Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt hokimligidan ketganidan so‘ng unga daxlsizlik huquqini beruvchi kengash deputati va senatorlik lavozimlarini saqlab qolmoqda. Xususan, u Senat va Kengashning roziligisiz javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
O‘zbekistonda tezlik 60 km/soatgacha pasaytirilgan ko‘chalar, mahkumlarni almashishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston-Qozog‘iston, qirg‘izistonlik siam egizaklarini operatsiyada ajratib olgan o‘zbek shifokorlar, «hozir hech kimga qiziq bo‘lmay qolgan» kovid statistikasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
DXX giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi ko‘p bosqichli tezkor tadbir o‘tkazdi. Jarayonda Navoiy va Samarqand viloyatlarida Tojikistondan kirib kelgan 5 kilogrammga yaqin gashish va opiy moddalari aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
«O‘ztransgaz» ba’zi «zapravka»lar mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotganini rad etdi. Unga ko‘ra, kunning ma’lum qismida 1 soatdan 3 soatgacha davlat tashkilotlari avtomobillariga xizmat ko‘rsatilmoqda. Harorat ko‘tarilgach, barcha shoxobchalar odatdagi ish tartibiga qaytadi.
Qozog‘istonda deputatlar O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Bosh prokuror o‘rinbosari 225 nafar o‘zbekistonlik mahkum jazoni vatanida o‘tash istagini bildirganini aytdi. «O‘zbekistonda 20 nafar sudlangan fuqarolarimiz bor, ular ham qaytishga qarshi emas, deb o‘ylaymiz», dedi u.
Neonatal xirurgiya markazi shifokorlari tanasining qorin qismi birlashgan qirg‘izistonlik siam egizaklarini jarrohlik yo‘li bilan ajratib oldi. Bolalarning ahvoli stabil deya baholanmoqda. Yaqinda ular uyiga ruxsat berilishi mumkin. SSV rahbari ushbu operatsiyada qatnashgan shifokorlarni taqdirladi.
17 yanvar kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoni bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. Ushbu cheklov qaysi ko‘chalarda amal qilish haqida ma’lumot.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi Toshkentning Kichik halqa yo‘li ichidagi hududlarda transportlarning harakat tezligini 70 kmdan 60 kmgacha pasaytirishga oid qarorni qabul qildi.
«Eshitish akademiyasi» eshitish qobiliyatini yo‘qotish qanday namoyon bo‘lishini va eshitish vositalari muhimligi haqida so‘zlab berdi hamda maxsus taklifni e’lon qildi.
Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar va «Gazprom» rahbari Aleksey Miller Qozog‘istonga Rossiya gazini yetkazib berish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi.
O‘zbekistonda kovid statistikasi e’lon qilinmayotganiga bir oydan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanish holatlari keskin kamaygani uchun axborot berish to‘xtatilganini bildirdi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kuniga 15−20 ta kasallanish holati qayd etilmoqda.
Olmaota viloyati Yesik shahrida novvoyxona portlab, yong‘in yuz berdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi.
Tomdi tumanida qurilayotgan, quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi uchun Xitoyning Lanjou shahridan maxsus transport vositalari orqali turbina va generatorlar olib kelinmoqda. Loyiha yil yakunida ishga tushirilishi va Markaziy Osiyodagi eng yirik SHES bo‘lishi kutilmoqda.
Turkish Airlines aviakompaniyasining Bishkek-Istanbul yo‘nalishidagi samolyoti noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Hozirda uning belgilangan manzilga parvozini amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Poytaxtning Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik 19 yanvardan qisman noma’lum muddatgacha yopildi. Bu vaqtda hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
O‘zbekistonda Singapur kompaniyasi hamkorligida umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochiladi. Unda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Tijorat banklari 19 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 265 — 11 315 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 345 so‘m.
O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qatnovlar 13 yanvardan to‘xtatilgan edi.
O‘zbekistonda yana bir xususiy aviakompaniya — Centrum Air loukasterining ilk ikki samolyoti — Airbus A320−232 Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi.
Vetnam prezidentining iste’fosi, Finlyandiyaning YeIda birinchi bo‘lib uran qazib olishni boshlashi, Microsoft 10 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatmoqchiligi, dunyodagi eng keksa ayolning vafoti va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting