Nima tayyorlaymiz: gulkaramdan taomlar
14 may 2022, 10:40

Nima tayyorlaymiz: gulkaramdan taomlar

Qovurilgan gulkaram, gaz pechi hamda pishloqli klyarda pishirilgan gulkaram, tovuq go‘shti bilan tayyorlangan kotletlar, gulkaramli krem sho‘rva — Zira.uz gulkaramdan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Kelinini o‘ldirgan qaynona hibsga olindi
14 may 2022, 10:06

Kelinini o‘ldirgan qaynona hibsga olindi

Toshkent viloyatida janjal oqibatida qaynona kelinini pichoqlab qo‘ydi, u kasalxonada vafot etdi. Kelinning uch nafar farzandi bor edi.

O‘zbekcha Vikipediyaning faol muharrirlariga 50 mln so‘mgacha pul beriladi
13 may 2022, 18:18

O‘zbekcha Vikipediyaning faol muharrirlariga 50 mln so‘mgacha pul beriladi

O‘zbekistonda internetda o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirishga qaratilgan WikiStipendiya marafoniga start berildi. O‘zbekcha Vikipediyaning eng faol muharrirlari 50 mln so‘mgacha bir martalik stipendiyani qo‘lga kiritishi mumkin. Aprel oyida Vikipediyaning o‘zbekcha sahifalari 14,6 mlndan ortiq marotaba ko‘rilgan.

Farg‘ona viloyatining eksport salohiyatini $1 mlrdga yetkazish mumkin — prezident
13 may 2022, 18:02

Farg‘ona viloyatining eksport salohiyatini $1 mlrdga yetkazish mumkin — prezident

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona faollari bilan suhbatda endi ish boshlagan paytlari viloyatning eksport salohiyatini 50 mln dollarga yetkazish mo‘ljallangani, o‘tgan yili esa bu miqdor 801 mln dollarga yetganini aytdi. «Hozir 1 mlrd dollar eksport to‘g‘risida gaplashyapmiz», — dedi u. Shuningdek, prezident tadbirkorlarga sharoit yaratib, «ularni siylasak, ular xalqni siylaydi», deya ta’kidladi.

Yana bir hokim yordamchisi $300 olayotganda qo‘lga tushdi
13 may 2022, 17:30

Yana bir hokim yordamchisi $300 olayotganda qo‘lga tushdi

Qashqadaryoning G‘uzor tumanida hokim yordamchisi 300 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U mahalliy fuqaroga viloyat tez tibbiy yordam markaziga feldsher bo‘lib ishlashga kiritishni va’da qilganligi aytilmoqda. Tuman hokimiyati «hokim yordamchisi avvalgi ish joyidagi imkoniyati tufayli pora olgani, hozirgi lavozimi unga bunday vakolatlar bermasligini» ta’kidladi.

«Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish». Huquqshunos «tonirovka» haqida
13 may 2022, 17:26

«Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish». Huquqshunos «tonirovka» haqida

Huquqshunos Kamoliddin Bahavadinov «tonirovka»ga qo‘yilgan talab mantiqsizlikdan boshqa narsa emasligi va unga qo‘yilgan narx «kosmik» darajada qimmatligini tanqid qildi. «Odam yozda o‘zini biroz qulay his qilishi uchun 6 oylik oyligini yemay, ichmay berishi shaxsan men uchun mantiqsizlik. Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish», — dedi u. Qolaversa, mashina orqa yon oynasiga parda taqishga ruxsat borligi va «tonirovka» mumkin emasligini hech kim tushuntirib bera olmasligini aytdi.

Andijonda sobiq hokim yordamchisi osilgan holda topilgani aytilmoqda
13 may 2022, 17:24

Andijonda sobiq hokim yordamchisi osilgan holda topilgani aytilmoqda

Marhamat tumani hokimining «Polvontosh» mahallasi bo‘yicha sobiq yordamchisi, 38 yoshli fuqaro o‘z xonadonidagi molxonada osilgan holda topildi. Unga nisbatan tazyiq, haqorat va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etilmagani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand yo‘lidagi YTHda 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi
13 may 2022, 17:19

Samarqand yo‘lidagi YTHda 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda Nexia avtomobili beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilgan. Mashinada yong‘in chiqib, 4 nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda
13 may 2022, 16:58

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

Dushanbe shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
13 may 2022, 15:47

Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi vaziyatga e’tibori susayib borayotganini ta’kidladi, garchi «u yerdagi vaziyat og‘ir iqtisodiy inqiroz va qiyin gumanitar vaziyat keskinligicha qolib, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar saqlanib qolmoqda». U iyul oyida Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qildi.

BAA prezidenti 73 yoshida vafot etdi
13 may 2022, 15:45

BAA prezidenti 73 yoshida vafot etdi

Juma kuni BAA prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon 73 yoshida vafot etdi. Amirlikda 40 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Eng ko‘p daromad oladigan sportchilar ro‘yxati e’lon qilindi
13 may 2022, 15:28

Eng ko‘p daromad oladigan sportchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilar ro‘yxatida Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. U o‘tgan 12 oy ichida umumiy hisobda 990 mln dollardan ko‘proq daromad olgan atletlar o‘ntalagida eng daromadli (130 mln dollar) sportchi bo‘lib turibdi. Messidan keyin Lebron Jeyms (121,2 mln dollar) va Krishtianu Ronaldu (115 mln dollar) joy olgan.

BMT Inson huquqlari kengashi RFning Ukrainadagi taxminiy jinoyatlarini tergov qilish uchun ovoz berdi
13 may 2022, 15:01

BMT Inson huquqlari kengashi RFning Ukrainadagi taxminiy jinoyatlarini tergov qilish uchun ovoz berdi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Rossiya tomonidan Ukrainada inson huquqlari buzilgani haqidagi taxminlarni tekshirish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. 33 ta mamlakat tergov uchun ovoz berdi, Xitoy va Eritriya qarshi chiqdi, 12 mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet «Kiyevning shimolidagi hududlarida suddan tashqari qotilliklar ko‘lami dahshatli» ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Qozog‘istonga maxsus ishchi guruh yuborildi
13 may 2022, 13:43

O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Qozog‘istonga maxsus ishchi guruh yuborildi

Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus va traktor ishtirokidagi avariyada jabrlangan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish va hodisa sabablarini o‘rganish uchun qo‘shni davlatga maxsus ishchi guruhni yubordi. Unga favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov boshchilik qilmoqda.

Dam olish kunlari havo bulutli bo‘ladi va yomg‘ir yog‘adi
13 may 2022, 13:27

Dam olish kunlari havo bulutli bo‘ladi va yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, harorat +20 darajagacha pasayadi. Yakshanba kuni esa harorat +28 darajagacha ko‘tarilib, havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda.

Ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelgan — prezident
13 may 2022, 12:40

Ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelgan — prezident

Prezident ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelganini aytdi. Unga ko‘ra, yer munosabatlarida hokimlarning vakolati tugatilganiga qaramay, yer uchastkalarini noqonuniy sotish holatlari hamon uchrab turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati hokimligi xodimi yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun hokim Xayrulla Bozorovning imzosini qalbakilashtirgan.

108 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilgani aniqlandi
13 may 2022, 11:39

108 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilgani aniqlandi

Bosh prokuratura O‘zbekistondagi 108 ta madaniy meros obyektida 146 ta noqonuniy qurilma o‘rnatilganini aniqladi. 76 ta noqonuniy qurilmani buzdirish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi, 63 tasi bo‘yicha ish sudga oshirildi. Qolaversa, 26 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Davlat maktablariga alohida fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi
13 may 2022, 11:28

Davlat maktablariga alohida fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi

Prezident 2026 yilgacha maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqladi. Davlat maktablariga o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish va alohida fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi. Qolaversa, Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning tarkibidagi tashkilotlar XTVga tasarrufiga o‘tkazildi.

Spirtli ichimliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi transchegaraviy reklamasi dunyoda alkogol muammosini yanada kuchaytiradi — JSST
13 may 2022, 11:20

Spirtli ichimliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi transchegaraviy reklamasi dunyoda alkogol muammosini yanada kuchaytiradi — JSST

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti onlayn media va ijtimoiy tarmoqlarning transchegaraviy imkoniyati tufayli nazorat qilish qiyin bo‘lgan alkogolning agressiv raqamli marketingidan ogohlantirmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va alkogol marketingini xalqaro tartibga solish dunyodagi yoshlarning hayotini saqlab qolishi va yaxshilashi mumkin, deb hisoblaydi tashkilot.

Xorijiy til bo‘yicha milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi
13 may 2022, 11:10 4

Xorijiy til bo‘yicha milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

DTMning milliy baholash tizimi bo‘yicha chet tilidan sertifikatga ega pedagoglarning oyligiga 2025 yil 1 yanvargacha 50 foiz, 2025 yil 1 yanvardan 20 foiz miqdorida qo‘shimcha pul beriladi. Ustama sertifikatning amal qilish muddati davomida to‘lab boriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting