Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, «mening farzandim chet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas». «Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — deya qo‘shimcha qildi prezident.
«Jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, poytaxt uchun 1000 ta avtobus xarid qilinadi, 7 ta yer usti metro bekati ochiladi, 2023 yilda hududlar yana 1000 ta avtobusga ega bo‘ladi. Boshqa transport turlari haqida esa so‘z yuritilmadi.
Prezident tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar berilishini aytdi.
Huquq-tartibot organlari xodimlari Samarqandda 1,4 kg opiy va 1,7 kg gashish, Andijonda esa salkam 1 kg gashish giyohvand moddasini saqlaganlikda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlik, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Mahalla agentligiga ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi. U mas’ul rahbarlardan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganlar, muhojir ayollar va jazoni o‘tab qaytgan ayollarga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqishni so‘radi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida «Yangi O‘zbekistonga mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerak»ligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilishini taklif qildi. Ularni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanishi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev bundan buyon o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmagan vazir iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgarishini aytdi. Prezident ma’lum qilinishicha, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi, davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25−30 foizga qisqaradi.
Prezident xalqqa murojaatida Nukus voqealariga ham to‘xtalib o‘tdi. “Bizning ezgu maqsadimiz — birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshganini ma’lum qildi. «Bu kabi raqamlar, bunday natijalar ilgari bizda bo‘lmagan edi. Bu ham xalqimizning birdamligi, xalqimizning mehnatsevarligi natijasida erishildi», — dedi prezident.
Prezident Mirziyoyevning aytishicha, yilga nom tanlash uchun aholidan tushgan «20 mingga yaqin taklif» muhokama qilingan. «Juda ko‘p o‘ylandik», dedi u. Davlat rahbari 2023 yilga berilgan nomni izohlarkan, Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirdi: «Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi».
Surxondaryo viloyatida Nexia va Nexia-3 o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda ikki nafar fuqaro vafot etdi. Hodisa svetofor ishlamayotgan chorrahada yuz berdi.
Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, UzAuto Trailer korxonasi ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 561,1 mlrd so‘m evaziga Tataristonning «Ximgrad» texnopolis sanoat parkiga sotildi. Korxonani mustaqil baholash ishlari PricewaterhouseCoopers tomonidan amalga oshirildi.
Onkologiya markazining poytaxt va Toshkent viloyati filiallari sotuvdan olib tashlangandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, markazning o‘zi ham savdodan olib tashlangan.
O‘zbekiston prezidentining parlamentga murojaati soat 11:00 dan boshlab davlat va xususiy telekanallar, radio va internet orqali jonli efirda namoyish etiladi (kanallar ro‘yxati).
Tijorat banklari 20 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 300 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 345 so‘m.
O‘zbekiston prezidenti elektromobillar ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Xaridorlarga mahalliy elektromobillarni xarid qilishda kredit foizlarining bir qismi qoplanadi. Shuningdek, davlat idoralari va hokimliklar uchun elektromobillar xarid qilinadi.
2023 yilda davlat qarzi $32,6 mlrd bo‘lishi prognozi, O‘zbekistonga keladigan Qozog‘iston prezidenti, Markaziy Osiyoning Rossiyaga bo‘lgan qaramligini yumshatishga yordam berishini aytgan YeI, yangi Ekopartiya rahbari, hafta o‘rtasida qor, oqlangan qatag‘on qurbonlari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Oliy sud 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 173 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi. Ularning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. Bir nafari esa Eron fuqarosi bo‘lib, u SSRI hududidan deportatsiya qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting