«Nima uchun hokimlar 70−80% korxonalarda 1 nafardan xodim ishlayotgani bilan biror marta qiziqib ko‘rmagan?» — prezident
16 dekabr 2022, 19:59

«Nima uchun hokimlar 70−80% korxonalarda 1 nafardan xodim ishlayotgani bilan biror marta qiziqib ko‘rmagan?» — prezident

O‘zbekistonning 47 ta tumanida 70−80 foiz korxonalarda ishchilar soni 1 nafarni tashkil etmoqda. Prezident buning uchun hokimlarni tanqid qilib, nima uchun korxonalar ijtimoiy soliq stavkasi tushirilganiga qaramasdan, «adolatli soliq to‘lashga» o‘ta olmayotganini so‘radi.

Bloger Olimjon Xaydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi
16 dekabr 2022, 19:13

Bloger Olimjon Xaydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi

Mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzish, yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib jarimaga tortilgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, mavjud bo‘lmagan tartib bo‘yicha javobgarlikka tortish qonunga ziddir.

Toshkentda muz ustida «Bremen musiqachilari» shousi bo‘lib o‘tadi
16 dekabr 2022, 19:00

Toshkentda muz ustida «Bremen musiqachilari» shousi bo‘lib o‘tadi

7−8 yanvar kunlari Humo Arena majmuasida «Bremen musiqachilari» muz shousi bo‘lib o‘tadi. 31 dekabrga qadar chiptalarga Yangi yil chegirmalari amal qiladi.

Turkmaniston O‘zbekistonga energiya taqchilligining bir qismini qoplashga yordam beradi
16 dekabr 2022, 18:14

Turkmaniston O‘zbekistonga energiya taqchilligining bir qismini qoplashga yordam beradi

O‘zbekiston Turkmanistondan tabiiy gaz importini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uch oy ichida 1,5 mlrd kub metrga yaqin gaz import qilinishi rejalashtirilgan, bu esa qish mavsumida taqchillikni qoplashga yordam beradi.

Onkologiya markazining Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari sotuvdan olindi
16 dekabr 2022, 17:54

Onkologiya markazining Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari sotuvdan olindi

Noyabr oyida Respublika onkologiya markazi va uning Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati filiallari elektron-onlayn auksionga qo‘yilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, markazning ikki filiali sotuvdan olingan, markazning o‘zi yangi kompleksiga ko‘chib o‘tadi.

O‘zbekistonning 2023 yil uchun davlat budjeti loyihasi hanuz parlamentga kiritilmadi
16 dekabr 2022, 17:52

O‘zbekistonning 2023 yil uchun davlat budjeti loyihasi hanuz parlamentga kiritilmadi

O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjeti 15 dekabrga qadar qabul qilinishi kerak edi, biroq loyiha hanuz jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmadi va parlamentga kiritilmadi. Hukumat ketma-ket to‘rtinchi yil muddatlarni buzmoqda.

Surxondaryoda to‘rtta tumanning elektr ta’minoti korxonalari rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16 dekabr 2022, 17:43

Surxondaryoda to‘rtta tumanning elektr ta’minoti korxonalari rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoning Muzrabot, Qiziriq, Sherobod va Uzun tumani EKT rahbarlari va boshqa mansabdorlar umumiy hisobda davlatga 7 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda holatlar bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentda erkak do‘kondan 42 mln so‘mlik sariyog‘ni o‘g‘rilaganlikda gumonlanmoqda
16 dekabr 2022, 16:39

Toshkentda erkak do‘kondan 42 mln so‘mlik sariyog‘ni o‘g‘rilaganlikda gumonlanmoqda

Bir yarim oy davomida Chilonzor tumanidagi oziq-ovqat do‘konidan 42,3 million so‘mlik bir necha qadoq sariyog‘ o‘g‘rilangani ma’lum bo‘ldi. Savdo shoxobchaning doimiy mijozi o‘g‘irlikda gumon qilinmoqda.

UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillari uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi
16 dekabr 2022, 16:05

UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillari uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi

Cobalt va Lacetti`dan keyin UzAuto Motors kompaniyasi Damas va Labo avtomobillari bo‘yicha shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Ayni paytda xaridorlar uchun budjetli avtomobillardan faqat yetkazib berish muddati 2023 yil 31 dekabr bo‘lgan Onix mavjud.

Davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkaziladi
16 dekabr 2022, 14:56

Davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkaziladi

Prezident ayrim qonunlarga o‘zgartish kiritish bo‘yicha hujjat imzoladi. Endi davlat tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkaziladi. Bunda ayollar va erkaklar soni nisbati o‘rganiladi, tenglikni ta’minlash bo‘yicha holat baholanadi. Shuningdek, qonunchilikka amal qilingan holda yangi takliflar ishlab chiqiladi.

«Mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi tez kunlarda qaytadan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi» — IIV
16 dekabr 2022, 14:46

«Mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi tez kunlarda qaytadan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi» — IIV

2019 yilda ishlab chiqilgan, biroq qabul qilinmagan Mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi qaytadan jamoatchilikka taqdim etiladi, deya ma’lum qildi IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov. U mitinglar Konstitutsiya, MJtK, JK va VMning 205-conli qaroriga tayanib, tartibga solinayotganini aytdi. Aslidachi?

BMT O‘zbekiston prezidenti taklif etgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi
16 dekabr 2022, 14:37

BMT O‘zbekiston prezidenti taklif etgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh assambleyasi Shavkat Mirziyoyev taklif etgan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Dunyoning barcha qit’alaridagi 80 ta davlat hujjatning hammualliflari bo‘ldi.

AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlik borasidagi islohotlar davom etishiga umid qilmoqda
16 dekabr 2022, 12:51

AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlik borasidagi islohotlar davom etishiga umid qilmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha elchisi Rashad Husayn bilan uchrashdi. Elchining ta’kidlashicha, mamlakatda dindorlarning o‘z e’tiqodlarini ifoda etishlari uchun yanada kengroq sharoitlar yaratish radikal qarshi kurashga yordam beradi.

Toshkentda Damas bilan to‘qnashgan «GAZel» ag‘darildi
16 dekabr 2022, 12:37

Toshkentda Damas bilan to‘qnashgan «GAZel» ag‘darildi

Olmazor tumanida Damas va «GAZel» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida «GAZel» ag‘darilib ketdi. Uning salonida yo‘lovchi bo‘lmagan. Damas haydovchisi jarohatlandi.

Toshkentda xolasining o‘g‘lini o‘ldirgan erkak 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi
16 dekabr 2022, 11:52

Toshkentda xolasining o‘g‘lini o‘ldirgan erkak 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Chilonzor tumanida ikki qarindosh erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, biri ikkinchisini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Sud ayblanuvchiga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi
16 dekabr 2022, 11:51

O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi

«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, dam olish kunlari ob-havo quyoshli va iliq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +5…+12 darajani, kechalari −3…+2 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Ruslan Nurudinov ikkinchi marta jahon chempioni bo‘ldi
16 dekabr 2022, 10:00

Ruslan Nurudinov ikkinchi marta jahon chempioni bo‘ldi

Kolumbiyadagi jahon chempionatida og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov -109 kg vazn toifasida umumiy hisobda 397 kg tosh ko‘tarib, 3 yo‘nalishda (dast ko‘tarish 177 kg, siltab ko‘tarish 220 kg va umumiy hisob) oltin medallarni qo‘lga kiritdi. U 2013 yilda ham umumiy 425 kg tosh ko‘tarib mutlaq ustunlikka erishgandi.

Farg‘onada Turkiya investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi
16 dekabr 2022, 09:36

Farg‘onada Turkiya investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi

Farg‘onada Turkiyaning 10 mln dollar investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi. Viloyat hokimligining qayd etishicha, tizim yo‘l-transport hodisalarining, jarohat olish va o‘lim holatlarini 90 foizgacha kamaytirish imkonini beradi. U inson omilisiz, quyosh energiyasi yordamida ishlashi aytilmoqda.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 285 so‘mgacha tushdi
16 dekabr 2022, 09:33

Banklarda dollarning sotish kursi 11 285 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 16 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 220 — 11 270 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 285 so‘m.

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi
16 dekabr 2022, 09:23

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi. Xususan, Buxoroda Masdar kompaniyasi, Namanganda GD Power — Powerchina konsorsiumi va Xorazmda Voltalia kompaniyasi umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan stansiyalarni qurib, elektr energiyasini yetkazib bera boshlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting