25−26 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Harorat kechasi 0…−5 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Yanvar oyida o‘zbekistonliklar orasida ko‘chmas mulk sotib olishga talab dekabrga nisbatan 19,7 foizga oshdi. Shu bilan birga, ikkilamchi bozorda uy-joy narxi bir yilda 20,2 foizga ko‘tarildi.
Yanvar oyida O‘zbekistonga Germaniya, Litva, Fransiya, Singapur va Buyuk Britaniyadan 13 ta samolyot olib kelindi. Ularning narxi 633,1 mln dollarni tashkil etdi.
Prezident raqamlashtirishni jadallashtirish uchun hududlarda Raqamli tashqi reklama portali ishga tushishini ma’lum qildi. Tashqi reklamadan tushgan pulning 20 foizi viloyatlarning o‘zida sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Bandlik vaziri Behzod Musayevning ta’kidlashicha, mamlakatda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz. 2022 yilda qashshoqlik darajasi 17 foizdan 14,1 foizga tushgan, 2023 yilda bu ko‘rsatkichni 12 foizgacha kamaytirish kutilmoqda. Iqtisodchi hamda bloger esa vazirning bayonotiga ishonchsizlik bildirdi.
Qashqadaryo prokurori Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ushbu lavozimda 2017−2018 yillarda ham ishlagan.
Farg‘ona hayvonot bog‘ida Qozog‘istondan keltirilgan Maksim laqabli jirafa nobud bo‘ldi. U anomal sovuq kunlarda shamollab qolgan. Bunday sovuq sababli boshqa mayda jonzotlar, xususan, qushlar ham nobud bo‘lgan.
Tijorat banklari 23 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 315 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.
Qozog‘iston boshqa davlatlarda vabo tarqalishi munosabati bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi. So‘nggi 10 yil davomida mamlakatda bu kasallikka chalinish kuzatilmagan.
Prezident qarori bilan Shavkat Rahmonov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U shu paytga qadar Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Payshanba kuni ertalab soat 5:40 atrofida O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida 3−4 balli zilzila sezildi. Uning epitsentri Tojikistonda. Toshkent aholisining so‘zlariga ko‘ra, zilzila sabab silkinishlar uzoq davom etgan.
Turkiyada zilzilalardan keyin 340 dan ortiq kishining hibsga olingani, AQShda dam olish kunlari 10 ta ommaviy otishma bo‘lgani, Moskva markazidagi yong‘inda yetti kishining halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yanvarda $1,2 mlrdga eksport qilingan oltin, raqamlashtirishdagi kamchiliklar haqida gapirgan prezident, bahor oxirigacha ochiladigan respublika bolalar kutubxonasi, yanvarda yengil mashinaga talab yana ortgani, talabalarni toifalashtirishga ularning munosabati va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekistonda yangi avtomobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berishning elektron tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Prezident hali ko‘plab sohalar raqamlashtirilmaganini tanqid qildi. Masalan, odamlar «086-shakl» olish uchun har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda begonalarga sigaret chekmaslik haqida tushuncha bermoqchi bo‘lgan shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, ushbu shaxs sud tomonidan BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Yanvarda O‘zbekistonning tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga oshib, 5 mlrd dollarga yetdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltindan iborat bo‘lib, 1,18 mlrd dollarga qimmatbaho metall sotilgan. To‘qimachilik mahsulotlari, gaz va o‘g‘it yetkazib berish hajmi kamaygan.
Yanvar oyida O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq tufayli ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 foizga qisqardi. Gaz qazib olish 2022 yilning yanvariga nisbatan 7,5 foizga, gaz kondensati — 9,1 foizga, ko‘mir — 13,8 foizga, elektr energiyasi ishlab chiqarish — 2 foizga kamaydi.
Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini tanqid qildi. Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliyada 32 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmaganini ta’kidladi.
Yakkasaroy tumanida qurilishda ishlovchi 30 dan ortiq fuqaro mushtlashdi. Sud ularning 28 nafariga 10 va 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Zangiota tumanida korxona rahbari qishloq oilaviy poliklinikalarini ta’mirlashda, hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 392,9 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergov harakatlari boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting