16−17 dekabr kunlari Toshkentga 204 ta yangi avtobus olib kelinib, yo‘nalishga chiqarildi. Natijada avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25−30 daqiqadan 10−12 daqiqaga qisqargani aytilmoqda. Biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur.
Yakkabog‘ tumanida 45 yoshli erkak hovlisining molxonasida o‘zini osib qo‘ydi. Ishda tumandagi 94-maktab direktorining «qo‘li borligi» aytilmoqda. Direktor esa voqea ro‘y bergan kuni shifoxonada bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kam ta’minlangan oilalarga televizor yoki boshqa texnikalar sovg‘a qilish ularning elektr uchun xarajatlarini oshirayotgani, yordam so‘rayotganlarning aksariyati elektrdan qarzdorligini ma’lum qildi. U texnikalar o‘rniga quyosh panellari berishni taklif qildi.
Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer xo‘jaligida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtlar qo‘porilgan, 3 tup daraxt shikastlangani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda.
Quyi palataning budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 15-dekabrga qadar qabul qilinishi kerak bo‘lgan 2023-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi loyihani ko‘rib chiqmoqda. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilmadi.
IHT Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi yakuniga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri tashkilotning 2024-yildagi turizm poytaxti etib tasdiqlandi.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov 17 dekabr kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
JB strategik islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga $470 mln imtiyozli va $480 mln qiymatdagi past stavkali kreditlar taqdim etishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 12 yildan 34 yilgacha muddatga beriladi.
Prezident farmoni bilan Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Yangi yil munosabati bilan poytaxtda 25-dekabrdan 5-yanvargacha bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bayram dasturlari tashkilotchisi — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hisoblanadi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi olti nafar shaxs poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan ko‘chmas mulk hujjatlarini soxtalashtirib, uni $150 ming evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishda gumonlanmoqda. Hozirda holat yuzasidan JKning tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi.
Hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari jami 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura. Qolaversa, MIB tomonidan 27,6 mlrd so‘mlik 62 mingta jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar asossiz ravishda YXHB organlariga qaytarilgan.
Prezidentning tegishli farmoni bilan 2018 yildan buyon Xorazm viloyati hokimi sifatida ishlab kelayotgan Farxod Ermanov lavozimidan ozod etildi. U Kaxramon Sariyev o‘rniga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi.
Kaxramon Kuranbayev va Kaxraman Sariyev (Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi) prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisiga birinchi o‘rinbosarlar, Umar Ismailov, Ulug‘bek Muxammadiyev esa o‘rinbosarlar etib tayinlandi.
Krem bilan bezatilgan shokoladli kapkeyk, «Qizil baxmal», «Oreo» kapkeyklari, shokolad pastali va atirgulli kapkeyk va boshqalar — Zira.uz dasturxon bezagi bo‘lgan shirin va noodatiy kapkeyklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Respublika Markaziy banki litsenziya olingan kundan boshlab bir yil davomida to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirmagani uchun International Eco Pay, Panda Internet Technology va UGNIS korxonalarining litsenziyalarini chaqirib oldi.
Miting bo‘yicha qonun loyihasi, qotillik sabab 11 yilga qamalgan erkak, elektr korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, hanuz parlamentga kiritilmagan davlat budjeti loyihasi, Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasiga pogrom uyushtirgan erkak sudlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Ukraina energetika obyektlariga ommaviy raketa hujumi uyushtirilishi oqibatida mamlakat yagona energetika tizimining 50 foizi yo‘qotildi. Shuningdek, Krivoy Rogdagi turar-joy binosi ham o‘qqa tutildi.
Joriy yilning yanvar oyida mast erkak Ostonadagi O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirib, katta miqdorda zarar yetkazgan edi. Unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, yetkazilgan zarar miqdori undirildi, shuningdek, ichkilikbozlikdan majburiy davolanish belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting