Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi
13 sentabr 2022, 10:41

Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar etib saylandi. Shu paytga qadar o‘rinbosar bo‘lgan Murat Kallibekovich Kamalov lavozimidan ozod etildi.

Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi
13 sentabr 2022, 10:29

Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi

XTV topshirig‘i bilan oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi. Buning uchun oliy malaka toifasini saqlab kelgan pedagog 15 yillik uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Tijorat banklari mijozlarga 13 sentabr uchun arzonlashgan dollar kursini e’lon qildi
13 sentabr 2022, 10:27

Tijorat banklari mijozlarga 13 sentabr uchun arzonlashgan dollar kursini e’lon qildi

Markaziy bank dollar kursini so‘mga nisbatan qiymatini pastlagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangilangan narxlarda taklif qildi.

Hushini yo‘qotishi oqibatida daraxtga urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi
13 sentabr 2022, 09:15

Hushini yo‘qotishi oqibatida daraxtga urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi

Ohangaron shossesida sog‘ligi yomonlashgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi daraxtga urildi. U voqea joyida vafot etdi.

Toshkentda 5 ming daraxt kesilish xavfi ostida — deputat
13 sentabr 2022, 08:16 1

Toshkentda 5 ming daraxt kesilish xavfi ostida — deputat

Deputat Rasul Kusherbayev tadbirkorlarga ajratilgan hududlardagi devorlar bilan o‘ralgan 5 mingta daraxt kesilish xavfi ostida ekanini ma’lum qildi. U moratoriyga rioya etilmayotgani bois hokimlarning bunday yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risida qarorlarini bekor qilishga chaqirdi.

Ukraina Rossiya kuchlari aprel oyidan beri egallaganidan ko‘ra ko‘proq hududni qaytarib oldi — ISW
13 sentabr 2022, 00:09

Ukraina Rossiya kuchlari aprel oyidan beri egallaganidan ko‘ra ko‘proq hududni qaytarib oldi — ISW

Ukraina qo‘shinlari qarshi hujum boshlanganidan beri Rossiya bosib olgan 70 km gacha ichkaridagi pozitsiyalarga siljishga muvaffaq bo‘ldi va rus qo‘shinlari aprel oyidan beri egallagan 3000 kv kmdan ko‘proq maydonni qaytarib oldi, deyiladi ISW hisobotida. Urush 2023 yilgacha davom etishi mumkinligi aytilmoqda.

12 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 sentabr 2022, 22:00

12 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jahonda «global ishonch inqirozi» haqidagi prezident maqolasi, SHHT sammitida imzolanadigan hujjatlar, poyezd tagida qolib ketgan 4 yoshli qiz, Samarqandga $300 mln kredit ajratadigan BAA, Toshkentga kirish yopilmagani, «Bunyodkor» stadionida bo‘lmagan drenaj tizimi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kuni dayjesti.

Farg‘onada uyida ukol olgan qizaloq vafot etdi
12 sentabr 2022, 19:36

Farg‘onada uyida ukol olgan qizaloq vafot etdi

Uchko‘prik tumanida sobiq hamshira uy sharoitida ehtiyot choralarsiz ukol qilishi oqibatida qizaloq vafot etdi. Ukol qizda allergik reaksiyani yuzaga keltirgan va nafas yo‘llarini berkitgan. Hamshiraga bir qator sabablar tufayli 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

16 yoshli bola bir kunda 2 ta avtomobilni olib qochdi
12 sentabr 2022, 18:23

16 yoshli bola bir kunda 2 ta avtomobilni olib qochdi

Chust tumanida voyaga yetmagan bola Jiguli va Matiz avtomobillarini olib qochdi. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Unga nisbatan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Namanganda Equinox uchta mashina bilan to‘qnashdi
12 sentabr 2022, 17:28

Namanganda Equinox uchta mashina bilan to‘qnashdi

Namanganda Equinox, Lacetti, Nexia va VAZ-2106 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hududga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
12 sentabr 2022, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,81 so‘mga arzonlab, 10 950,29 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.

BAA Samarqand shahridagi infratuzilmalarni yaxshilash uchun qariyb $300 mln kredit ajratadi
12 sentabr 2022, 16:24

BAA Samarqand shahridagi infratuzilmalarni yaxshilash uchun qariyb $300 mln kredit ajratadi

Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $300 mlnga yaqin kredit ajratadi. Mablag‘lar yillik 2,5% stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga beriladi.

IIV Toshkentga kirish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
12 sentabr 2022, 15:57

IIV Toshkentga kirish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

IIV Toshkent va boshqa viloyatlarga kirish va chiqish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa YPX xodimlari SHHT sammiti doirasida faqatgina Samarqandga kirish yopilishi tufayli aylanma yo‘llarni tushuntirayotgani aks etgan.

«Bunyodkor» stadionida drenaj tizimi shu vaqtgacha umuman ishlamagan — Diyor Imomxo‘jayev
12 sentabr 2022, 15:23

«Bunyodkor» stadionida drenaj tizimi shu vaqtgacha umuman ishlamagan — Diyor Imomxo‘jayev

O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev «Bunyodkor» stadionidagi yashil maydonda drenaj tizimi shu vaqtgacha umuman ishlamaganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, suv qumda qolib, maysani chiritib borgan. Endi tizim qayta ishlab chiqiladi va uning usti standart bo‘yicha qoplab boriladi, deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Szinpin, Raisiy hamda Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi
12 sentabr 2022, 15:01

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Szinpin, Raisiy hamda Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi

O‘zbekiston prezidenti shu hafta SHHT sammiti doirasida Samarqandda XXR raisi Si Szinpin, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ular o‘zaro hamkorlikdan tashqari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

SHHT sammitida 30 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda — Sherzod Asadov
12 sentabr 2022, 14:35

SHHT sammitida 30 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda — Sherzod Asadov

Shu hafta Samarqandda o‘tadigan SHHT sammitida 30 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Ular qatoridan Eronni tashkilotga kiritish uchun majburiyatlari, SHHTning kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha hamkorlari a’zoligini kengaytirishga oid hujjatlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston prezidenti Buyuk Britaniya qirolini taxtga o‘tirgani bilan tabrikladi
12 sentabr 2022, 13:37

O‘zbekiston prezidenti Buyuk Britaniya qirolini taxtga o‘tirgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya qiroli Charlz III`ga taxtga o‘tirgani munosabati bilan tabrik yo‘llab, do‘st Birlashgan Qirollik xalqiga tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tiladi.

Elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi
12 sentabr 2022, 13:06

Elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi. Tizim yiliga 32 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobilni quvvatlash imkonini beradi.

O‘zbekistonda aholiga dehqonchilik uchun yerlar 30 yilga ijaraga beriladi
12 sentabr 2022, 12:08

O‘zbekistonda aholiga dehqonchilik uchun yerlar 30 yilga ijaraga beriladi

Prezident qarori bilan aholiga dehqonchilik uchun ekin maydonlari 30 yilga ijaraga beriladi. Ijaraga berish ochiq elektron tanlov orqali o‘tkaziladi. Unda bir nafar talabgor ishtirok etsa ham, tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.

Hafta davomida havo iliq va quruq bo‘ladi
12 sentabr 2022, 11:57

Hafta davomida havo iliq va quruq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo iliq va quruq bo‘ladi. 13 sentabr kunidan sovuq havo respublika hududidan chekinishi boshlaydi va havo +28…+30 gacha isiydi. Respublikaning tog‘li hududlarida esa biroz yomg‘ir yog‘adi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting