O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Toshkent viloyatida «Ohangaron» va «Maydontol» poligonlaridan chiqadigan gazni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi boshlandi. Chiqindi gazlaridan elektr toki ishlab chiqarish loyihasi Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev va Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Toshkent shahri kengashi Abdumavlon Qosimovning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U kengash kotibiyati rahbari sifatida ishlagan hamda faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar ishini nazorat qilgan.
«O‘zkimyosanoat» kompaniyasi Angrendagi «Birinchi rezinotexnika zavodi» davlat ulushini Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasiga 80 mln dollarga sotganini ma’lum qildi. Aktivning kam qiymatda ekani xaridor tomonidan qoplanadigan 153 mln dollarlik kredit majburiyatlari hamda mavjud qarzdorlik bilan izohlandi.
Parkent shahridan «Mashinasozlar» metro bekatigacha ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lkira narxi 6000 so‘m bo‘lib, qatnov davomida avtobus faqat Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.
2022 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 75 078 nafar shaxsga nisbatan 58,6 mingdan ortiq jinoyat ishi ko‘rib chiqdi. Shundan, 56,5 ming nafari sudlangan, 1010 nafari oqlangan va reabilitatsiya qilingan. Asosan firibgarlik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘rib chiqilgan.
Qoraqalpog‘istonning “Borsakelmes” qo‘riqxonasida “Qizil kitob"ga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiyani imzoladi. Qolaversa, davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari almashildi.
Xo‘jayli tumanida 25 yanvar kuni soliq inspeksiyasi oshxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi.
20 yanvar kuni Fido-Biznes kompaniyasi 30 yilligini nishonladi. Kompaniyaning asoschisi hammasi nimadan boshlangani, loyihaning ahamiyati va dijital-trendlar haqida gapirib berdi.
Human.uz sayti nashr direktori Xurshid Daliyev va bosh muharrir Muslim Mirzajonov «organ xodimlari» tomonidan hibsga olingani ma’lum qildi. Shuningdek, ushbu OAV ofisiga bostirib kirilgani va tintuv o‘tkazilgani haqida xabar qilindi.
Toshkent shahar Kengashi poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Bishkekdagi uchrashuvda o‘zbek-qirg‘iz chegarasi delimitatsiyasi yakunlanganini tarixiy voqea deb atadi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida siyosiy qarama-qarshilik hamda muammoli masalalar yo‘qligi ta’kidlandi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi. Harorat kechalari −3…−12 daraja, kunduzi +2…+10 darajagacha bo‘ladi.
«Agrobank»ga CERT International xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari taqdim etildi.
«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan 981 million 994 ming so‘mni ehson tariqasida taqdim etdi.
Poytaxtda 2022 yilda 1200 ta YTH sodir bo‘lgan. Unda 136 kishi, jumladan, 17 nafar voyaga yetmaganlar vafot etgan. O‘tgan yilda YTHlar soni 2021 yilga ko‘ra (1073) ko‘paygan.
Sovuq havo haroratida yetarli sharoitga ega emasligi uchun Tashkent Index`dagi talabalar ayrim OTMlar tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilmoqda. Oliy ta’lim vazirligi ushbu jarayon noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirib, hech kim majburan chiqarib yuborilmasligini ma’lum qildi.
Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 30 yoshli erkak ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirib ketgani gumon qilinayotgandi. Aniqlanishicha, erkak ayoldan kreditni to‘lash uchun pul so‘ragan. Rad javobdan jahli chiqib, ularni pichoqlab qo‘ygan. Hozirda gumonlanuvchi ushlangan, holat tergov ostida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting