2024 yildan boshlab barcha yangi savdo, ko‘ngilochar va biznes markazlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar va avtomobil yo‘llar bo‘yidagi infratuzilmalarda majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari joylashtiriladi. Ikki yil ichida 2400 ta stansiya quriladi.
Toshkent hokimligi aholini davlat ekspertizasidan o‘tmagan yangi uylardan kvartira sotib olishdan ogohlantirdi. Poytaxt ma’muriyati shahar markazida qurilishi rejalashtirilgan DahO majmuasidagi kvartiralar davlat ekspertizasidan o‘tkazmasdan sotuvga qo‘yilganini ma’lum qildi.
2023 yildan boshlab tadbirkorlar uchun QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi natijasida ular ixtiyorida qo‘shimcha 13 trln so‘m aylanma mablag‘ qolishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 1 apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi.
Moliya vaziri Timur Ishmetov quyi palataning navbatdagi yig‘ilishida kelgusi yilda budjet daromadlari 311 trln so‘m miqdorida, xarajatlar esa 344 trln so‘m miqdorida rejalashtirilganini ma’lum qildi. Konsolidatsiyalashgan budjet miqdori 32,5 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 3% taqchillik bilan shakllantirildi.
2021−2022 yillar davomida liftlarda 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va natijada 5 nafar fuqaro hayotdan bevaqt ko‘z yumgan. Hozirda mavjud liftlarning 290 dan ortig‘i o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, kapital ta’mirtalab.
Bangkokda (Tailand) o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 24 ta — 10 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Toshkentning Sergeli vokzalidan Kaspiy dengizi orqali O‘rta koridor bo‘ylab birinchi konteyner blok poyezdi jo‘natildi. U Bolgariyaning Burgas portiga mis konsentratlarini olib ketdi.
2022 yilgi davlat budjetiga bog‘chalar uchun subsidiyalar, issiqlik ta’minoti tariflari uchun kompensatsiyalar va boshqa maqsadlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish hisobiga xarajatlarni oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 21−22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Abdushukur Xamzayev Ekologik partiyaning Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Bunga qadar u partiya raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
«Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali Andijon shahar bo‘limi mansabdorlari 839 mln so‘mlik, «Sharof Rashidov tumangaz» korxonasi mansabdolari esa 93 mln so‘mlik gaz hisoblash uskunalarini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi jami 1000 ga yaqin boshqaruv organlari faoliyati o‘rganilgan. Unda 250 ta uy-joy mulkdorlar shirkatlari tomonidan 20 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilingani aniqlangan.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorligida barcha yo‘nalishlar — suv resurslaridan unumli foydalanish, energiya samaradorligi, raqamlashtirish bo‘yicha mintaqaning Rossiyaga bilvosita qaramligini yumshatishga qaratilgan bo‘ladi, deya ta’kidladi Yevroittifoqning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.
O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol krediti ajratish rejalashtirilmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyevning qayd etishida, odamlar chel el elektromobillari yoki maishiy texnikalarini sotib olish uchun iste’mol krediti olisholmagani sabab, ularni faqatgina muddatli to‘lovga olishmoqda.
Chorshanba kuni Kavkaz hududlaridan kirib keladigan sovuq antitsiklon o‘zi bilan O‘zbekistonga yomg‘ir va qorni olib keladi. Havo harorati kechalari −3…−5 darajaga, kunduzi +5 darajagacha tushib ketadi. Kechasi va ertalablari tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalaklar hosil bo‘lishi kutilmoqda.
«Mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga va g‘oliblar bo‘lmaydigan vaziyatlarga olib keladi». Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«O‘zsuvta’minot» kompaniyasi Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘li qurilish ishlari olib borilayotgani sabab, 20 dekabr soat 9:00 dan 21 dekabr soat 9:00 gacha Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi.
«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish tartibi belgilandi. Buning uchun asoslar yetarli deb topilsa, IIO xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga iltimosnoma yuboradi.
Surxondaryo va Toshkent viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari yuz berdi. Ularda haydovchi va piyoda vafot etdi.
Argentina va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan murosasiz va hayajonli vaziyatlarga bor bo‘lgan final bahsida 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida argentinaliklarning qo‘li baland keldi va o‘z tarixida uchinchi bor jahon chempioni bo‘lishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting