Toshkent shahar IIBB poytaxtda 252 dona «Fatzorb» dorisini sotayotganlarni ushladi. Ozdiruvchi mahsulot deya sotilayotgan dori tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi modda borligi aniqlandi.
O‘zbekistonda kelasi hafta kutilayotgan sovuq oldidan dam olish kunlarida havo nisbatan iliq bo‘ladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qozog‘istonda 2022 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bo‘yicha jinoyat ishida O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etmoqda. Oldin ham Qozog‘iston bosh prokuraturasi voqea sababli ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingani haqida xabar bergandi.
Tijorat banklari 6 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 220 — 11 320 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 345 so‘m.
Andijon viloyatidagi hayvonot bog‘ida yovvoyi ayiq bog‘ xodimiga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab oldi. Oqibatda xodim og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etdi.
Tarmoqlarda maktab o‘quvchilari gugurt yordamida Gentra avtomobilining old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi.
Toshkentda 47 yoshli erkak jinsiy ehtiyojlarni g‘ayritabiiy shaklda majburan qondirish aybi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U o‘tgan yilning yozida 6 yashar qizaloqqa tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingandi.
RF prezidenti Mudofaa vazirligiga 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar soat 24:00 gacha Ukrainadagi butun jangovar to‘qnashuvlar chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Avvalroq Patriarx Kirill shunday murojaat bilan chiqqan edi.
Termizda sobiq «Yubileyniy» bozorining 9 nafar ishchisi yangi joyga ko‘chirishga qarshilik qilganlari uchun jarimaga tortildi, 4 kishi esa 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Avvalroq IIB xodimlari ayol kishini avtobusga majburan olib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi kelasi haftada kutilayotgan sovishi munosabati bilan yirik korxonalarga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish qisqarishi, IESlarga gaz yetkazib berish ko‘payishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, jadvalga ko‘ra, energiya ta’minotida qisqa muddatli uzilishlari mumkin.
Talaba, o‘quvchi va bog‘cha bolalariga ta’til uzaytirilgani, Buxoroda o‘zini osib vafot etgan 2 ayol, kutilayotgan anomal sovuq havo, Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» dan zaharlangan 9 bola, Jizzahda koloniyadan qochgan 2 mahkum, qamoqdan chiqqan sobiq bosh prokuror va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Sovuq tushishi kutilayotgani munosabati bilan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotirda ekanini ma’lum qilib, ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi.
Payshanba kuni kechqurun Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston bo‘ylab 3−4 ballik kuchda sezildi.
O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvargacha uzaytirildi.
McDonald’s brendi yetkazib berishdagi muammo sababli Qozog‘istonni tark etmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, McDonald’s Qozog‘istondagi franshiza egasiga kotlet uchun go‘shtni rossiyalik yetkazib beruvchidan olishni taqiqlagan. Mahalliy va yevropalik yetkazib beruvchilar bilan ishlash zararga uchratishi mumkin.
Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida «tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda» jadval asosida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi.
Finance TCI «Kapitalbank»ning asosiy aksiyadoriga aylandi. Kompaniya bankning 50% ulushini sotib oldi va ustav kapitalidagi ulushini 61,54% gacha oshirdi. Uning hozirgi egasi Uzum guruhiga aloqador beshta korxonaga ham egalik qiladi.
«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan bo‘shatilgan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov lavozimiga tiklanishi mumkin. SSVga ko‘ra, bu jarayon yuzasidan yuristlar ish olib bormoqda. Keyinroq yakuniy rasmiy ma’lumot taqdim etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting