Ukrainadagi urush oqibatida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari rekord darajaga ko‘tarildi
9 aprel 2022, 11:21

Ukrainadagi urush oqibatida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari rekord darajaga ko‘tarildi

Ukrainadagi urush oqibatlari tufayli mart oyida jahon bozorida bug‘doy, makkajo‘xori va o‘simlik yog‘i narxlari rekord darajaga ko‘tarildi, deya ma’lum qildi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti. Shuningdek, shakar, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari indeksida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Tashkilot 2022 yilda global miqyosda don mahsulotlari yetishtirish va iste’mol bo‘yicha prognozlarini taqdim etdi.

Nima tayyorlaymiz: tvorogli pishiriqlar
9 aprel 2022, 10:16

Nima tayyorlaymiz: tvorogli pishiriqlar

Shokolad va tvorogli pirog, tvorogli bulochkalar, pishiriqlar, tez tayyorlanadigan pirog — Zira.uz tvorogli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

8 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 aprel 2022, 21:59

8 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Islom sivilizatsiyasi markaziga borgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston nega qo‘shni davlatlarga maktab qurib berayotganini tushuntirgan XTV rahbari o‘rinbosari, Surxondaryoda ochiladigan Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari, plastik kartaga pensiya oladiganlarga 1 foiz qo‘shimcha to‘lov to‘lanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 8 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

8 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 aprel 2022, 21:59

8 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Islom sivilizatsiyasi markaziga borgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston nega qo‘shni davlatlarga maktab qurib berayotganini aytgan XTV rahbari o‘rinbosari, Surxondaryoda ochiladigan Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari, plastik kartaga pensiya oladiganlarga 1 foiz qo‘shimcha to‘lov to‘lanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 8 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonda turizm sohasi jadal sur’atlar bilan tiklanmoqda — Turizm vazirligi
8 aprel 2022, 19:55

O‘zbekistonda turizm sohasi jadal sur’atlar bilan tiklanmoqda — Turizm vazirligi

Toshkentdagi mehmonxona va hostellar bandligi mart oyining so‘nggi kunlarida 83,6 foizni, respublikada esa 70,8 foizni tashkil etdi. Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu raqamlar turizm sohasining tiklanishidan dalolat beradi. Yil oxirigacha O‘zbekistonda 4,5 milliongacha sayyoh kelishi kutilmoqda.

Musa Jamanbayev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi
8 aprel 2022, 19:39

Musa Jamanbayev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Qirg‘iziston prezidenti protokol xizmatini boshqargan Musa Jamanbayev mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasini tayyorlashga kelishib oldi
8 aprel 2022, 18:33

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasini tayyorlashga kelishib oldi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Bryusseldagi uchrashuvida ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizgacha tushirdi
8 aprel 2022, 17:40

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizgacha tushirdi

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 20 foizdan 17 foizga tushirishga qaror qildi. Regulyator buni inflyatsiyaning sekinlashishi, jumladan, rublning mustahkamlanishi bilan izohladi. Mamlakat Markaziy banki yaqin kelajakda stavkalarni yanada pasaytirishga ruxsat berishi mumkin.

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi
8 aprel 2022, 17:30

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Uning qurilishi qariyb to‘rt yildan beri davom etmoqda, bugungi kunda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Majmuaning birinchi qavatida muzey ombori, qadimiy qo‘lyozma va osori-atiqalarni saqlash xonalari joylashgan. Binoning 65 metr balandlikdagi gumbazi ostiga esa Islom olamining durdonasi bo‘lmish Usmon mushafi qo‘yilishi reja qilingan.

UZDIGITAL TV «Qulay imkoniyat» aksiyasini e’lon qildi
8 aprel 2022, 17:00

UZDIGITAL TV «Qulay imkoniyat» aksiyasini e’lon qildi

Kompaniya UZDIGITAL muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan «Qulay imkoniyat» aksiyasini yo‘lga qo‘ydi. Endi xizmatlarga ulanish va Telecard atigi 40 ming so‘m bo‘ladi.

Rublning rasmiy kursi oxirgi ikki yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi
8 aprel 2022, 16:52

Rublning rasmiy kursi oxirgi ikki yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasayib, 11 344,69 so‘mga teng bo‘ldi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi. Rubl kursi esa ko‘tarilib, 147,94 so‘mni tashkil qildi.

2021 yilda qariyb 32 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi
8 aprel 2022, 16:18

2021 yilda qariyb 32 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

2021 yilda 735,4 mingdan ziyod xorijlik Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritdi. Ushbu ko‘rsatkich kamida 2000 yildan buyon rekord natija hisoblanadi. O‘tgan yili Rossiya pasportini olgan o‘zbekistonliklar soni esa 2020 yilga nisbatan 8,8 ming kishiga ko‘payib, 31,9 ming nafarni tashkil etdi.

«Bu qo‘shnilar o‘rtasidagi hamkorlik». XTV rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston nega qo‘shni davlatlarga maktab qurib berayotgani haqida
8 aprel 2022, 15:51

«Bu qo‘shnilar o‘rtasidagi hamkorlik». XTV rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston nega qo‘shni davlatlarga maktab qurib berayotgani haqida

XTV rahbarining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev O‘zbekiston o‘zi maktablarga muhtoj bir vaqtda, nega qo‘shni davlatlarga ta’lim muassasalari qurib berayotganini izohladi. «Qirg‘iziston Rishtonda maktabgacha ta’lim muassasasi, Tojikiston Urgutda maktab qurib bergan… Bu faqat qo‘shnilarning o‘rtasidagi hamkorlik», — dedi u. Qolaversa, O‘zbekistonda 1,2 mln o‘quvchi o‘rnini yaratish uchun alohida dastur ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi.

Nega O‘zbekiston Rossiyani Inson huquqlari kengashidan chiqarish bo‘yicha qarorga qarshi ovoz berdi?
8 aprel 2022, 15:09

Nega O‘zbekiston Rossiyani Inson huquqlari kengashidan chiqarish bo‘yicha qarorga qarshi ovoz berdi?

O‘zbekiston Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatib turish bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov bunday qarorlar «gumonlanayotgan inson huquqlari buzilishining puxta tergovi natijasiga» asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyalari vakillari ham shunga o‘xshash bayonotlar bilan chiqishdi. CNN Rossiya tashkilot a’zo-davlatlariga rezolyutsiyaga ovoz berish «oqibatlari» haqida ogohlantirib, nota jo‘natganligini ta’kidladi.

Ukrainaning Kramatorsk shahridagi temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumida 30 kishi halok bo‘ldi
8 aprel 2022, 14:45

Ukrainaning Kramatorsk shahridagi temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumida 30 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Kramatorsk temir yo‘l vokzaliga tinch aholi vakillari evakuatsiya qilinishini kutayotgan vaqtda raketa hujumi uyushtirildi. 30 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin odam yaralandi. DXR zarbani Ukraina xavfsizlik kuchlari amalga oshirganini aytmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurishi kutilmoqda
8 aprel 2022, 14:09

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevning javob tashrifi bilan Qirg‘izistonga borishi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashini ta’kidladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonga ikkita maktab qurilishi va Bobur nomidagi O‘sh akademik teatri rekonstruksiyasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Dam olish kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va issiq bo‘lishi kutilmoqda
8 aprel 2022, 11:49

Dam olish kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va issiq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari havo harorati +35 darajagacha ko‘tariladi. Turkmanistondan zich bulut qatlamlari kirib kelishi evaziga ayrim hududlarda momaqaldiroq bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi
8 aprel 2022, 11:46

Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi

Termizdagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida gumanitar, pedagogika va muhandislik sohalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda 345 nafar afg‘onistonlik bepul tahsil olishi mumkin bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi mazkur tashabbus uchun 1 mln yevro ajratdi.

OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari e’lon qilindi
8 aprel 2022, 10:51 7

OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari e’lon qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘qishini chet eldan ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalarning imtihonlarga tayyorlanishga yetarlicha vaqti bo‘lishi uchun davlat OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballarini 4 oy oldin e’lon qildi. Joriy yilda 100 ming talabaning o‘qishini chet eldan ko‘chirishi kutilmoqda.

Plastik kartaga pensiya oladiganlarga 1 foiz qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi
8 aprel 2022, 10:36

Plastik kartaga pensiya oladiganlarga 1 foiz qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi

1 maydan boshlab pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga oladiganlar uchun 1% qo‘shimcha to‘lov to‘lab beriladi. Naqd pulda pensiya, nafaqa va moddiy yordam pullarini yetkazib berish xizmatlari uchun esa «Xalq banki»ga 1 foiz xizmat haqqi to‘lab beriladi. Bu mablag‘lar pensiya va nafaqa oluvchilar hisobidan emas, Pensiya jamg‘armasi va budjet pullaridan qoplanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting