BBC 2024-yilgi dunyoning eng ruhlantiruvchi va katta ta’sirga ega 100 ayoli ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Nobel sovrindori, zo‘ravonlikka qarshi faol, aktrisa, olimpiyachilar va denovlik tikuvchi, tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva ham bor.
Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan o‘zbekistonlik erkaklarning yana bir necha nafari Toshkentga qaytib keldi. Ularning ba’zilari Abu-Dabi aeroportida boshdan kechirganlari haqida “Gazeta.uz”ga aytib berdi. Huquqlari poymol bo‘lgan fuqarolar ushbu holat yuzasidan BAA elchixonasiga shikoyat qilmoqchi.
Tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondidagi, yuridik shaxslar yotoqxonalaridagi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi pasaytirildi.
Navoiy shahrida Yandex Go taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi. Safarlarning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi.
Tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistondagi aksar korxonalar JST talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi. “Katta bir zarar yoki qo‘rqinchli hodisa yuz beradi deb o‘ylamayman”, dedi u.
Deputat Alisher Qodirov maktab darsliklarining ijara to‘lovini joriy etish masalasini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi. U, shuningdek, o‘qituvchilarning maoshlarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi: “Yaxshi o‘qituvchilar ko‘proq, yomon ishlayotganlar esa kamroq oladigan raqobatli tizim yarataylik”, — dedi u.
Toshkentda elektr energiyasi behuda sarflanishiga qarshi reydlar amalga oshirilmoqda. Prokurorlar tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzib, ularni jarima va elektr tarmog‘idan uzish ehtimolidan ogohlantirmoqda.
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ikki nafar fuqaro tegishli ruxsatnoma va hujjatlari bo‘lmay turib maktab va bog‘chalarda jami 900 ga yaqin bolaga Qizil kitobga kiritilgan bo‘g‘ma ilon tomoshasi o‘tkazgani aniqlandi. Ilon olib qo‘yildi, tekshiruv harakatlari boshlandi.
3-dekabrdan Toshkent — Xo‘jakent — Toshkent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ish boshlaydi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” qatnov jadvali va narxlari haqida ma’lumot berdi.
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi. Bu haqdagi bitim COP16 konferensiyasi doirasida imzolandi. Hujjat fevral oyida ochilgan ofis faoliyati uchun huquqiy asos hisoblanadi hamda davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.
Prezidentga metallurgiya korxonalari, jumladan, OKMK, NKMK, metallurgiya kombinatining transformatsiya dasturlari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yilda sohaga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilib, kaolin va ko‘mir ishlab chiqarishni oshirish rejalashtirilmoqda. NKMK yana 500 mln dollarlik yevrobondlar chiqaradi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Abu-Dabi aeroportida o‘zbekistonlik erkak fuqarolarning ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi.
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonning ikki sobiq davlat xizmatchisi va mehribonlik uyi sobiq rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanksiyalar kiritdi. Gap “Xorazm ishi” bo‘yicha Urganchdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmoqda.
O‘zbekiston MOQ mamlakat pandemiyadan keyingi davrda cheklovlar va uzilishlar tufayli yoshlar Osiyo o‘yinlarini bir yilga surishni so‘raganini ma’lum qildi. Osiyo olimpiya kengashi bunga rozi bo‘lmagan va o‘yinlarni o‘tkazish huquqini Bahraynga bergan.
Noyabrda inflyatsiya darajasi 0,93% — 2011-yildan buyon ushbu oydagi eng past ko‘rsatkichni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya 10% gacha sekinlashdi. Oy davomida go‘sht narxi 0,3−1,2% oshdi, tuxum — 3,3%, yog‘ — 2,5%, kartoshka -10,1%, pomidor — 72%. Propan narxi 11,1%, benzinniki 4,7% qimmatladi.
Gruziyada 5 kundan beri hukumatning YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar qurib, mushak otmoqda. Bunda jami 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.
Oktabr oyida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi. U vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartibi va ikki bosqichli davlat xaridlari tushunchalari kiritilmoqda. Endi bir nechta davlat buyurtmachilari bir xil turdagi tovarlarni markazlashtirilgan organ orqali xarid qilishi mumkin.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi.
Osiyo Olimpiya kengashi 2025-yili O‘zbekistonda o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, sport inshootlari tayyor emasligi sabab, bekor qilinganini e’lon qildi. Mazkur turnir uchun O‘zbekiston 289 mln dollar qiymatidagi Olimpiya shaharchasini qurayotgan edi. Musobaqa endi Bahraynda o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting