Toshkent shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida jamoat joylarida fuqarolardan 567 ta pichok, bir qancha bolta, kastet va bitalar topildi. Sovuq qurollar o‘quv dargohlaridagi o‘smirlarda borligi ham aniqlandi.
AQSH davlat kotibi lavozimiga Senat 58 yoshli Entoni Blinken nomzodini tasdiqladi. Uning nomzodini Senatning 78 nafar a’zosi tasdiqladi
2020 yilda «tez yordam» xizmatlariga 11,5 milliondan ko‘proq murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 million marotaba ko‘proq. Eng ko‘p chaqiriqlar Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan.
Qonunchilik palatasi 30 iyulni Xalqlar do‘stligi kuni sifatida belgilaydigan qonunni qabul qildi. 2011 yilda BMT ushbu canani Xalqaro do‘stlik kuni deb e’lon qilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Yig‘ilishda ilk bor rasmiy statistikada hisobga olinmagan yoshlar orasidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish haqidagi moddaga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ta’limda tilni erkin tanlash huquqlarini buzish, davlat tilini mensimaslik uchun jarima miqdori oshiriladi.
DXX, Antikorrupsiya agentligi va DBQ tomonidan Toshkent viloyatidagi «Yallama» postida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish evaziga pul undirib kelgan guruh qo‘lga olindi.
25 yanvar kuni marhum olim Andrey Kubatinning nohaq qamalgani va uning oila a’zolariga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash yuzasidan Uchtepa tumanlararo sudida sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ma’naviy zarar undirish bo‘yicha da’voni marhumning opasi Klara Saxarova kiritgan. Javobgar sifatida Toshkent shahar Moliya boshqarmasi sudga jalb etilgan va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirish so‘ralgan.
Qashqadaryoda haydovchi hujjatlari yo‘qligi sababli YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘zaro janjalni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, mashina davlat raqamisiz bo‘lgani ma’lum qilingan. Fuqaroga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechishi rejalashtirilmoqda. Qoidabuzarliklarni faqat patrul avtomobillari orqali aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Andijon tumanidagi sanoat hududida 30 sotix yerni tadbirkorga 15 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi. Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oylik axloq tuzatish jazosi tayinlangan.
Rossiya perezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jozef Bayden o‘rtasida birinchi marta telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari «Ochiq osmon» shartnomasi, Ukrainaning ichki kelishuvi va pandemiya davridagi hamkorlik masalalariga to‘xtalishdi.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 mln 248 mingdan oshdi. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida bo‘lib turibdi.
Bosh prokuratura elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda. Eng yuqori jazo chorasi — 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilangan.
Hukumatning Qonunchilik palatasiga taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, 2020-yilgi Davlat dasturining 284 ta bandidan 206 tasi to‘liq bajarilgan. 20 tasining muddati uzaytirilgan va 58 ta bandning ijrosi hanuz davom etmoqda.
Prezident barcha darajadagi rahbarlarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganishga oid topshiriq berdi. Yig‘ilishda vertikal tizim yo‘lga qo‘yilishi, unga 20 mingdan ortiq xodim jalb etilishi va masalani joyida hal etish bo‘yicha ularga barcha vakolatlar berilishi aytildi.
Italiya bosh vazirining iste’fosi, AQSH tarixida ilk bor ayol kishining Moliya vazirligi rahbari etib tayinlangani, Floridaning bu yilgi Olimpiadani o‘tkazishni taklif qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Navoiy viloyatida ko‘p qavatli uy qurilishiga jalb etilgan ko‘tarma kran qulab tushdi, natijada kran boshqaruvchisi jahorat oldi. U hozir shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda. Ko‘p qavatli turar-joyni qurayotgan kompaniyaga oid ma’lumotlar qurilish tashkilotlari reytingida mavjud emas.
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi. Tezyurar poyezd Turkiston — Chimkent — Toshkent yo‘nalishida harakat qiladi.
2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting