SSVning yangi rahbari Amrillo Inoyatov dorixonalarga yo‘llagan xatida Quramax 2022 yilda import qilgan barcha dorilarning sotilishini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi. «Dok-1 Maks» va «Ambronol» preparatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi ham kiritilgan.
Air Astana avikompaniyasining Toshkent — Olmaota reysi samolyoti turbulentlik hududiga tushib qolishi oqibatida jabrlanganlar orasida 3 nafar o‘zbekistonlik fuqarolar borligi ma’lum qilindi. Bosh konsulxona xodimlari ular bilan uchrashib, fuqarolarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
Samarqandda Yangi yil bayrami kechasi Mercedes-Benz mashinasida xavfli manyovrlar bilan driftlar bajargan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U tartibga chaqirishga uringan xodimlarning talablariga ham bo‘ysunmagan.
Energetika vazirligi Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. «Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi Meksika orqali mamlakat hududiga kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlaridan ogohlantirdi.
O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing maktab ta’limidan fizika, kimyo fanlarini chiqarib tashlash haqidagi gaplari muhokamalarga sabab bo‘ldi. U o‘ziga qarshi bildirilgan fikr-mulohazalarga izoh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova esa bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.
1 yanvar kuni tongda Kosonsoy tumanida xonadonlardan biri yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi. Tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Angor tumanida Labo kanalga tushib ketishi oqibatida 33 yoshli haydovchi vafot etdi. Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mastlik oqibatida tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashinada kanalga tushib ketgan.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishni nazarda tutuvchi Tax Free xizmati shoxobchalari ish boshladi.
«Buxoro-Toshkent» reysining Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga bayram kunlari temir yo‘l yaqinida uchirilgan «osmon fonusi» sabab bo‘lgani aniqlandi. U elektrovoz kollektoriga urilib, qisqa tutashuv va kontakt simining uzilishiga olib kelgan.
Toshkentda metro bekatlari yaqinida joylashgan 31 ta oliy o‘quv yurtida darslarning boshlanish vaqti o‘zgartirildi. Ushbu qaror metrodagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida qabul qilindi. OTMlar ro‘yxati.
Hindiston dori vositasi O‘zbekistonda kamida 19 bolaning hayotiga zomin bo‘lgan Marion Biotech kompaniyasining guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. Farmatsevtika agentligi Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga “Dok-1 Maks” tarkibidagi etilenglikol miqdori me’yordan 300 baravar yuqori ekanligini ma’lum qildi.
Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi samolyoti kuchli turbulentlik hududiga tushib qolishi natijasida yetti nafar yo‘lovchi jabrlandi.
2 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz mintaqasidan antitsiklon kirib keladi. 3 yanvar kuni esa qariyb butun mamlakat hududini qamrab oladi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, shamol kuchayishi kutilmoqda. 4 yanvarda antitsiklon chekinishni boshlaydi. Hafta oxiriga borib iliydi.
2023 yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 2155 chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 1056 nafari qiz, 1099 nafari o‘g‘il bolalardir. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona viloyatida (252 nafar) tug‘ildi.
1 yanvar kuni «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Toshkent viloyati hududida ikki soatga to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar uchun boshqa tarkib jo‘natildi. Yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarib beriladi.
RSHTYOIM Farg‘ona viloyat filialida quvasoylik 3 yoshli bemor bola «Dok-1 Maks» siropidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgani ma’lum qilindi. Uning umumiy ahvoli og‘ir, hushida.
2−4 yanvar kunlari Toshkent viloyatidagi «Chimyon» tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shveysariyadagi xususiy investitsiya kompaniyasi O‘zbekistonning Humo Air avikompaniyasini sotib oldi. Kelishuv miqdori 2,4 mln dollarga yaqinroqni tashkil etdi.
30 dekabrda lavozimga tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi davolash muassasalariga bordi va shunday dedi: «Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi». Inoyatovdan oldingi vazir Behzod Musayev ham faoliyatini shunday boshlagandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting