Termiz shahrining sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari hibsga olindi
20 oktabr 2022, 19:52

Termiz shahrining sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari hibsga olindi

Huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar o‘rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni hibsga oldi. Ular «Yashil dunyo» savdo majmuasi qurilishi davomida 14,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi
20 oktabr 2022, 19:26

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida, jumladan, Ashxobodda «Toshkent» bog‘ini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish bo‘yicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.

Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqdi
20 oktabr 2022, 18:13

Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqdi

Saylanganiga 45 kun bo‘lgan Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Liz Trass Konservatorlar partiyasi deputatlari noroziligi sabab iste’foga chiqishi haqida e’lon qildi.

SES xizmatiga tegishli Lacetti xaydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol buzgani uchun jarimaga tortildi
20 oktabr 2022, 18:02

SES xizmatiga tegishli Lacetti xaydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol buzgani uchun jarimaga tortildi

Payshanba kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga tegishli Lacetti avtomashinasi yo‘lda mashinalarga halaqit berib, huquqbuzarlik sodir etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. IIBB YHXB surishtiruv olib borib, mashina xaydovchisiga 3 mln so‘m jarima qo‘lladi.

«O‘zbekgidroenergo» tadbirkorlarni GES qurishga taklif etmoqda
20 oktabr 2022, 17:00

«O‘zbekgidroenergo» tadbirkorlarni GES qurishga taklif etmoqda

«O‘zbekgidroenergo» AJ mikro va kichik GESlar qurishni taklif qilmoqda, tadbirkorlar o‘z ehtiyoji va sotish maqsadida elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

PMTI ekspertlari «qo‘ng‘iroq huquqi»ning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi
20 oktabr 2022, 16:46

PMTI ekspertlari «qo‘ng‘iroq huquqi»ning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi

«Qo‘ng‘iroq huquqi» yoki uning nepotizm ko‘rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, deydi PMTI mutaxassislari. Favoritizm va qarindosh-urug‘chilik esa samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda «aqlning» mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.

Jahonda silni davolash samaradorligi 85 foizga, O‘zbekistonda esa 91 foizga yetdi — SSV
20 oktabr 2022, 16:44

Jahonda silni davolash samaradorligi 85 foizga, O‘zbekistonda esa 91 foizga yetdi — SSV

Jahon miqyosida dorilarga moslashuvchan sil bilan kasallangan bemorlarning davolash samaradorligi 85 foiz, O‘zbekistonda esa 91 foizga teng. SSVning ma’lum qilishicha, mamlakatda xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish 2 marotaba, xastalik tufayli o‘lim holatlari 6 marotabaga kamaydi.

AQSh O‘zbekistonga 141 ming dollarlik 2 ta portativ rentgen uskunalarini taqdim qildi
20 oktabr 2022, 16:27

AQSh O‘zbekistonga 141 ming dollarlik 2 ta portativ rentgen uskunalarini taqdim qildi

USAID O‘zbekistonga ikkita portativ rentgen apparati sovg‘a qildi. Ular silga qarshi skrining xizmatlari bilan Toshkent viloyatining chekka hududlari aholisini qamrab olish imkonini beradi. Bunday qurilmalarni boshqa hududlarga ham yetkazish rejalashtirilgan.

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaydi
20 oktabr 2022, 15:54

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaydi

Оktabr oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Yalpi xalqaro zaxiralar xajmi yil boshidan beri 1,64 mlrd dollarga yoki 4,7 foizga kamayishni qayd etdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzoladi
20 oktabr 2022, 14:40

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzoladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Ikki mamlakat vazirlari harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta'lim sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi.

Jizzaxda teplovoz yuk avtomobili bilan to‘qnashdi
20 oktabr 2022, 12:19

Jizzaxda teplovoz yuk avtomobili bilan to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida yuk avtomobili va teplovoz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.

Yunusoboddagi do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
20 oktabr 2022, 11:52

Yunusoboddagi do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan do‘konlardan biri yonib ketdi. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.

Qibrayda 90 gektar yerni $30 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
20 oktabr 2022, 11:47

Qibrayda 90 gektar yerni $30 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Qibray tumanida 90 gektar yerni $30 ming evaziga, Buxoroda esa 8 sotix yerni $7500 evaziga sotishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

20 oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi
20 oktabr 2022, 11:30

20 oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi

Markaziy bank 20 oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 148,99 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari 1 dollarni 11 200 — 11 215 so‘mda taklif qilmoqda.

Toshkentda hali ishlab chiqarilmagan Onix mashinasini va’da qilgan lizing kompaniyasi aniqlandi
20 oktabr 2022, 11:11

Toshkentda hali ishlab chiqarilmagan Onix mashinasini va’da qilgan lizing kompaniyasi aniqlandi

Toshkentda Start cars lizing kompaniyasi direktori va menejeri qo‘lga olindi. Ular mijozlariga O‘zbekistonda hali ishlab chiqarilmagan Chevrolet Onix mashinasini 2023 yilning yanvarigacha yetkazib berishni va’da qilgan.

Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
20 oktabr 2022, 11:04

Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Endi axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etgan shaxslar BHMning 300−400 baravarigacha jarima to‘lash yoki 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlar esa BHMning 20−30 baravarigacha jarima to‘laydi.

O‘zbekistonda 9 oyda 216 mingta avtomobil ishlab chiqarildi, ularning har uchinchisi Cobalt
20 oktabr 2022, 10:53

O‘zbekistonda 9 oyda 216 mingta avtomobil ishlab chiqarildi, ularning har uchinchisi Cobalt

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda jami 216 380 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu davrda eng ko‘p Cobalt (69 816 dona), Gentra (64 074 dona) hamda Damas (52 673 dona) yig‘ilgan.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning to‘rtdan bir qismini tashkil qiladigan muhim soha — Shavkat Mirziyoyev
20 oktabr 2022, 09:30

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning to‘rtdan bir qismini tashkil qiladigan muhim soha — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev agrar soha, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish va fermerlarning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. «Buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi, qancha ish o‘rinlari yotibdi», — dedi prezident.

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 oktabr 2022, 22:02

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanishi, «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladigan Marg‘ilon, 1800 dan ortiq kadrni ishga qabul qilgan UzAuto Motors, Samarqanddagi YTHda haydovchi va yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Termiz xalqaro aeroporti 2 oyga yopiladi
19 oktabr 2022, 21:05

Termiz xalqaro aeroporti 2 oyga yopiladi

Yangi aerodrom majmuasining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani munosabati bilan Termiz xalqaro aeroporti 1 noyabrdan 25 dekabrga qadar yopiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting