O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan deb topildi, deya ma’ulm qildi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Soat 13:00 holatiga 12 milliondan ortiq kishi yoki ro‘yxatga olingan saylovchilarning 62,24 foizi ovoz berib bo‘lgan.
O‘zbekiston viloyatlari rahbarlari va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ishtirok etdi.
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 9 679 nafar shaxslar ovoz berishi mumkin, deya ma’lum qildi IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev. Uning bildirishicha, soat 11:00 ga qadar qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ariza yoki xabar kelib tushmagan.
O‘zbekiston va xorijdagi referendum uchastkalarida soat 11:00 ga ko‘ra 6,82 million nafardan ortiq fuqaro ovoz berdi.
“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi referendum uchastkalarida bir qator qoida buzilishi holatlarini qayd etdi. Eng ko‘p kuzatilgan holat — oila a’zolari uchun ovoz berishdir. Shuningdek, jurnalistlar kuzatuvchilarning sust ekanligiga ham e’tibor qaratgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendumda ovoz berdi.
Toshkent vaqti bilan ertalab soat 4:00 da O‘zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreyadagi vakolatxonalarida Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi referendumini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki referendum uchastkalari ochildi. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, O‘zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi. Vazirlik suvdan oqilona foydalanish zarurligini aytdi.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov so‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan mehnat muhojirlari soni to‘rt baravar oshganini aytdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu ma’lumotlarni rad etib, aksincha, ularning soni kamayganiga ishora qildi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ichki turizm bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarning yarmidan ko‘pi oilalari bilan sayohat qilishni afzal ko‘rishlarini aytdi. Asosiy muammolar qatorida yo‘llar sifati, narxlar, suv, internet va sanitariya punktlari sanaldi.
O‘zbekistonda 2023-yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, kasallikka qarshi zarur choralar ko‘rilmoqda, epidemik vaziyat barqaror, deb xabar bermoqda SES. Avvalroq JSST kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirgandi.
Shavkat Mirziyoyev 2−3-may kunlari Germaniyaga tashrif buyurib, u yerda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, mamlakat kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi.
Serra-Leone O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 143-davlat bo‘ldi.
Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahriga Ilhom Qilichxanov hokim etib tasdiqlandi. Avvalroq sobiq hokim Muzaffar Soliyev vazifasidan ozod etilgani, vazir lavozimida ishlagan vaqtidagi holat bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Uyda tayyorlangan koreyscha kim-pab rollari, ramyon, vok lapshasi, Tom Yam sho‘rvasi va boshqalar — Zira.uz turli Osiyo mamlakatlari oshxonasiga mansub mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Buxoro shahridagi avtoustaxonada 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni portladi. Oqibatda 90−95 foiz kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan 2 bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Bulung‘ur tumanida ikkita maktabning 8-sinf o‘quvchi qizlari stadionda mushtlashdi. Videoda ikki guruh qizlarning mushtlashuvi aks etgan, shuningdek yigitlarning kulgani va luqma tashlaganlari eshitilgan. Tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
26-aprel kuni Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Istanbulga uchayotgan samolyoti bortida o‘g‘il bola dunyoga keldi. Styuardessalar “Gazeta.uz”ga tug‘ruq qanday ro‘y berganini so‘zlab berishdi. “Samolyotda bitta katta oiladek edik — 246 qarindosh va hamma kutardi: kimdir nabirasini, kimdir jiyanini, ukasini”.
Toshkentni $250 mlrdga sotishga e’lon bergan maktab o‘quvchisi, referendumda oldinroq ovoz bergan 611 ming fuqaro, “Mening yo‘lim” loyihasi takliflariga ovoz berish boshlangani, ajrashishlar ko‘paygani uchun o‘zgartirish taklif qilingan Yunusoboddagi mahalla nomi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, ta’lim orqali jaholatga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting