Artel va Klimasan hamkorligi: sovitkichlar ishlab chiqarish sanoatida yangi davrning boshlanishi
5 dekabr 2024, 17:00

Artel va Klimasan hamkorligi: sovitkichlar ishlab chiqarish sanoatida yangi davrning boshlanishi

Turkiyaning Klimasan kompaniyasi Artel bilan strategik kelishuv imzoladi. Hamkorlik doirasida sovitkichlarning uchta yangi modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Odil Temirov yana «O‘zkimyosanoat» rahbari etib tayinlandi
5 dekabr 2024, 16:43

Odil Temirov yana «O‘zkimyosanoat» rahbari etib tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» AJ rahbari etib tayinlandi.

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?
5 dekabr 2024, 16:19

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?

Dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident farmoni va Mehnat kodeksiga muvofiq 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.

Janubiy Koreyada prezidentga nisbatan tergov boshlandi
5 dekabr 2024, 16:12

Janubiy Koreyada prezidentga nisbatan tergov boshlandi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol, sobiq mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri harbiy holat e’lon qilganlikda ayblanmoqda, politsiya surishtiruv boshladi. Avvalroq muxolifat va faollar huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgandi.

Prezident: Tinch atom — hozirgi sharoitda muhim muqobil yechim
5 dekabr 2024, 16:05

Prezident: Tinch atom — hozirgi sharoitda muhim muqobil yechim

Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi sharoitda atom energiyasini tinchlik maqsadlarida foydalanish hayot sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim muqobil yechim hisoblanadi, deya ta’kidladi.

UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqni takomillashtirishni davom ettirmoqda
5 dekabr 2024, 15:00

UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqni takomillashtirishni davom ettirmoqda

Kompaniya mobil aloqa sifatini yaxshilash va uzluksiz ma’lumot uzatishni ta’minlash imkonini beradigan ikkita muhim loyihani amalga oshirdi.

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi
5 dekabr 2024, 14:56

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari qaytadan belgilandi. Hujjat bilan respublika komissiyasining yangilangan tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkiblari ham tasdiqlandi.

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
5 dekabr 2024, 14:45

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari taklifi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

Ukraina «tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda» — WSJ
5 dekabr 2024, 13:49

Ukraina «tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda» — WSJ

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Donald Tramp jamoasi vakillari bilan uchrashdi. «Ukraina tinchlikka tayyorligini ma’lum qilmoqchi, ammo bu uzoq muddatli va barqaror tinchlik bo‘lishi kerak», — deb yozmoqda WSJ.

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi
5 dekabr 2024, 12:47

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi.

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi
5 dekabr 2024, 11:27

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi

Binance birjasida bitkoin kursi 100 ming dollardan ko‘tarildi. Ekspertlar kriptovalyutalarga himoya aktivi sifatida qiziqish ortganini qayd etdi. Bitkoin kursi Tramp g‘alabasidan beri sezilarli ko‘tarilib bormoqda.

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi
5 dekabr 2024, 11:24

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonning «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati Fransiya «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot 10-dekabr kuni Fransiya bosh vaziri tomonidan jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.

Talabalar va texnikum, litsey o‘quvchilari 25-dekabrdan 7-yanvargacha dam oladi
5 dekabr 2024, 11:16

Talabalar va texnikum, litsey o‘quvchilari 25-dekabrdan 7-yanvargacha dam oladi

OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.

Mobiuz abonentlar uchun bayramona takliflarni taqdim etdi
5 dekabr 2024, 11:00

Mobiuz abonentlar uchun bayramona takliflarni taqdim etdi

Mobiuz aksiyalar va maxsus takliflarni yo‘lga qo‘ydi, shuningdek, Qashqadaryo viloyatida yangilangan ofisini ochdi.

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
5 dekabr 2024, 10:34

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar

O‘zbekiston deputatlari 3 o‘qishda vazirlik va idoralarning 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m yoki 775,8 mln dollarga oshirishni ma’qulladi. Ular hujjatni muhokama qilmadi, savollar va qarshi ovoz bermadi. Jarayon atigi 9 daqiqa davom etdi. Hech kim xarajatlarni oshirish zarurligini asoslab bermadi.

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri ilk bor hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi
5 dekabr 2024, 10:12

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri ilk bor hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri birinchi marta hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi. Shu tariqa, bosh vazir Mishel Barne hukumati tashkil etilganidan uch oy o‘tib quladi. Votumga Barnening kelasi yil byudjetini parlament bilan kelishmasdan tasdiqlash qarori sabab bo‘ldi.

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi
5 dekabr 2024, 10:11

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi

5-dekabr, payshanba kuni tongda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hududda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

“Biz o‘zimizni KXShTdan tashqarida deb hisoblaymiz” — Armaniston bosh vaziri
5 dekabr 2024, 00:25

“Biz o‘zimizni KXShTdan tashqarida deb hisoblaymiz” — Armaniston bosh vaziri

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat o‘zini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan tashqarida deb hisoblashi va bu masalada ortga qaytmas nuqta bosib o‘tilganini ta’kidladi. Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar fonida Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatgan va uni moliyalashtirishni to‘xtatgan.

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
4 dekabr 2024, 23:34

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatidagi ishini to‘xtatdi
4 dekabr 2024, 23:20

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatidagi ishini to‘xtatdi

Yaqinda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylangan Alisher Usmonov o‘z ixtiyori bilan vakolatlarini to‘xtatdi. Tadbirkorning vakili u bunday qarorni federatsiya manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting