Hozirda bezovtalik va depressiya kabi ruhiy kasalliklar keng tarqalgan. JSST Markaziy Osiyo davlatlarini ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun oilaviy shifokorlar darajasida ruhiy salomatlik xizmatini joriy etishga taklif qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” tashkilot vakili bilan suhbatlashdi.
Shuhrat G‘aniyev Turkmaniston VM raisi o‘rinbosari bilan Turkmanistonda joylashgan O‘zbekiston suv xo‘jaligi obyektlarida ishlovchilar uchun “vaxta” rejimini bekor qilish, 2 ta chegara posti faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birga boshqarishni avtomatlashtirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Shayxontohur tumanidagi maktabning 5 nafar o‘quvchi qizi uy yerto‘lasida bir qizni kaltakladi. Holatga izoh bergan Toshkent shahri maktab ta’limi boshqarmasi ichki ishlar xodimlari tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotganini bildirdi.
Denov tumanida ayol ko‘chaga o‘ynagani chiqqan qizini undan berkinib olgani uchun tayoqcha bilan kaltakladi. Qiz tuman markaziy kasalxonasida davolanmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilyapti.
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik va shunga da’vat qilish BHMning 1 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Silk Avia ikki kun ichida 250 ga yaqin chiptani sotishga ulgurdi. Seshanba kuni u ilk tijoriy reysini amalga oshirdi. Toshkentdagi taqdimotda hududlar o‘rtasidagi qatnovni tiklashi aytilayotgan havo kompaniyasini jamoat transporti bilan taqqoslashdi — “o‘tirding va ketding”. “Gazeta.uz” sinov parvozida bo‘ldi.
Tijorat banklari 26-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 345 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 460 so‘m.
Toshkentda o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston prezidenti Rossiya sanoat va savdo vaziri hamda Chexiya bosh vazirini qabul qildi. Tovar ayirboshlash, sanoyat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, Chexiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhokama etildi.
Bo‘stonliq tumanida ikki fuqaro kvadrotsiklda jarlikka tushib ketdi. Voqeaga ehtiyotsizlik tufayli boshqaruvni yo‘qotish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hozirda ular shifokorlar nazoratida.
Yerusti metrosining yangi 5 ta bekati ochilgani, harorat +37 darajagacha ko‘tarilishi, daraxtlarga ozor bermaslikka chaqirgan ekobloger, Buxoroda quriladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi, O‘zbekistonda Renault mashinalarini yana qayta ishlab chiqarish rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Xitoyning Fransiyadagi elchisining Sobiq Ittifoq davlatlari suverenitetiga shubha bilan qaragan bayonoti diplomatik mojaroga sabab bo‘ldi. Qator Yevropa davlatlari bunga munosabat bildirdi, Xitoy esa SSSR tarkibidan chiqqan barcha davlatlar mustaqilligini hurmat qilishiga ishontirishga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazpromneft” bilan 2023-yilda 300 ming tonna neft importi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Sherobod tumanida erkak shar’iy nikohdagi ayolini mast holida farzandining ko‘z o‘ngida kaltaklab, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Unga 16 yil qamoq jazosi berildi. Erkak avval ham qasddan og‘ir jinoyatlar sodir etgani sababli xavfli retsidivist deb topildi.
“AvtoVAZ” prezidenti Maksim Sokolov kompaniya yangi avlod Lada Vesta avtomobillarini yig‘ishni tiklash va O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish rejalarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Fransiyaning Renault rusumli avtomobillarini O‘zbekistonda yig‘ish Rossiya va boshqa davlatlardan yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli to‘xtatildi, dedi O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustambayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda “uzilgan ta’minot zanjirlarini tiklash” muhokama qilinmoqda.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi davlat tashkilotlari va biznes subyektlari uchun sanksiyalar bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bundan sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish maqsad qilingan.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari va sobiq bosh vazir Karim Masimov davlatga xiyonat va hokimiyatni majburan tortib olishda aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Prezident qarori bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Markaz ishlab chiqqan va tasdiqlagan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga qo‘yiladigan talablar bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari hamda o‘quv kurslari uchun majburiy bo‘ladi.
Yerusti halqa metro yo‘lining “Qo‘yliq” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 5 ta yangi stansiyada yo‘lovchi tashuvlari boshlandi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat ko‘tarilishi davom etadi. Havo kunduzi +33 darajagacha, cho‘l hududlarda va janubda +37 darajagacha isiydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting