Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ham subsidiya beriladi
25 fevral 2023, 12:33

Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ham subsidiya beriladi

1 martdan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi. Shuningdek, xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashadi.

Suriyadagi terroristik tashkilot binosini qo‘riqlagan namanganlik yigit 9 yilga qamaldi
25 fevral 2023, 12:16 1

Suriyadagi terroristik tashkilot binosini qo‘riqlagan namanganlik yigit 9 yilga qamaldi

Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti joylashgan hududni qo‘riqlash bilan shug‘ullangan 24 yoshli namanganlik yigit O‘zbekistonga olib kelindi. Unga nisbatan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Nima tayyorlaymiz: Quymoqlar
25 fevral 2023, 10:50

Nima tayyorlaymiz: Quymoqlar

Pishloq va ko‘katli, kefirdan tayyorlangan quymoqlar, Vengriyacha go‘shtli quymoq, nachinkali, shokoladli quymoqlar, cmetanali krem surilgan quymoqli tort va boshqalar — Zira.uz shirin va oson tayyorlanadigan quymoqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Foto: Qoraqalpog‘istonda uylar va ekin maydonlarini suv bosdi
25 fevral 2023, 10:49

Foto: Qoraqalpog‘istonda uylar va ekin maydonlarini suv bosdi

To‘rtko‘l tumanida 8 ta uy va 2,5 gektar ekin maydonini suv bosdi. Buning oqibatida uy devorlari qulab tushgan. Hodisaga suv sathi ko‘tarilgach, kanal yoqasidagi kemiruvchilar uyasi orqali o‘pqon olib, chiqib ketgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.

Turkiyaga qutqaruv ishlari uchun ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari qaytib keldi
25 fevral 2023, 09:55

Turkiyaga qutqaruv ishlari uchun ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari qaytib keldi

Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan O‘zbekiston FVV xodimlari shanba kuni Toshkentga qaytib keldi. Ular 2 haftadan ko‘proq vaqt davomida vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadni olib chiqdi.

Qashqadaryodagi metan «zapravka»da Nexia-3 portladi
25 fevral 2023, 09:03

Qashqadaryodagi metan «zapravka»da Nexia-3 portladi

Qarshi shahridagi gaz qo‘yish shoxobchasida Nexia-3 portlab ketdi. Oqibatda avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlanib, yaroqsiz holga kelgan.

Shoir Oshiq Erkin vafot etdi
25 fevral 2023, 08:43

Shoir Oshiq Erkin vafot etdi

Shoir, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi. U “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Toshkentda o‘nlab o‘smirlar strimer Aslamboi ozod etilishini talab qilib, yurishga chiqdi
24 fevral 2023, 22:25

Toshkentda o‘nlab o‘smirlar strimer Aslamboi ozod etilishini talab qilib, yurishga chiqdi

Mashhur PUBG strimeri Aslamboi Magic City`da muxlislari bilan uchrashuvda qo‘lga olindi. Shundan so‘ng o‘nlab o‘smirlar uning ozod etilishini talab qilib, yurishga chiqishdi. Strimerga «yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzganlik» uchun bayonnoma tuzildi.

24 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 fevral 2023, 22:00

24 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qashqadaryoga borgan prezident: uning kursantlar bilan qilgan tushligi, so‘z erkinligi haqidagi gaplari, Jizzaxda bo‘lgan zilzila, yo‘lkira haqi oshishi, 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketgani, daromad solig‘i to‘lamaydigan paxta-g‘alla ekuvchi fermerlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Hamma aytadi: OAVni yopib qo‘y, deb. Yo‘q, yopmayman» — prezident so‘z erkinligi haqida
24 fevral 2023, 21:30

«Hamma aytadi: OAVni yopib qo‘y, deb. Yo‘q, yopmayman» — prezident so‘z erkinligi haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshida faollar bilan suhbatda OAV, so‘z erkinligi haqida to‘xtaldi. U ko‘pchilik OAVni yopib qo‘yishni aytishini ma’lum qildi. «Yo‘q, yopmayman. Yana oldingiday prokuror, SNB (MXX) tekshiruvchi bo‘laversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki bo‘ldimi?» — deya so‘radi u.

Shavkat Mirziyoyev kursantlar bilan tushlik chog‘ida Putin va Bayden nutqlarini tilga oldi
24 fevral 2023, 20:43

Shavkat Mirziyoyev kursantlar bilan tushlik chog‘ida Putin va Bayden nutqlarini tilga oldi

O‘zbekiston prezidenti Qarshidagi harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlikda Rossiya va AQSh prezidentlari nutqlarini tilga oldi. «Har bir davlat o‘z suvereniteti, o‘z xalqi manfaatlari haqida o‘ylashi uchun kuchli mudofaa bo‘lishi kerak. Shunda davlat o‘zini hurmat qilishga majbur qiladi», — dedi u.

Moskvada to‘rt oylik ish haqini ololmagan o‘zbek va tojik migrantlari norozilik harakati uyushtirdi
24 fevral 2023, 20:10

Moskvada to‘rt oylik ish haqini ololmagan o‘zbek va tojik migrantlari norozilik harakati uyushtirdi

Moskvada noyabrdan buyon ish haqini ololmayotgan mingdan ziyod o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar norozilik harakati uyushtirdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jarohatlangan va hibsga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.

Rossiyaning tajovuzkor revizionizmi Markaziy Osiyo davlatlariga ham ta’sir qiluvchi global tahdiddir — Jozep Borrel
24 fevral 2023, 19:18

Rossiyaning tajovuzkor revizionizmi Markaziy Osiyo davlatlariga ham ta’sir qiluvchi global tahdiddir — Jozep Borrel

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiyaning tajovuzkor revizionizmi va beqarorlashtiruvchi harakatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham ta’sir qiluvchi global tahdid ekanini aytdi. Unga ko‘ra, Rossiya istilosi Yevropa va Markaziy Osiyo uchun haddan tashqari qaramlikdan qochish zarurligini ta’kidladi.

Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasi yo‘qotishlari 15 ming kishidan oshgani ta’kidlanmoqda
24 fevral 2023, 18:29

Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasi yo‘qotishlari 15 ming kishidan oshgani ta’kidlanmoqda

Jurnalistlar va ko‘ngillilar jamoasi 1 yil davomida Ukraina yerlarida Rossiya armiyasining 15 136 nafar vakili halok bo‘lganini aniqladi. Bu Sovet ittifoqi Afg‘on urushida yo‘qotganlar soni — 15 051 dan ko‘proqdir.

Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 2000 so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda
24 fevral 2023, 18:03

Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 2000 so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda

1 apreldan poytaxt jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, bir martalik to‘lov naqd pulda 2000 so‘m, elektron to‘lovda 1800 so‘m, ATTO orqali 1600 so‘m bo‘lishi mumkin. Bir soat ichida avtobusdan avtobusga o‘tish arzonlashadi, keyingi o‘tishlar esa bepul bo‘ladi.

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi
24 fevral 2023, 17:31

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi

Nurafshon shahrida «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligiga 300 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro 1 yilu 7 oyga, Qibray tumanida «Qilichli ota» ziyoratgohini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘ning 263 mln so‘mini talon-toroj qilgan shaxs esa 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Qonunchilikka hokim xalq deputatlari Kengashining raisi bo‘lmasligi haqida norma kiritilishi mumkin
24 fevral 2023, 17:26

Qonunchilikka hokim xalq deputatlari Kengashining raisi bo‘lmasligi haqida norma kiritilishi mumkin

Qonunchilik palatasidagi qo‘shma yig‘ilishda qonun bilan «hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas» degan norma o‘rnatilayotgani ma’lum qilindi.

MB muqobil energiya uchun kredit bo‘yicha riskni vaqtincha nollashtirishni taklif qilmoqda
24 fevral 2023, 17:16

MB muqobil energiya uchun kredit bo‘yicha riskni vaqtincha nollashtirishni taklif qilmoqda

O‘zbekistonda muqobil energiya obyektlarini ishga tushirish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 1 dekabrgacha nollashtirilishi mumkin. Shunday qaror qabul qilinsa, muammoli kreditlar bo‘yicha 2 xonali raqamlarga duch kelish ehtimoli bor, — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Jizzaxda 2−3 ballik zilzila qayd etildi
24 fevral 2023, 16:28

Jizzaxda 2−3 ballik zilzila qayd etildi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Baxmal tumanlarida sezildi.

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi
24 fevral 2023, 15:53

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi, muassasa oshxonasida ular bilan birga tushlik qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting