Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda
11 dekabr 2024, 12:42

Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Senatga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi.

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi
11 dekabr 2024, 12:33

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Hukumat qarori bilan Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Qo‘mita o‘z yo‘nalishi doirasida JSTga a’zo davlatlar bilan hamkorlik qiladi.

O‘zbekistonda yoqilg‘i va energoresurslar narxlarining ko‘tarilishi bo‘yicha inflyatsion kutilmalar oshdi
11 dekabr 2024, 12:22

O‘zbekistonda yoqilg‘i va energoresurslar narxlarining ko‘tarilishi bo‘yicha inflyatsion kutilmalar oshdi

O‘zbekiston aholisining yoqilg‘i, energoresurslar va kommunal xizmatlar narxlari oshishi bo‘yicha kutilmalari keskin oshdi. Biznes ham ularning narxi oshishini prognoz qilmoqda, biroq tadbirkorlar kelajakda narxlar oshishining asosiy omili sifatida valyuta kursidagi o‘zgarishlarni ko‘rmoqda.

Toshkentda 25-dekabrdan 10-yanvargacha Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadi — manzillar
11 dekabr 2024, 11:26

Toshkentda 25-dekabrdan 10-yanvargacha Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadi — manzillar

Yangi yil munosabati bilan poytaxtda 25-dekabrdan 10-yanvargacha bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida o‘rnatiladi. Yana 14 ta hududda ham archalar qo‘yiladi. Ro‘yxat va manzil.

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsxonada o‘z joniga qasd qilishga urindi
11 dekabr 2024, 11:08

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsxonada o‘z joniga qasd qilishga urindi

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon Seuldagi o‘zi ushlab turilgan hibsxona hammomida joniga qasd qilishga urindi, hozirda uning sog‘lig‘i barqaror holatda. Avvalroq u harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq barcha hodisalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Lenovo hamkorlarga keng qamrovli yechimlarni sotishda qanday yordam beradi
11 dekabr 2024, 11:00

Lenovo hamkorlarga keng qamrovli yechimlarni sotishda qanday yordam beradi

Lenovo kompaniyasi hamkorlarga mahsulotlarni sotishdan murakkab IT-yechimlarni yaratishga o‘tishda qanday yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi.

“Yangi yil sovg‘asi”. “Ko‘prikqurilish” kompaniyasi rahbari Xo‘jakentda temiryo‘l ko‘prigi qurilishi haqida
11 dekabr 2024, 10:02

“Yangi yil sovg‘asi”. “Ko‘prikqurilish” kompaniyasi rahbari Xo‘jakentda temiryo‘l ko‘prigi qurilishi haqida

Yil oxirigacha “Xo‘jakent” vokzalidan “Chinor” bekatigacha bo‘lgan temiryo‘l loyihasi doirasida 390 metr uzunlikdagi temiryo‘l ko‘prigi qurilishini yakunlash reja qilingan, deya ma’lum qildi “Ko‘prikqurilish” kompaniyasi rahbari Zafar Maxamatov. Prezident bu ishni yil oxirigacha tugatish bo‘yicha topshiriq bergan.

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etmoqda
11 dekabr 2024, 09:52

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

MHTI mutaxassislari 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o‘rtacha ijara narxlarini tahlil qildi. Mazkur davrda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar narxlari oktabr oyiga nisbatan biroz pasaydi.

Rossiya Dumasi “Tolibon”ga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi
11 dekabr 2024, 09:11

Rossiya Dumasi “Tolibon”ga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Rossiya Davlat dumasi “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkonini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Avvalroq hukumat mazkur qonun loyihasiga ijobiy sharh tayyorlagandi.

AQSh Ukrainaga 20 mlrd dollarlik kredit ajratdi
11 dekabr 2024, 08:37

AQSh Ukrainaga 20 mlrd dollarlik kredit ajratdi

AQSh Ukrainaga 20 mlrd dollarlik kredit ajratdi, bu Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan qoplanadi. Mablag‘ G7 mamlakatlari tomonidan kelishilgan 50 mlrd dollarlik kreditning bir qismidir. AQSh moliya vazirining aytishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash AQSh milliy manfaatlari uchun ham muhim.

Jizzaxda qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotishga uringanlar ushlandi
10 dekabr 2024, 22:31

Jizzaxda qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotishga uringanlar ushlandi

Farg‘onada yashovchi 3 nafar shaxs Jizzaxda qariyb 1 mlrd so‘m miqdoridagi qalbaki pullar bilan ushlandi. Ular soxta kupyuralarni purkagichli printer yordamida chop etgan va 27 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“O‘zbekiston energoresurslarning sof eksportyoridan sof importyoriga aylanib qoldi” — energetika vaziri
10 dekabr 2024, 22:16

“O‘zbekiston energoresurslarning sof eksportyoridan sof importyoriga aylanib qoldi” — energetika vaziri

O‘zbekiston energiya resurslarining sof eksportyoridan sof importyoriga aylanib qoldi, dedi energetika vaziri. “Shu nuqtai nazardan uzoq muddatli istiqbolda biz atom energiyasini energobalansning zarur qismi sifatida ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi u.

O‘zbekiston yoshlari Germaniya tajribasi asosida kasbga o‘qitiladi va ishga joylashtiriladi
10 dekabr 2024, 21:34

O‘zbekiston yoshlari Germaniya tajribasi asosida kasbga o‘qitiladi va ishga joylashtiriladi

O‘zbekistonda Germaniya tajribasi asosida yoshlarni kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Texnikumlar negizida amalga oshiriladigan Ausbildung dual ta’lim dasturi namuna sifatida olindi, dedi oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov.

O‘zbekiston ichki bozorda 300 ming tonnagacha misni qayta ishlash niyatida
10 dekabr 2024, 20:53

O‘zbekiston ichki bozorda 300 ming tonnagacha misni qayta ishlash niyatida

O‘zbekiston ichki bozorda yiliga 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Xususan, Ohangaron mis klasterida OKMK misi asosida yarimo‘tkazgichlar va mikroelektron qismlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

“Undan foydalanmaslik xiyonat hisoblanadi”. Energetika vaziri — O‘zbekistondagi GESlar salohiyati haqida
10 dekabr 2024, 20:37

“Undan foydalanmaslik xiyonat hisoblanadi”. Energetika vaziri — O‘zbekistondagi GESlar salohiyati haqida

O‘zbekistonda 2000 ta kichik GES qurish uchun istiqbolli joylar aniqlandi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov gidroenergetika salohiyatidan foydalanmaslikni xiyonat deb hisoblashini aytdi. Prezidentning ta’kidlashicha, Ugam daryosida kichik GES qurilishini tashkil qilganida, “hech kim ishonmagan”.

UzAuto Motors 11-dekabrda Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi
10 dekabr 2024, 20:04 4

UzAuto Motors 11-dekabrda Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi

UzAuto Motors 11-dekabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi vaqtida amalga oshirilmagan hajmlarni qayta kontraktatsiyaga qo‘yadi.

Talabalarga poyezd chiptalari uchun ham 50 foizlik chegirma berildi
10 dekabr 2024, 19:59

Talabalarga poyezd chiptalari uchun ham 50 foizlik chegirma berildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalarga 23-dekabr-10-yanvar oralig‘idagi mahalliy qatnovlar chiptalari uchun 50 foizlik chegirma e’lon qildi. SV/VIP klassdagi vagonlar va “Afrosiyob” elektropoyezdlari bundan mustasno. Avvalroq UzAirways ham talabalarga chegirma taqdim etgandi.

Suriya muvaqqat hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi
10 dekabr 2024, 19:15

Suriya muvaqqat hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi

Suriyaning o‘tish davri hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi. U 2025-yil 1-martgacha bosh vazir vazifasini bajaradi. U avval Suriya muxolifati tomonidan tuzilgan muqobil Najot hukumatini boshqargan.

Rossiya Davlat dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan bolalarini maktabga olishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi
10 dekabr 2024, 18:42

Rossiya Davlat dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan bolalarini maktabga olishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya Davlat dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjat uzil-kesil tasdiqlansa, chet elliklarning farzandlari o‘qishga qabul qilinishi uchun test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlari kerak bo‘ladi.

2025-yilda Toshkent viloyatidagi kambag‘allik darajasini 7,2 foizdan 4 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda
10 dekabr 2024, 17:43

2025-yilda Toshkent viloyatidagi kambag‘allik darajasini 7,2 foizdan 4 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

Prezident kelasi yilda Toshkent viloyatida 700 ming odamning bandligini ta’minlash, 22 ming oilani daromadli qilib, kambag‘allik darajasini hozirgi 7,2 foizdan 4 foizga kamaytirish, shuningdek, mehnat migrantlarini qaytarib, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting