suiqasd sifatida baholanmoqda.
Portfeliga Inditex guruhining Zara, Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Pull & Bear, Oysho va Stradivarius kabi brendlari kiruvchi Cenomi Group O‘zbekiston bozoriga kirishi haqida e’lon qilindi. Cenomi Tashkent City Mall loyihasida taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 2022-yilgi o‘rnidan 4 pog‘ona pastlab, 137-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “qiyin” bosqichda qolmoqda. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham salbiy natijalar qayd etgan.
Hokimlarga mahalliy kengash raisi lavozimini egallashi taqiqlanmoqda. Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida bu jarayon 2024-yildan, tuman va shaharlarda esa 2026-yildan boshlanadi. Bunda vazifalar takrorlanishining oldi olinishi, hokimlar ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Chorshanba kuni tushdan keyin Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi. Uning epitsentri Afg‘onistonda bo‘lib, u yerda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etgan.
Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko unga noma’lum shaxslar o‘lim bilan tahdid qilgani sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etganini ma’lum qildi. U bu haqda huquq-tartibot idoralariga ham ariza bilan murojaat yo‘llagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting