Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 24 fevraldan boshlab 92/91 va 94/93-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘lovchi poyezdlarining Namangan shahri orqali harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident qarori bilan Umid Madaminov va Ahadbek Haydarov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Shuningdek, Bahrom Sharipov Ipakchilik qo‘mitasiga, Ibrohim Ergashev O‘simliklar karantini agentligiga, Husniddin Karimov Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligiga rahbar bo‘ldi.
O‘zbekiston Suriyaning zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi.
O‘zbekistonlik FVV xodimlari qutqaruv ishlarini olib borayotgan Turkiyaning Hatay viloyatida yangi zilzilalar qayd etildi. Vazirlik matbuot kotibining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, mutaxassislarga zarar yetmagan. Vayrongarchilik joylarida ishlar davom etmoqda.
Telegram orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani gumon qilingan 3 nafar shaxs ushlandi. Ularning yetakchisi boshqalarni kaltaklash uchun 300−500 dollarga yollagan 17 kishi ham hibsga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi ayrim iste’molchilar vaqtincha tabiiy gazdan uzildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan.
Qonliko‘l tumanida 5 qavatli uyning zinapoyasi qurilganidan 4 kun o‘tib qulab tushdi. Voqea sabab jabrlanganlar yo‘q. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga Ulug‘bek Egamov rahbar bo‘ldi. Agentlikning avvalgi direktori Sardor Kariyev «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropi voqealari ortidan ishdan olingandi.
Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi oldidan bo‘lib o‘tgan biznes forumda 1,6 mlrd dollarlik 20 dan ziyod bitim va shartnoma yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Misr kompaniyasi O‘zbekistonda 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurmoqchi ekani bildirildi.
Tijorat banklari 21 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 265 — 11 320 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.
Turkiya janubidagi Hatay viloyatida 6,4 va 5,8 magnitudali yangi zilzilalar qayd etildi. Bu hudud 6 fevraldagi silkinishlardan katta talafotlar ko‘rgan. Aynan shu yerda O‘zbekiston qutqaruvchilari ish olib bormoqda.
13 apreldan boshlab O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent — Tokio yo‘nalishidagi parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.
21−28 fevral kunlari 7 ta viloyatning ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shuningdek, O‘zgidromet 24−26 fevral kunlari Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Turkiya va Suriya hududida ikki marta kuchli zilzila sodir bo‘lgani, Shimoliy Koreyaning qit’alararo ballistik raketani uchirgani, Qozog‘istonda poyezd va mikroavtobus to‘qnashuvida uch kishining halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Jarimaga tortilgan Abror Muxtor Aliy, poytaxtda ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish rejasi, Qoraqalpog‘iston va Xorazm aholisiga tarqatilayotgan Turkmaniston yuborgan bepul gaz, «Novza» metro bekatida savdo shoxobchalari tiklanishi, iliq ob-havo prognozi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Prezident O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosarlarini, shuningdek, vazirlik huzuridagi idoralar rahbarlarini tayinladi.
Prezident Ilhom Norqulov, Erkin Rustamov, Adiz Boboyev, Anvar Karimov, Dilshod Sultanov va Gulnora Raximovani O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosar etib tayinladi. Omonullo Nasritdinxodjayev, Odilbek Isoqov va yana bir qancha rahbarlar moliya vaziri o‘rinbosarlari lavozimlarini tark etishdi.
2022-yilda O‘zbekistonda oyligidan soliq to‘layotganlar soni 215 mingga oshib, 5 mln kishiga yetdi. Ularning aksariyati hali ham 1−2 mln so‘m maosh oladi, biroq ularning ulushi pasayishda davom etmoqda. Shu bilan birga, 4−5,5 mln so‘m va undan ortiq maoshga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni keskin oshgan.
Energetika vazirligi Jizzax va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoyning ikki kompaniyasi bilan hamkorlik haqida kelishuv imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting